Mavzu Kredit va uning mazmuni. Reja (2)



Yüklə 192,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix28.04.2023
ölçüsü192,12 Kb.
#104359
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu Kredit va uning mazmuni. Reja (2) (2)

Iste’mol krediti. Iste’mol krediti aholi ehtiyojlarini qondirishga mo`ljallangan. U tovar
yoki pul shaklida bo`lishi mumkin. Bu kredit eng avvlo uzoq muddat foydalaniladigan
iste’mol tovarlarni sotib olish uchun beriladi. U tovarlar sotilayotgan magazinlar tomonidan
to`lov muddatini kechiktirish yoki bank tomonidan shu maqsad uchun ssuda berilishi
tarzida bo`lishi mumkin. Odatda bu kredit uchun belgilanadigan foiz yuqori bo`ladi.
hozirgi
paytda
imtiyozli
kreditlar
ham
berilmoqda. Masalan, AqSH da banklar
iste’molchilarga kredit kartochkalari beradi, ularga narxi 2500 dollarga qadar tovarlar
xarid etiladi, xarid puli banklarga magazinlar bergan schyotga qarab to`lanadi. Bunday
kredit g`oyat imtiyozli bo`ladi, uning foizi boshqa qarz foizidan ancha kam bo`ladi, hatto
foizsiz ham bo`lishi mumkin. Talabalarga o`qish haqini to`lashlari uchun maxsus qarz
beriladi. Bu qarz uchun foiz eng ko`p bo`lganda 8 foiz qilib belgilanadi, qarz yiliga 2500
dollar, oxirgi
kursda esa 5000 dollar miqdorda beriladi. Bunday qarzni talaba o`qishni


tugatib pul topgach o`zadi. hozirgi paytda, yakka uy joylar qurish uchun uzoq muddatli
kreditlar-pul shaklidagi iste’mol kreditlaridir. Respublikamizda ham hozirgi paytda uy-joy
qurish, oliy o`quv yurtlarida o`qish uchun imtiyozli kredit berish keng qo`llanilmoqda.
Ipoteka krediti; ko`chmas mulk (er, bino, uy-joy kabilar)ni garovga qo`yib olinadigan
kredit. Odatda ipoteka kreditidan asosan qishloq xo`jaligida asosiy fondlarni yangilash
uchun yirik kapital quyilmalarni qoplash uchun foydalaniladi.
Davlat krediti; Davlat bir tomondan qarz oluvchi, ikkinchi tomondan qarz beruvchi
sifatida maydonga chiqadi.
Bunda davlat krediti paydo bo`ladi. Davlat
aholidan, firma, korxonalar, tashkilotlar,
banklardan qarz oladi. U davlatning qarzdorlik guvohnomasi bo`lib, u vaqti kelganda
qarzni uzish va foiz to‘lashni kafolatlaydi. Ularni markaziy va mahalliy xokimiyatlar
chiqaradilar. qarz va uning foizi byudjet hisobidan qoplanadi. Davlat qarzni eng avvalo
byudjet tanqisligini qoplash uchun oladi. AqSHda davlat obligatsiyalari emissiya tufayli
davlat qarzi 3 trln. dollardan ortib ketdi. Kredit munosabatlarida davlat faqat qarzdor
vazifasini o`tamay, qarz beruvchi rolini ham bajaradi. Davlat o`z mablag`lari hisobidan
bankda
qarz
fondini
tashkil
etadi, xazinadan qarz beradi.
Xazina
qarzi
davlat
byudjetidan,
korxona
va
firma,
tashkilotlarga
ularning
moliyaviy sanatsiyasi
(sog`lomlashtirish) uchun sarflanadi.
Bu qarz ham ma’lum muddatga, qaytarib berish va foiz to`lash sharti bilan beriladi.
Foiz g`oyat imtiyozli bo`lib daromad olishni ko`zlamaydi. Davlat o`z qarzidan voz kechishi
ham mumkin.

Yüklə 192,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin