Mavzu: Korxonaning moliyaviy ko‘rsatkichlari. Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


-расм. Moliya tizimining sohalari va bo’g’inlari



Yüklə 52,66 Kb.
səhifə3/9
tarix20.11.2023
ölçüsü52,66 Kb.
#164743
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu Korxonaning moliyaviy ko‘rsatkichlari. Reja Moliyaning i-fayllar.org

1-расм. Moliya tizimining sohalari va bo’g’inlari.
Moliya tizimi “Davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo’g’ini sifatida Davlat byudjeti o’z ichiga quyidagilarni oladi:

  • respublika byudjeti;


  • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar.


O’z navbatida, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetini hamda Qoraqalpog’iston Respublikasiga bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi. Viloyatning byudjeti esa viloyat byudjetini va viloyatga bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o’z ichiga oladi. Shuningdek, tumanlarga bo’linadigan shaharning byudjeti shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlaridan iborat. Va nihoyat, tumanga bo’ysunadigan shaharlari bo’lgan tumanning byudjeti tuman byudjetidan va tuman bo’ysunuvidagi shaharlar byudjetidan tashkil topadi.


Hozirgi sharoitda Davlat byudjeti o’z oldida turgan quyidagi muammolarni hal etishi kerak:
  • daromadlar bazasini (asosini) mustahkamlash asosida byudjet defitining darajasini kamaytirish;


  • mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlari bo’yicha byudjet xarajatlarini restrukturizatsiya qilish;


  • byudjet yordamida tartibga solish mexanizmini takomillashtirish;


  • byudjet assignovaniyalaridan samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish.


Davlat maqsadli fondlari (nobyudjet fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar) oldindan belgilangan ma’lum muddatlarda tuzilishi yoki doimiy ravishda mavjud bo’lishi mumkin. Bu fondlarning vujudga kelishi Davlat byudjetining qabul qilinishi yoki qabul qilinmasligidan qat’iy nazar mablag’lar maqsadli manbaining zarurligi bilan belgilanadi. Birinchi navbatda, bu sotsial ta’minot, tekin sog’liqni saqlash, ishsizlikni kamaytirish va boshqa xuddi shunday bir qancha muhim ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga tegishlidir. Bu fondlar mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanish davlat tomonidan o’ziga xos bo’lgan shakllar va metodlar yordamida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ularni moliya tizimining “Davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo’g’ini sifatida ajratilishi maqsadga muvofiqdir.


Mablag’lardan foydalanishning maqsadli yo’naltiril-ganligi belgisi bo’yicha davlat maqsadli fondlarini quyidagi ikki guruhga birlashtirish mumkin:
  • sotsial mo’ljallangan (yo’nalishga ega bo’lgan) davlat maqsadli fondlari (nobyudjet fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar);


  • tarmoqlararo va tarmoq xarakteriga ega bo’lgan davlat maqsadli fondlari (nobyudjet fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar).


Ayrim holatlarda (hollarda) hududiy yo’naltirilgan (mo’ljallangan) davlat maqsadli fondlari (nobyudjet fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar) tashkil qilinishi (shakllantirilishi) mumkin.





Yüklə 52,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin