Mavzu: Korxonaning moliyaviy ko‘rsatkichlari. Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati



Yüklə 52,66 Kb.
səhifə7/9
tarix20.11.2023
ölçüsü52,66 Kb.
#164743
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu Korxonaning moliyaviy ko‘rsatkichlari. Reja Moliyaning i-fayllar.org

Iqtisodiy renta - bu, cheklangan ishlab chiqarish omillaridan foydalanish natijasida sodir bо‘lgan foyda hisoblanadi. Masalan, ikkita korxona bir xil yerga ega bо‘lib, yerni olish bilan bog‘liq xarajatlar bir xil bо‘lishgan sharoitida birinchi yer transport tarmog‘iga yaqin bо‘lganligi uchun mahsulotni tashishga 10 mln. sо‘m kam sarf qilinishi mumkin, ana shu 10 mln. sо‘m uning qо‘shimcha foydasi hisoblanadi. Iqtisodiy renta ishlab chiqarish omillari cheklanganligidan kelib chiqadi va u yoki bu ishlab chiqarish omiliga berish holatini bildirgan baho bilan shu omilning eng kam bahosi о‘rtasidagi farkdan iborat bо‘ladi.
Maksimal foyda - bu, bir birlik qо‘shimcha mahsulotni sotishdan olingan daromadni shu bir birlik qо‘shimcha mahsulotga qilingan xarajat mikdori bilan bab-barobar kelishi natijasida olingan foyda Ч . Shu holda rentabellikning eng yuqori darajasiga erishilgan bо‘ladi. Shunga kо‘ra, foydani maksimallashtirish degani, eng yuqori rentabellikni ta’minlash, deganidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat sohasida о‘tkazilayotgan tub iqtisodiy tadbirlar majmuida foydani taqsimlash masalalari muxim о‘rin tutadi, zero uni, adolat yuzasidan va tо‘g‘ri taqsimlash jamoa va xar bir xodimning manfaatdorligini uyg‘unlashtirish uchun sharoit yaratadi.
Raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firma ishlab chiqarish omillaridan birining narxi oshganda qanday qaror qabul qilishini kо‘rib Chiqamiz.
Bozordagi narx va firmaning boshlang‘ich (ishlab chiqarish omillari narxi о‘zgarmagandagi) chekli xarajati va firma foydasini maksimallashtiruvchi ishlab chiqarish hajmi bо‘lsin deylik (2 -rasm).


2 -rasm. Chekli xarajatning ishlab chiqarish hajmiga bog‘liqligi.
Faraz qilaylik, ishlab chiqarish omillaridan birining narxi oshdi deylik. Omil narxining oshishi chekli xarajat ni yuqoriga chapga ga siljitadi. Nima uchun deganda, har bir ishlab chiqariladigan mahsulot xarajati oshadi. Foydani yangi chekli xarajatda maksimallashtiradigan ishlab chiqarish hajmi ni tashkil qiladi, ya’ni hajmda .

Shunday qilib, ishlab chiqarish omili narxining oshishi firmani mahsulot ishlab chiqarish hajmini qisqartirishga majbur qiladi. Agar firma ishlab chiqarishni hajmda davom yettirganida shtrixlangan sohaga teng bо‘lgan zararni kо‘rgan bо‘lar yedi. Shtrixlangan soha firma foydasining yo’qotilishi mumkin bо‘lgan qismini ifodalaydi.


Qisqa muddatli oraliqda firma kapitali razmeri о‘zgarmaydi, shuning uchun u foydani maksimallashtiradigan о‘zgaruvchan ishlab chiqarish omillari hajmini tanlashi lozim bо‘ladi. Ma’lumki, foydani maksimallashtirish bu umumiy daromad bilan umumiy xarajatlar ayirmasini maksimallashtirish demakdir, ya’ni
.
Agar absissa о‘qi bо‘yicha ishlab chiqariladigan mahsulot hajmini, ordinata о‘qi bо‘yicha UD- umumiy daromadni joylashtirsak, daromadning masulot hajmiga bog‘liqligi koordinata boshidan chiquvchi nur bilan ifodalanadi. Umumiy xarajatlar esa о‘zgarmas va о‘zgaruvchan xarajatlar yig‘indisidan hosil bо‘ladi (3-rasm).



Yüklə 52,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin