Mavzu. Kreditning zarurligi, mohiyati va funksiyalari


Kredit tizimi haqida tushuncha va uning tarkibiy qismi



Yüklə 37,08 Kb.
səhifə2/4
tarix17.05.2023
ölçüsü37,08 Kb.
#115642
1   2   3   4
KREDITNING ZARURLIGI, MOHIYATI VA FUNKSIYALARI

Kredit tizimi haqida tushuncha va uning tarkibiy qismi.

Kredit tizimi deb kredit munosabatlar majmuasi va kredit munosabatlarni tashkil qiluvchi va amalga oshiruvchi kredit institutlar yig'indisiga aytiladi.


Kredit tizimi orqali huquqiy va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo'sh mablag'lari yig'iladi va korxona, tashkilotlarga, aholiga, davlatga vaqtincha foydalanishga beriladi.
Kredit tizimi bir necha bo'g'inlardan iborat bo'lishi mumkin. Mablag'larni jalb qilishi va taqsimlanishga qarab kredit tizimi bo'g'inlari o'z xususiyatlariga ega bo'ladi.
Jahon amaliyotida kredit tizimi o'zining tashkil qilinish turiga qarab qo'yidagi guruhlarga bo'linadi: -Markaziy bank; -Tijorat banklar; -Maxsus kredit institutlar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ikki pog'onali kredit bank tizimi ko'p mamlakatlar iqtisodiyotining asosi hisoblanadi. Bu Markaziy bank, bank institutlari va nobank kredit muassasalaridir.
Bank institutlariga qo'yidagi banklar kiradi:
-tijorat banklar;
-investitsiya banklari;
-jamg'armalar jalb qiluvchi banklar (O'zbekiston halq banki);
-ipoteka banki;
-savdo banklari;
Tashqi iqtisodiy aloqalar bo'yicha banklar, tarmoqlar bo'yicha ixtisoslashgan banklar va boshqalar. -Nobank kredit tashkilotlarga; -investitsiya kompaniyalari; -sug'urta kompaniyalari; -nafaqa va boshqa jamg'armalar kiradi. Kredit tizimining tarkibiy qismlari
Kredit tizimida asosiy o'rinni bank institutlari, bank institutlari tarkibida esa salmoqli o'rinni tijorat banklari egallaydi. Tijorat banklari kredit tizimining boshqa bo'g'inlariga nisbatan ko'proq bo'sh resurslarni jalb qiladi va ko'p miqdorda mijozlarga kreditlar beradi.
Maxsus ixtisoslashgan kredit institutlari (banklar) tijorat banklari faoliyatini to'ldiradi va ular milliy iqtisodiyot sohalarining kam samarali, kam foydali tarmoqlari (qishloq xo'jaligi, uy-joy qurilishi, tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqalar) ga engil sharoitda kreditlar berish yo'li bilan ular faoliyatini rag'batlantirib rivojlantirib boradi.
Banklar ma'lum belgilariga qarab qo'yidagi turlarga bo'linadi:
-Mulk shakliga qarab: aktsioner, noaktsioner, kooperativ, kommunal, davlat, aralash, halqaro banklarga bo'linadi;
-kredit beruvchi banklarga;
-milliy mavqei bo'yicha: milliy va xorijiy banklarga;
-faoliyat ko'rsatishi va bajaradigan funktsiyalariga qarab: depozit, universal, ixtisoslashgan banklarga bo'linadi:
Aktsioner banklar aktsioner kompaniyalar sifatida yuzaga kelgan banklar bo'lib, aktsiyalar chiqarish hisobidan ular kapitalining asosiy qismi yuzaga keltiriladi. Ko'pgina rivojlangan mamlakatlarda bank tizimining asosiy qismini aktsioner banklar tashkil qiladi:
Noaktsioner banklar paychilar mablag'lari hisobidan tashkil qilingan banklar bo'lib, ular bir yoki bir necha shaxs ixtiyorida bo'lishi mumkin.
Mayda ishlab chiqaruvchilar, hunarmandlarning faoliyatini qo'llab -quvvatlash maqsadida kooperativ banklar tashkil qilinadi. Bu banklarning mablag'lari ishtirokchilarning mablag'lari hisobidan vujudga keltiriladi va mijozlarga ularning faoliyatini rivojlantirish uchun engil sharoitda kredit beriladi.
Kommunal banklar ixtisoslashgan kredit tashkilotlar bo'lib, kommunal xo'jalik va uy-joy qurilishini kreditlash va moliyalashtirish bilan shug'ullanadi.
Ixtisoslashtirilgan banklarning turlari sifatida investitsiya, jamg'arma, rivojlanish va taraqqiyot banklarini keltirish mumkin.
Kredit tizimining yana bir qismi nobank kredit muassasalari bo'lib, ular davlat va korxonalarni moliyalashtirish uzoq muddatli kreditlash bilan shug'ullanadi.
O'zbekistonda nobank kredit tashkilotlari to'g'risida qonun loyihasi ko'rib chiqildi. Unda sug'urta kompaniyalari, nafaqa fondlari va boshqa fondlarning mablag'laridan oqilona foydalanish va bu mablag'larning samaradorligini ta'minlash masalasi qo'yilgan edi. Har bir mamlakatning kredit tizimi o'z xususiyatiga ega bo'lib, rivojlangan yirik universal banklari tarmoqlarining ko'pligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi.
Biz yuqorida ta'kidlaganimizdek, O'zbekistonda bank tizimi ikki pog'onali bo'lib, banklar tizimining birinchi pog'onasi bu O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, ikkinchi pog'onasi - tijorat banklari, ularning sho''balari chet el banklari sho''balari hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi banklar tizimini kengaytirilgan holda quyidagi 1-chizmada keltirish mumkin.




  1. Yüklə 37,08 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin