Mavzu. Korxonalarda innovatsion faoliyatni boshqarish



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə4/4
tarix03.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#106430
1   2   3   4
innovatsiya 4 mavzu slayd

Sanoati rivojlangan mamlakatlarda ko‘pgina firmalar, o‘z ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlari bazasiga ega bo‘lib, nafaqat yangilik (oziq-ovqat, texnologik va b.) yaratish bo‘yicha amaliy tadqiqot va loyihaviy-konstruktorlik ishlanmalarni, balki fundamental tadqiqotlarni ham amalga oshiradi.

. Zavod ilm-fan sektorining umumilmiy tizim tarkibiy qismi sifatida tan olinishi innovatsion jarayonni boshqarishda tashkiliy-boshqaruv va iqtisodiy mazmundagi bir qator murakkab masalalarni qo‘yadi. Ularga quyidagilar kiradi:

  •  zavod ilm-fanining korxona va birlashmalar strukturasidagi o‘rnini aniqlash;
  • uning shakllanish prinsiplarini hududiy, sohaviy xususiyatlari va boshqarish usullarini hisobga olgan holda belgilash;
  • o‘z istiqbolli ishlanmalari, chetdagi ITI va KB larining yangiliklarini qo‘llash va joriy ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish o‘rtasidagi eng ratsional nisbatni (vaqt, moliyaviy xarajatlar va kadrlar bandligi nuqtai nazaridan) tanlash;
  • ;  zavod ilm-fani va uning ayrim tizimostilarining faoliyat ko‘rsatishi samaradorligini baholash;
  • korxonalarda innovatsion faoliyat rivojlanishi sarfxarajatlarining asoslangan hisobi-kitobi.

. Zavod ilm-fanining innovatsiyalarni boshqarish mexanizmining muhim bo‘g‘ini sifatidagi rivojlanishi nafaqat ilmiy-ishlab chiqarish tizimlarga xos xususiyatlarni hisobga olishga, balki uning shakllanishining ob’ektiv shart-sharoitlariga ham bog‘liq. Bunday shart-sharoitlarga quyidagilar kirishi mumkin:

  •  ilm-fanning ishlab chiqarish va ijtimoiy funksiyalarini kuchaytirish;
  •  “ilm-fan – ishlab chiqarish” siklining ilmiy-texnik faoliyatni tashkil etishning zavod shaklida tugallanganligi;
  •  innovatsion ishlanmalarining ishlab chiqarish-iqtisodiy tizimlar (korxonalar, birlashmalar, aksioner jamiyatlari, moliyasanoat guruhlari) ning umumiy strategiyasi bilan yaqindan bog‘lanish zarurati;
  •  ishlanmalar hajmi va ularning amaliy qo‘llanilishi, tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish sur’atlarining orqada qolishi o‘rtasida mos kelmaslik;
  •  ITI va KB larda bajarilgan ishlanmalarning real ishlab chiqarish sharoitlarini hisobga olishdan nisbatan uzib ketishi, bu esa ko‘pincha ularni o‘zlashtirish jarayonini murakkablashtirib, ommaviy keng tarqalishi muddatlarini cho‘zadi;
  • korxona (birlashma)larning uskuna, qurilma va asboblaridan eksperimental va tajribaviy-ishlab chiqarish ishlari uchun foydalanish imkoniyati;
  •  ish bosqichlari o‘rtasida bog‘lanish va moslashish davrining qisqarishi, yuridik xarakterdagi qiyinchiliklarining bartaraf etilishi;
  •  ishlanmalar natijalarini tatbiq etishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi hisob-kitoblari (mahsulot sermehnatligini kamaytirish, foyda o‘sishi, mehnat sharoitlarini yaxshilash, moddiy rag‘batlantirish, ma’naviy-psixologik muhitning o‘zgarishi shaklida);
  •  ilmiy tashkilotlar bilan aloqalar, korxonalarning akademik institutlar, soha ilmiy-texnik tashkilotlar va OTM ilm-fani bilan hamkorlikni kengaytirish;
  •  ilmiy-texnik xodimlari fe’l-atvorining o‘z ishlanmalarini tatbiq etishdagi ko‘proq manfaatdorligida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy-psixologik motivlari rolining ortishi;
  •  turli ijtimoiy guruhlarning zavod ilm-fani faoliyat ko‘rsatishi sharoitida yaqinlashish imkoniyati, bu esa butun jamiyat yanada birxillashuviga yordam beradi

E’tiboringiz

uchun

rahmat


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin