Mavzu: kukun materiallar ishlab chiqarish


 Kukunning shakllanish darajasi



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix06.02.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#83073
1   2   3   4   5   6
Lecture 2

 
2.4. Kukunning shakllanish darajasi 
Kukun materiallarning asosiy xossalaridan biri uning shakllanish darajasi 
bilan izoxlanadi, bunda press-qolipga kuyilgan kukunga bosim berilib uning qay 
darajada mustakxam zichlikga ega bo’lishligi va press-qolipdan chiqazilgandan 
keyin shu shaklni saklab kolganligi bilan izoxlanadi. Aytish keraki xamma kukun 
materiallari xam yaxshigina shakllanish xossasiga ega bo’lmaydi. Kukunlarning 
o’ziga xos xossalariga kura ular ma‘lum sharoitlarda shaklanishi mumkin. Bu 
sharoitlar asosan ularni shaklanishiga ketgan bosim bilan izoxlanadi. Kukun 
materiali malum darajada shaklanishga qancha bosim kam talab etsa u shuncha 
darajada shaklanishi yuqori bo’ladi. Shaklanish darajasiga asosan kukun zarracha 
o’lchami va xajmiy massasi katta tasir ko’rsatadi masalan: zarracha o’lchami 40 
mkm xajmiy massasi 0,8 g/sm
3
bo’lgan mis kukuni 0,25 t/sm
2
bosimda 50% 
zichlanish darajasini ko’rsatadsa kukun zarracha o’lchami 100-130 mkm ga ega 
bo’lgan mis kukuni fakat zichlanishni 0,8 – 1,0 t/sm
2
da boshlaydi. Rasm 6 da bir 
xil xajmiga ega bo’lgan kukunlarning shakllanishiga ketga mosim miqdorlari 
keltirilgan. 


Rasm 5. Kukun materiallarning shakllanishiga ketgan bosim miqdorlari: 1 – 
shaklanadigan kukun, 2 – yomon shaklanadigan kukun, 3 – yaxshi shaklanadigan 
kukun 
2.5 Kukun materiallarni presslashga tayyorlash
Kukun materiallarni presslashga tayyorlash deganda asosan kukun 
materiallarning bazi bir xossalarini oshirish va belgilangan kimyaviy tarkibga 
keltirish uchun aralashtirish jarayonlari tushuniladi. Kukun materiallarning 
xossalari juda ko’p bo’lib ulardan asosiy xossalariga preslanuvchanligi kiradi. Bu 
xossaga ega bo’lgan kukunlar yaxshi shakllanadi va press qolipdan chiqgach 
ma‘lum darajada mustaxkamlikga ega buladi. Bu esa preslangan maxsulotlarni 
pechga yoki quritish sexiga jo’natish operatsiyasini amalga oshirishga imkon 
beradi. Lekin aksariyat xollarda kukun materiallari juda yomon preslanadi shuning 
uchun ularga maxsus moddalar qo’shiladi. Bu moddalar plastifikator deb atalib 
ular kukun preslanish darajasini yaxshilash imkonini beradi. Bunday moddalarga 
o’z navbatida malum talablar kuyilib ularga: qo’shilgan modda kukun tarkibidagi 
elementlar bilan tasirlashmasligi; qizdirib pishirish jarayonida qoldiqsiz material 
tarkibidan chiqib ketishligi; kam miqdorda kukun materialining presslanish 
darajasiga katta ta’sir ko’rsatishiligi talab qilinadi. Bunday xossaga ega bo’lgan 
moddalarga: 
1- parafin; 2- kauchugning benzindagi eritmasi; 3-past temperaturali 
polimerlar; 4-glesirin u kabi boshqa moddalar kiradi. Ular presslash jarayonida 
kukun zarasalarni bir-biri bilan mustaxkam birikib turishini taminlaydi. 6-Rasmda 
plastifikator qo’shilib presslangan kukun materialning struktura sxemasi 
keltirilgan. 


6-Rasm. Presslangan kukun materialining mikrostruktura sxemasi; 1- kukun 
zarachalari; 2- plostifikator.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin