2. Moliya tizimi ва унинг sohalari.
Jarayonida turli pul fondlari(dan) shakllanadigan va foydalaniladigan moliyaviy munosabatlar turli sohalarining majmuiga moliya tizimi deyiladi. Unga boshqacha ham ta’rif berish mumkin: davlat va korxonalarning pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasidagi shakl va metodlar tizimiga moliya tizimi deyiladi. “Moliya tizimi” tushunchasi keng ma’nodagi “moliya” tushunchasining taraqqiyoti natijasidir. Mamlakatda bozor islohotlarining amalga oshirilishi va printsipial jihatdan butunlay yangi bo’lgan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq etilishi moliya tizimining sohalari va bo’g’inlariga nisbatan ob’ektiv ravishda yangicha yondoshuvni taqazo etdi.
Unga muvofiq ravishda, dastlab, moliya tizimi quyidagi ikki sohaga bo’linadi:
davlat moliyasi va mahalliy moliya;
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi.
O’z navbatida, moliya tizimining har bir sohasi pul fondlari va daromadlarni shakllantirishning konkret shakllari va metodlariga bog’liq ravishda bir necha bo’g’inlardan tashkil topadi. Masalan, davlat moliyasi va mahalliy moliya quyidagi bo’g’inlardan tashkil topishi mumkin:
Shuningdek, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi quyidagi bo’g’inlardan iborat:
tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi;
moliyaviy vositachilar moliyasi;
notijorat tashkilotlari moliyasi.
Moliya tizimining alohida sohalar va bo’g’inlarga bo’linishi YaIMni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, daromadlarni shakllantirish va ulardan foydalanishda iqtisodiy munosabatlar sub’ektlarining bir-birlaridan farqli ravishda ishtirok etishi bilan belgilanadi. Moliya tizimining har bir sohasi va bo’g’iniga pul fondlari va daromadlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning o’ziga xos bo’lgan shakllari va metodlari tegishlidir. Masalan, korxonalar moliyasi moddiy ishlab chiqarishga, YaIMni yaratishga, uni korxonalar o’rtasida taqsimlashga va YaIM bir qismining byudjet va nobyudjet fondlariga qayta taqsimlashga xizmat qiladi. Davlat byudjeti orqali resurslar davlatning markazlashtirilgan fondiga jalb qilinadi va ular iqtisodiy mintaqalar, tarmoqlar va aholining sotsial guruhlari o’rtasida qayta taqsimlanadi.
Dostları ilə paylaş: |