Mavzu Kredit va uning mazmuni. Reja (2)


Oltinchidan, tadbirkorlar, katta puldorlar qo`lidagi pullar



Yüklə 192,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix28.04.2023
ölçüsü192,12 Kb.
#104359
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu Kredit va uning mazmuni. Reja (2) (2)

Oltinchidan, tadbirkorlar, katta puldorlar qo`lidagi pullar.
Bulardan tashqari: davlat byudjetidan uzoq muddatli qarz berish uchun maxsus
mablag` ajratiladi. Undan tashqari MB qo`shimcha emissiya tufayli moliya-kredit
muassasalariga kreditlar berishi mumkin.
Ma’lum
vaqt
mobaynida
bo`sh
pullar uning egalariga xech qanday daromad
keltirmaydilar, shuning uchun kam miqdordagi foiz bilan ham qarz berish foydali bo`lib
qoladi. Natijada ana shu bo`sh pullar ssuda kapitaliga aylantiriladi. Bunda banklar muhim
rol o`ynaydi. Ular yuqori foiz bilan pulga muhtoj bo`lgan biznesmenlar, tadbirkorlar va
boshqalarga
o`z maqsadlarini amalga oshirish uchun qarz beradi. hozirgi
sharoitda
xo`jalikni moliyalashtirishda
qarz
mablag`larini
ulushi oshib borishi
tendensiyasi
kuzatilmoqda. Ularning ulushi ayniqsa kapital quyilmalar hajmida ko`payib bormoqda.
Bunday tendensiya YAponiya, Italiya, Fransiyada yaqqol ko`zga tashlanadi. Masalan:
YAponiya firmalari ishlab chiqarishni kengaytirish uchun sarflagan mablag`larni 4/5 qismi
chetdan jalb qilingan, ya’ni qarz olingan. Respublikamiz iqtisodiyotiga ham shunday
tendensiya xos.
2. Kredit turlari va tamoyillari.
Kredit turlari xilma-xil, ularga turli jihatdan yondashish mumkin.
- qarz oluvchilarning asosiy guruhlariga ko`ra: korxonalar, aholi, davlat krediti;
- Ko`zlangan maqsadga ko`ra: iste’mol, qishloq xo`jaligi, savdo, investitsiya, byudjet
kreditlari.
- Berilgan vaqtiga ko`ra: qisqa (1 yilgacha), o`rta (1 yildan 5 yilgacha), uzoq (5 yildan
ortiq) muddatli kreditlarga bo`linadi.
- Funksiya qilish sferasiga ko`ra, kredit ikki turga bo`linadi: oborot kapitalini
tashkil etish, uni tor ma’noda kredit deb yuritiladi. hamda asosiy kapital olish uchun
sarflanadigan, odatda uni ssuda deb yuritiladi.
1. Overdraft – bank mijoziga kunlik foiz to`lash sharti bilan hisob raqamidagi mablag`i
etmagan hollarda shartlashilgan miqdorda qarz berib, bank kreditini ta’minlanishini talab


qilmasligi mumkin. Bunda bank mijozi hisobiga kelib tushgan pulni darrov o`z hisobiga
o`tkazib olmaydi. Mijoz qarzni o`ziga qulay paytda to`laydi.
2. Kontokorrent shaklida qarz berganda bank moliyaviy jihatdan barqaror deb topgan
mijozlariga oborot mablag`lari uchun kreditni qattiq cheklamasligi mumkin.
3. Avans-Evropa mamlakatlarida bankning har xil shartga ko`ra (overdraft,
kontokorrent ham shunga kiradi) qarz berishi.
-
Kreditni
qaytarish
ta’minlanganligiga
ko`ra
ham
ikki turga bo`linadi:
ta’minlanmagan yoki blankli (overdraft, kontokorrent) va ta’minlangan kredit;
- Kredit berish usuliga ko`ra: kompensatsion ya’ni o`z mablag`larini to`ldirish uchun
hisob schyotiga (varaqasiga) o`tkaziladigan va to`lov to`g`ridan-to`g`ri qarzni qaytarish, haq
to`lash topshirilgan kredit;
- Kredit qaytarilishiga ko`ra: to`lash muddati uzaytirilgan, bo`lib to`lanadigan, hamda
biri to`la
qaytariladigan
kreditlarga
bo`linadi. qarz
hajmi va muddatini cheklanishi
darajasiga
ko`ra limitlangan va limitlanmagan kreditlarga bo`linadi. Kreditning qaysi turi
bo`lmasin, qanday shaklda berilishidan qat’iy nazar, kredit berishning asosiy tamoyillariga
rioya qilinishi kerak. Ular quyidagilar:

Yüklə 192,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin