Mavzu: Kredit tizimi: mazmuni, tarkibi va elementlari. Reja


 Kreditning asosiy shakllari va turlari



Yüklə 57,5 Kb.
səhifə3/6
tarix20.12.2023
ölçüsü57,5 Kb.
#187304
1   2   3   4   5   6
Pul va bank

3. Kreditning asosiy shakllari va turlari. 
Sudxo'rlik krediti ibtidoiy tuzilmaning yo'qolib (tarqab) ketishi, ishlab chiqarish
vositalariga xususiy mulkchilikning paydo bo'lishi hamda jamiyatda mulk differensiyatsiyasi natijasida tovar~pul munosabatlarining rivojlanishi davrida vujudga kelmasdir. Sudxo'rlik krediti yer garovi asosida natura va pul shaklida berilgan. Bunday kreditlarning xususiyatlari quyidagilarda aks etadi:
- qarzdorlar sifatida savdo-sanoat Jshlab chiqaruvchi shaxslar ishtirok etganlar;
- qarz mablag'laridan kapilal sifatida, ya'ni, qo'shimcha qiymat olish vositasi sifatida foydalanilgan;
- ssuda foizi manbasi yollanma ishchilarning haq to'lanmagan mehnati qiymatidan iborat bo'lgan.
Tijorat krediti. Tijorat krediti, bu — faoliyat ko'rsatuvchilar tomonidan bir-birlariga o'zaro to'lovni kechiktirish sharti bilan tovar shaklida beriladigan kreditdir.
Tijorat kreditining obyekti - tovar kapitali hisoblanadi.
Tijorat kreditida kreditor va qarzdorlar faoliyat ko'rsaluvchilar (ishlab chiqaruvchilar)
bo'Iadi. Tijorat kreditining cheklanishlari mavjud:
- faoliyat ko'rsatuvchilarning zahira kapitallari hajmi bilan cheklanganligi, ya'ni, unga hozirgi davrda oborot (muomala) uchun zarur bo'lmagan kapital bilan cheklanganligi;
- yo'nalishiga ko'ra, ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi
tarmoqlar kreditni ishlab chiqarish vositalarini iste'mol qiluvchilarga berishi
mumkin, ammo teskarisi bo'lishi mumkin emas.
Bank krediti - pul egalari, banklar va boshqa kredit institutlari tomonidan ishlab chiqaruvchitarga hamda boshqa qarz oluvchilarga pul shaklida beriladigan ssudalardir. Bank kreditining obyekti pul kapitalidir. Bank kreditida ishlab chiqaruvchi shaxslar (faoliyat ko'rsatuvchilar) faqat qarz oluvchi sifatida ishtirok etadilar, kreditorlar esa ssuda kapitali egalari bo'Iadi.
Iste'mol krediti - asosan tovarlarni sotish jarayonida ularaing to'lovini
kechiktirib to'lash huquqi berilishidir. Shu bilan birga iste'mol krediti banklar yoki maxsus kredit institutlari tomonidan iste'mol tovarlarini sotib olish va xizmat haqlarini to'lash hollarida beriladi. Uning obyekti uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar va xizmatlardir. Iste'mol krediti tovar va pul shaklida namoyon bo'lishi mumkin. Iste'mol krediti foizi o'zining yuqori darajada ekanligi bilan
ajralib turadi va milliy daromadni qayta taqsimlashning ikkilamchi shakli sifatida aholi daromadlari hisobidan to'lanadi.
Davlat krediti va xususiy kredit. Davlat kreditida qarz oluvchi yoki kreditor
sifatiga davlat ishtirok etadi. Davlat krediti davlat zayomlari shaktida, kaznachey (g'azna) majburiyatlarini chiqarish orqali, jamg'arma tashkilotlari jamg'armalari qoldiqlarini davlat qimmatbaho qog'o/lariga joylashtirish orqali amalga oshiriladi. Davlat krediti mablag'lari ishlab chiqarish kapitalini takror ishlab chiqarishda ishtirok etmaydi, ya'ni, u moddiy qiymatliklar ishlab chiqarishda qatnashmaydi, faqat byudjet defitsitini qoplash maqsadida foydalaniladi.
Xususiy kredit davlat kreditidan tamomila farq qiladi. Chunk! xususiy kreditda kreditor va qarz oluvchilar sifatida xususiy yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etadilar
Xalqaro kredit. Bu kreditning paydo bo'lishiga xo'jalik hayotining
baynalminallashuvi va xalqaro davlat shakllarining vujudga kelishi obyektiv asos bo'ladi.
Xalqaro kredit - bu ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi
harakatidir. Bunda bir davlat banklari, yuridik shaxslari tomonidan boshqa davlat hukumatiga, banklariga yoki boshqa yuridik shaxslariga kreditlar beriladi.
Xalqaro kredit quyidagi belgilari bilan ajralib turadi:
- kreditorlar va qarz oluvchilar — xususiy yuridik shaxslar (banklar,
kompaniyalar va firmalar), davlat tashkilotlari va xalqaro valyuta krediti
institutlari bo'lishi mumkin;
- qarz mablag'lari qarz oluvchi mamlakatda foiz keitiruvchi kapital
sifatida ishlatiladi; - ssuda foizi manbasi qarzdor mamlakatdagi yollanma ishchilar mehnati
hisoblanadi. Xalqaro bank krediti - bir mamlakat tomonidan boshqa bir mamlakatga
(davlatga, yuridik va jismoniy shaxslarga) qisqa va o'rta uzoq muddatga vaqtinchalik
foydalanishga beriladigan kredit shaklidar. Bank kreditlari qarz oluvchifar tomonidan xohlagan maqsadlarga ishlatilishi mumkin.
Kredit munosabatlari iqtisodiyotda mavjud aniq usiubiy asoslarga tayanadi-
Uning asosiy elementlari bo'lgan ssuda kapitali bozori operatsiyalari ma'Ium
tamoyillar asostda olib boriladi.
Bular kreditning qaytarib berilishligi, muddatlifigi, taminlanganligi,
maqsadliligi va to'lanishligi tamoyillaridir.
Kreditning qaytarib berilishligi tamoyili.
Bu tamoyil kreditning mustaqi iqtisodiy kategoriya ekanligi shartidir, qaytib berilishlik kreditning umumiy belgisi hisoblanadi. Qaytib berilishlik o'z-o'zidan vujudga kelmaydi: u moddiy jarayonlarga, qiymat aylanishining lugashiga asoslanadi. Ammo doiraviy aylanishning tugashi - bu hali qaytarib berish emas, faqat qaytarib berish uchun zamin tayyorlashdir.
Foiz shaklidagi to'lovi ham qo'shib qaytarilishini ifodalaydi.
Ssuda foizining stavkasi ssuda kapitalidan olingan yillik daromad summasining
berilgan kredit summasiga nisbati bilan am'qlanib, kredit mablag'lari bahosi sifatida namoyon bo'ladi.
Kreditning maqsadliligi. Bu tamoyilning mohiyati shundaki, qarz oluvchi
tomonidan olingan kreditlar aniq bir maqsadni amalga oshirishga yo'naltirilgan bo'lishi zarur.
Bunda kredit muayyan, aniq obyektga: ishlab chiqarish xarajatlariga, ishlab
chiqarish zahiralariga, tayyor mahsulotga, jo'natilgan tovarlarga, hisob-kitob
hujjatlariga va hokazolarga beriladi.
Shunday qilib, banklar tomonidan beriladigan kreditlarning asosiy tamoyillarini
quyidagi sxemada ko'rsatish mumkin. Ssuda kapitali o'ziga xos tovar sifatida gavdalanar ekan, u holda undan foydalanishda to'lanadigan foiz kapital "baho"si bo'lib ishtirok etadi. Ammo bu
o'ziga xos baho tovarning pul shaklidagi qiymatini aks ettirmaydi, balki kapitalning tovar shaklidagi iste'mol qiymatini- foyda keltirish qobiliyatini aks ettiradi. Foiz normasi - ssuda kapitaliga olinadigan yillik daromadning qarzga (ssudaga) berilgan kapital summasiga nisbatidir. Masalan, 100 ming so'mlik kapital ssudaga berilgan bo'lsa, yillik foiz daromadi 4 ming so'mga teng bo'lsa, u holda foiz normasi 4 foizga teng bo'ladi.


Yüklə 57,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin