Mavzu Kredit va uning mazmuni. Reja (2)


 Belgilangan muddatda qaytarilib berilishi



Yüklə 192,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix28.04.2023
ölçüsü192,12 Kb.
#104359
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu Kredit va uning mazmuni. Reja (2) (2)

1. Belgilangan muddatda qaytarilib berilishi.
Bu faqat kreditning tamoyiligina
emas, balki uning xususiyati, mohiyatini ifodalaydi. Uni pul berishning boshqa shakllari
subsidiya, dotatsiya kabilardan farqi ham shunda, qaytarish bo`lmasa kredit munosabatlari
ham bo`lmaydi.
2. Muddatliligi. Kredit berishning bu tamoyili
avvalgi tamoyil bilan chambarchas
bog`langan. Kredit shartnomasi
tuzilayotgan paytda
qaytarish
sharti bilan birga
muddati ham ko`rsatiladi. qarz mablag`laridan foydalanganligi uchun to`lanadigan haq
ham uning muddatiga bog`liq.
3. Kreditdan foydalanganlik uchun haq to`lash
tamoyili. qarz olib, birovning
mablag`ini
ishlatib turgani
uchun ma’lum miqdorda foiz to`lanadi. Ssuda kapitali
bozorida foiz darajasi
muhim rol o`ynaydi, bozordagi vaziyatni belgilaydi. Protsent
stavkasi
shakllanishiga
bozor omillari, eng avvalo, talab va taklif, undan tashqari
Markaziy bank hisob stavkasi, banklararo kredit bozoridagi protsent stavkasi, depozitlar
stavkasi ta’sir etadi. Depozitlar bo`yicha stavka qancha yuqori bo`lsa, kredit uchun ham
shuncha yuqori bo`ladi.
4. Moddiy jixatdan ta’minlanganligiqarz oluvchi ham, qarz beruvchi ham qarzga
olingan mablag`ni
qaytarilishiga ishonch, ya’ni real imkoniyati borligini ifodalaydi. Agar
kredit berish uchun real tovar moddiy boyliklar zahirasi hisobga olinsa, shuning o`zi
kreditning ta’minlangani bo`ladi. Agar kredit sezonli xarajatlarni qoplash uchun berilsa,
bu xarajatlar real
moddiy boyliklar qiymatiga kirishi
ko`zda tutiladi. Kredit savdo
bitimlari uchun berilsa, shartnoma tuzilib, qarz egasiga qaytarilishi hisobga olinadi.
Kredit berishda garov olish alohida o`rin tutadi. Kafolatli shartnoma asosida kredit
jismoniy shaxslar, dexqon xo`jaliklari, fermerlar, ijarachilarga berilishi mumkin. Bunday
shartnomaga ko`ra kafolatchi qarzni qaytarilishiga kafil bo`ladi, moboda qarz olgan
qaytara olmasa, kafil bo`lgan shaxs to`lashi kerak bo`ladi. qarz shartnomasi sug`urta
kompaniyalari javobgarligi asosida ham tuzilishi mumkin.



Yüklə 192,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin