3. Korxonani moliyaviy salohiyati tahlili
Korxonaning moliyaviy salohiyati (potensiali) deb uning faoliyatini to‘liq ta'minlaydigan turli manbalardan tarkib topgan moliyaviy mablag‘lar majmuasiga aytiladi.
Har bir jarayonni, iqtisodiy kategoriya yoki tushunchani iqtisodiy jihatdan tahlil qilish uchun ularni ko‘rsatkichlarda ifodalab olish lozim. Shu tufayli moliyaviy potensialni tahlil qilish uchun ham uni ifodalovchi ko‘rsatkichlarini aniqlab olish lozim.
Moliyaviy potensial bu ancha keng qamrovli tushuncha. Shu tufayli uni bitta yoki birqancha ko‘rsatkichlar bilan ifodalab bo‘lmaydi. Uni ifodalash uchun ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Biroq ko‘rsatkichlar tizimi bu birqancha ko‘rsatkichlar to‘plami degan gap emas.
Ko‘rsatkichlar tizimi deganda bir kategoriyaga mansub birqancha ko‘rsatkichlarni ma'lum belgilari bo‘yicha aniq guruhlarga bo‘lingan ko‘rsatkichlar turkumi tushuniladi.
Moliyaviy potensialni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni iqtisodiy mazmuni jihatidan ikki guruhga bo‘lish mumkin:
1. Moliyaviy potensial holatini ifodalovchi
ko‘rsatikichlar;
2. Moliyaviy potensial samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar.
Ushbu guruh ko‘rsatkichlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Ammo har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega.
Moliyaviy potensial (Mp) holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarga ma'lum bir davrda ular qay ahvolda ekanligini ifodalaydigan ko‘rsatkichlar kiradi. Uning umumiy hajmi, tarkibi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni aynan shu holatini tahlil qilib aniqlash mumkin. Ushbu guruh ko‘rsatkichlar moliyaviy potensialining tarkibiga qarab yana ikki guruhga bo‘linadi.
1. Mp. holatining o‘z mablag‘lari bilan bog‘liq ko‘rsatkichlari.
2. Mp. xolatning chetdan jalb qilingan mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlari.
Har ikkala guruh ko‘rsatkichlariga ham bir qancha ko‘rsatkichlar kiradi va ular majmuasi ko‘rsatkichlar tizimini tashkil qiladi. Moliyaviy potensial samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar asosan uning qanday foydalanayotganidan dalolat beradi. Bu ko‘rsatkichlar asosida natija bilan moliyaviy potensial o‘rtasidagi nisbat yotadi. Bular ham birqancha guruxlarga bo‘linadi.
. Korxona moliyaviy salohiyatini potensialini ifodalovchi ko‘rsatkichlar
1. Mp. samaradorligini ifodalovchi umumiy ko‘rsatkichlar
2. Mp. samaradorligini ifodalovchi o‘z mablag‘lari bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar
3. Mp. samaradorligini ifodalovchi chetdan jalb qilingan mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar
Shu uchala guruh ko‘rsatkichlar ham o‘z navbatida bir qancha alohida guruhlarni jamlaydi. Shuni alohida ta'minlash joizki korxonalar moliyaviy potensialini ifodalovchi ko‘rsatkichlar hali iqtisodiy adabiyotlarda ushbu masalaga oid muammolar yechimi yetarlicha yoritilgan emas. Shu tufayli ushbu ko‘rsatkichlar tizimida munozarali va takomillashishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlar ham bo‘lishi mumkin. Shu tufayli biz ushbu bobda ko‘rsatkichlar tizimini tavsiya tariqasida bermoqdamiz. Bular qo‘yidagi chizmada o‘z aksini topgan
Korxona moliyaviy potensiali haqida to‘g‘ri xulosa qilish uchun ushbu ko‘rsatkichlar guruhining har birini alohida-alohida qarab chiqish maqsadga muvofiq.
Bozor munosabatlari sharoitida korxonaning moliyaviy potensialini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Bu shu korxona rahbarlariga o‘z faoliyatini to‘g‘ri baholash, moliyaviy ahvolini bilish imkonini bersa, investorlarga o‘z mablag‘ini qo‘yish, qimmatbaho qog‘ozlar bozorini tashkil qilish uchun biror qarorga kelishiga asos bo‘ladi. Mliyaviy petensial tahlili shu firma kreditorlarga pullarini to‘lash mumkinligini ko‘rsatadi va ular bilan yana iqtisodiy aloqalarni davom ettirish uchun ishonch hosiyal qiladi. Nihoyat ushbu ko‘rsatkich thlili auditorlarning to‘g‘ri xulosa chiqarishi uchun asosiy dastak bo‘lib hisoblanadi.
Shuni e'tirof etish kerakki, O‘zbekiston sharoitiga mos korxonaning moliyaviy potensialini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni aniqlash va tahlil qilish usullari hamon yetarli darajada ishlab chiqilmagan. Bu haqda ilmiy anjumanlarda ba'zi tavsiya va fikrlar aytilmoqda xolos.
Moliyaviy potensialini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni asoslashdan oldin uning iqtisodiy mohiyati va mazmunini ochishni maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Har qanday korxona, firma, tashkilot o‘z faoliyatini tegishli mablag‘ bilan ta'minlab turishi uchun ma'lum darajada moliyaviy potensialga (salohiyatga) ega bo‘lish lozim. Korxona moliyaviy imkoniyatga ega bo‘lmasa o‘zining moddiy texnika bazasini ham, aylanma mablag‘larini ham shakllantirish imkoniga ega bo‘lmaydi. Oqibatda faoliyat ko‘rsatishi ham qiyin bo‘ladi. Demak, korxonalar, eng avvalo, ma'lum darajada moliyaviy salohiyatga ega bo‘lishi kerak.
Korxonaning moliyaviy salohiyati uning turli manbalardan tarkib topgan moliyaviy mablag‘lari majmuasidan iboratdir. Bu ta'kidlanganidek, iqtisodiy mohiyati jihatidan, eng avvalo, o‘z mablag‘lari hisobidan va chetdan jalb qilingan, qisqa va uzoq muddatli mablag‘lardan tarkib topadi.
Dostları ilə paylaş: |