3. Kushon podsholigi madaniyati.
Kushon podsholigi Rim Parfiya Xitoy bilan har jihatdan bellasha olgan Qad. Sharqdagi zng qudratli saltanatlardan biri bo’lib, ikki asr mobaynida osiyoliklarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga katta ta’sir o’tkazgan. Bir saltanat tarkibida bir necha mamlakatlar, xalq va elatlarning birlashuvi turli madaniyatlarni o’zaro yaqinlashtirdi, antik davr madaniyatlari (mahalliy Qad. Baqtriya, yunon, sak va hind madaniyatlari)ni mujassamlashtirdi. Ammo, Kushon podsholigi madaniyati tarixining ayrim jihatlari hanuzgacha noaniq bo’lib, tarixchi, sharqshunos va arxeolog olimlar ularga oydinlik kiritish uchun izchil va chuqur i.t.lar olib bormoqdalar. Chunonchi, bu borada 1913 va 1960 y.darda London, 1968 y. Dushanbe, 1970 y. Qobulda xalqaro simpoziumlar o’gkazildi, YuNESKO qoshshidagi Markaziy Osiyo tarix va madaniyatini o’rganish komissiyasi esa kushonlar tarixi va madaniyatini o’rganishni o’z oldiga asosiy vazifalardan biri qilib qo’ydi. Arxeologlar Kushon madanayatiga oid Bagram, Balx, Began, Surx-Ko’tal (Afg’oniston), Kosambi (Hindiston), Sirsukx, Taksila (Pokiston), Ayritom, Bozorqal’a, Dalvarzintepa, Zartepa, Ko’hna Vos, Termiz, Xayrobodtepa, Xolchayon (O’zbekistan), Kayqubodshoh, Kuhnaqal’a, Shahrinav, Munchoqtepa (Tojikiston)da qazish ishlari olib bordi.
Arxeologik topilma va kuhna yozma manbalar asosida kushonlar madaniyatiga doir quyidagi muhim ilmiy ma’lumotlar aniqlandi: burjli mustahkam mudofaa devoriga ega bo’lgan shahar qurilishi taraqqiy etgan, bir necha o’nlab shunday shaharlar, ko’plab yirik sug’orish inshootlari qurilgan. Shaharlar ichida arklar mavjud bo’lib, ularning atrofini turli binolar majmuasi qurshab turgan. Kushon podsholigi ning shimol-g’arbiy hududlaridagi binolar qurilishida ko’proq xom g’isht va paxsadan, janub-sharqida esa toshdan foydalanilgan. Shaharlar, odatda, daryo bo’ylarida strategik jihatdan qulay joylarda bunyod etilgan. Ular podsho saroyi, boy-zodagonlar va hunarmandlar mahallasi, ko’cha va maydonlar, xovuzlar, turli dinlarga mansub inshootlar, ekinzor va bog’lardan iborat bo’lgan. Uylar ko’p xonali, xashamatli bo’lib, ba’zilari ikki qavatli qilib qurilgan. Xovli sahni, xonalar poli, zinalar va b.da turli hajmdagi pishiq g’ishtlar qo’llanilgan.
Ayvon yog’och ustunlari ostiga ohaktoshdan yo’nilgan chiroyli tagkursilar o’rnatilgan. Tomdan tushadigan suvlar uchun maxsus sopol tarnovlar ishlatilgan. Bino va xonalar haykaltaroshlik, tasviriy san’at asarlari bilan bezatilgan. Xaykal va rasmlarda, asosan, podsholar, podsho xonadoni a’zolari, boy—zodagonlar, sozanda va masxarabozlar tasvirlangan (mas., Xolchayonda). Budda diniga mansub inshootlarda esa Budda va unint safdoshlari, izdoshlari kohinlar va xizmatkorlar ifodalangan (mas., Ayritom, dalvarzintepa, Qoratepa, Fayoztepada). Xaykallar, asosan, ohaktosh, loy va ganchdan tayyorlangan, ular orasida sirtiga tilla suvi yuritilganlari ham bor. Devoriy suratlarda esa diniy va bazm marosimlari, tabiat manzaralari, suvoriylar tasvirlangan. Kulolchilik taraqqiy etgan, topilgan sopol idishlar xilma-xil va o’zining kozik, jarangdorligi bilan alohida ajralib turadi. Amaliy sanat keig rivojlangan, uning eng yaxshi namunalari Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajida saqlanmoqda.
Zeb-ziynat buyumlari, mehnat va jang qurollari yasash, mato to’qish taraqqiy etgan. Kanishka I davrida Kushon-Baqteriya tili davlat tili sifatida qabul kilingan. Aholi asosan, buddizm dinining mahayana mas’habiga e’tiqod qilgan, ko’plab budda ibodatxonalari qurilgan, shuningdek, otashparastlik, hinduizm ham keng tarqalgan. Kanishka I buddizm tarixida birinchi bo’lib vaqti-vaqti bilan diniy yig’in chaqirib turishni joriy etgan. Dastlabki yig’ichda buddizmning mazkur yangi mazhabi-mahayana rasmiylashtirilgan. Bu esa buddizining Osiyo mamlakatlarida keng tarqalishiga uniig jahon dinlaridan biriga aylanishiga sabab bo’lgan. Topilgan tangalarning orqa tomonida turli ma’budlar - Mixra-Mitra (Quyosh ma’budi), Otash (olov ma’budi), Farr (omad va ma’murchilik ma’budi) va b. tasvirlanganligi buni isbotlaydi. Saltanatda savdoning rivojlanishi yozuvning keng ko’lamda tarqalishga imkon yaratgan. Oromiy yozuvi asosida sug’d va xorazmiy yozuvlari vujudga kelib, taraqqiy etdi.
Hind alifbosiga asoslangan qharoshthi yozuvi namunasi ilk bor Termizdan, teri va taxtaga bitilgan xorazmiy yozuvi namunasi esa Tuproq qal’adan topildi. Kushon podsholigi yerlaridan o’tgan Buyuk ipak yo’li tashqi savdoning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatganligi aniqlandi.
Kushon podsholari zarb qilgan oltin, kumush va mis tangalar Efiopiya, Skandinaviya, Italiya va b. ko’pgina mamlakatlarda topildi. Bu esa Kushon podsholigi chet mamlakatlar bilan keng miqyosda savdo va madaniy aloqalar olib borganligidan dalolat beradi. Sharqdan olib kelingak ipakka g’arb bozorlaridagi mollar almashtirilgan. Umuman savdoda ko’p tovarlar qatori dorivorlar, Rim tilla tanga va taqinchoqlari, fil suyaklari va undan tayyorlangan turli buyumlar hamda “tirik tovar” — sozanda, raqqosa va hunarmand qullar ham b. Kushon podsholigining dastlabki poytaxti O’zbekistonniig janubdagi Dalvarzintepada bo’lgan, podsho Kanishka davrida esa Peshovar sh.ga ko’chirilgan. Ayni shu davrda badiiy, san’at maktablari (Gandxara, Matxura, Baqtriya) shakillandi. Kanishka adabiyot va sanat homiysi bo’lib Kashmir viloyatida Kanishkapur sh.ga asos soldi. Uning saroyida mashxur buddaviy olimlar Pareva va Vasumitra, buyuk shoir va faylasuflar Ashvagxosha, Matricheta, Nagarjuna hamda Charaka yashab ijod qilgan.
Kushon podsholigiga doir yozma manba va arxeologik topilmalar kushonlar madaniyatini o’rganish ularniig O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekiston xalqlari madaniyati taraqqiyotida tutgan o’rnini ilmiy baholashda muhim ahamiyatga ega. Kushon podsholigi siyosiy tarixi va madaniyati o’tmishining hali to’la, haqqoniy yoritilmagan jihatlari ko’p bo’lib O’zbekiston, Hindiston, Fransiya, AQSh, Italiya, Vengriya, Tojikiston, Afg’oniston, Rossiya, Yaponiya olimlari ularni aniqlash borasida chuqur, izchil i.t.larni davom ettirmoqda. Miloddan avvalgi I asrda yuechji qabilalari uyushmasida (Guyshuan, Shuanmi, Xisi, Xyumi, Xuanmi) Guyshuan (Kushon) urug’ining xokimlik mavqei ancha kuchaydi. Guyshuan qabilasi dastlab Surxon vohasida jjoylashgan va ularning poytaxti Dalvarzin shaxri (hozirgi Sho’rchi tumani) bo’lgan. Podsho kujula kadfiz davrida Kushon podsholigi hududlari ancha kengaydi va davlat tarikibiga Janubiy tojikiston, Afg’oniston va kashmir yerlari qo’shib olinadi. Kushon podsholigi Kanishka xukumronligi yillarida (78-123 yillar) ulkan saltanatga aylandi.
Kushon podsholigi Surxon vohasi, Janubiy Tojikiston, Afg’oniston, Shimoliy xindiston va Sharqiy Turkiston yerlarini o’z tarkibiga kiritdi. Shu vaqtda poytaxt Dalvarzindan peshovarga ko’chirildi. Kushon podsholigi qadimgi davrdagi Rim, parfiya, Xitoy davlatlari bilan teng bo’lgan va g’oyatda qudratli davlatga aylandi.
Mamlakatimiz hududlarida yuzaga kelgan Kushon podsholigi tarkibiga O’zbekistonning asosiy hududlari (Xorazm, Zarafshon, Qashqadaryo, Toshkent, Farg’ona) kirmaganligi diqqatga sazovordir. Bu hududlarda o’ziga xos boshqa mahalliy davlat yuzaga kelgan va kushonlar madaniy an’analarga holi tarzda taraqqiy etgan. Bu davlatlar bilan Kushon davlatining shimoliy chegaralari Ko’hitog’, boysun, Xisor tog’lari orqali o’tganligi Boysun tumanidagi Darband atrofidan o’rganilgan mudofaa devorlarini o’rganish natijasida isbotlandi. Bu mudofaa devorlari qoldiqlari shu yerdan o’tgan chegara qal’asi devorlari bo’lgan.
Kushon sulolasi va davlati tarixi yozma manbalar va tangashunoslik tadqiqotlari orqali o’rganilgan. Tangalardagi dastlabki vaqtlarda yunon-Baqtriya shohlari tasviri mavjudigi va asta-sekin uning o’rnini kushonlarning «shoh», «shohlar shohi» so’zlari egallashi uning xarbiy siyosiy qudrati yuksalib borganligidan dalolat beradi.
Podsho Kanishka I o’zidan oldingi davlat boshqaruvi an’analari saqlab qoldi va davom ettirdi. Davlatning oliy xukumdori podsho viloyatlar va shaharlari o’z noiblari yordamida boshqarardi.
Buyuk Ipak yo’lining rivojlanishi bilan Kushon podsholigining ijtimoiy-iqtisodiy jixatdan yashnashiga ta’sir ko’rsatdi. Shaxarlar ko’paydi, yangi – yangi yerlar o’zlashtirildi va sug’orish tarmoqlari barpo etildi.
Shaxarlar tuzilishiga ko’ra bir necha qismdan iborat bo’lgan: xokim saroyi, xunarmandchilik ustaxonalari, guzarlar, aloxida ibodatxonalar joylashgan shaxar qismi va boshqalar. Davlatning iqtisodiy asosini sug’orma dexqonchilikka asoslangan xo’jalik, savdo va xunarmandchilik tashkil etgan.
Xunarmandchilik turli-tuman kasb va xunarlardan iborat bo’lgan. Tashqi siyosat ancha kengayib, Xindiston, Xitoy, rim saltanati bilan savdo va elchilik munosabatlari o’rnatilgan. Savdo munosabatlarining kengayishida Buyuk Ipak yo’lining axamiyati katta bo’lgan.
Tadqiqotlar natijasida Termizdan Rim tangalari, O’rta yer dengizi atroflaridan Kushon tangalarining topilishi ham fikrimizning dalilidir. Kanishka davrida kushonlar madaniyati xindlashtirildi va Budda dini davlat diniga aylandi. Oromiy va yunon yozuvlari asosidakushon yozuvi shakillandi.
Me’morchilik tasviriy san’at yuksak darajada rivojlandi. Jaxon miqyosida mashxur bo’lgan kushon davri san’at obidalari Ayritom, Eski Termiz, dalvarzintepa va xolchayondan topib o’rganilgan. Kushon davlati xaqida shuni aloxida ta’kidlash joizki, davlat bir necha hududlar va ko’plab qadimgi xalqlarni birlashtirgan. Ular orasida o’zbek xalqi ajdodlari ham kushon madaniyati yuksalishiga o’z hissasini qo’shgan. Kushon davlati IV asrlargacha og’ir ichki va tashqi kurashlar iskanjasida qoldi va asosiy hududlaridan ajraldi. Bu vaqtda uning hududlari qisman Shimoliy Hindistondagina saqlanib qoldi.
Ko’pgina urushlar Markaziy Osiyo madaniyatining qadimgi taraqqiyot davrlarining bexisob dalillarini yo’q qildi. Arxeolog qazilma ma’lumotlar va yozma manbalar miloddan avvalgi I-ming yillik boshlarida vujudga kelgan Markaziy Osiyoning ilk davlatlari Baqtriya, Sug’d va Xorazm madaniyati xaqida bir oz ma’lumotlar beradi. Miloddan avvalgi VIII-VII asrlarga oid Afrosiyob (Samarqand), Surxondaryo voxasidagi qiziltepa, qashqadaryo voxasidagi Uzunqir, Xorazmdagi Ko’ziliqir kabi qadimgi shaxarlarda o’tkazilgan tadqiqotlar murakkab ijtimoiy tuzilma va madaniyatning yuqori rivojlanganligini ko’rsatadi. Bu shaxarlar mudofa devorlari va suv ta’minotidan iborat kuchli istexkom tizimiga ega bo’lib, ichida xunarmandlar mavzei joylashgan. Ayrim shaxarlarda saroy qoldiqlari qal’alar topilgan. qadimgi davlatlar xo’jaligining asosiy soxasi xisoblangan dexqonchilik taraqqiyotining darajasi xaqida ko’p tarmoqli sug’orish tizimining mavjudligi bunga dalildir. Markaziy Osiyo davlatlari qadimgi Sharq mamlakatlari bilan yaqin aloqalar o’rnatgan.
Midiya va Ossuriyaning siyosiy tarixida faol ishtirok etib, xunarmandchilik buyumlari va xom ashyo bilan (lojuvardd, oltin, mis bilan) savdo sotiq qilganlar. Bu xaqda Ossuriya va qadimgi Yunon yozma manbalarida gapiriladi. Xususan, Baqtriyaning yirik shaxarlari, ko’p sonli axolisi xaqida Baqtriya shoxi Oksartning afsonaviy boyligi xaqida Kgesiy Knidskiy (Mil.avv.V-IV asrlar) yozib qoldirgan.
Ko’chmanchi massagetlarning udumi va turmush tarzi xaqida mashxur qadimgi Yunon tarixchisi Geradot (Mil.avv.V asr) yozib qoldirgan.
U massagetlarning xarbiy qurollari (kamon-yoyi, nayzasi, oyboltasi)da oltindan bezak sifatidan, misdan qurol va sotuv uchun keng foydalanishini ta’kidlaydi. Gerodotning yozishicha, massagetlar yagona ma’bud quyoshga topinib, otni qurbonlik qilganlar. Mil.avv. V asrda Oks daryosining o’ng soxilida Miletlik Yunonlarning manzilgoxi tashkil topadi. Shu tariqa Axmoniylar imperiyasi tarkibida Markaziy Osiyo xalqlari forslar, midiyaliklar, bobilliklar, misrliklar, yunonlar, xindlar bilan yaqin munosabatda bo’lish, madaniyatining xam o’zaro ta’siriga imkon yaratdi.
Axmoniylar imperiyasi madaniyati xam ko’pgina mamlakat xalqlari yaratgan ilmiy bilimlar, diniy e’tiqodlar, san’at yutuqlarining sintezi xisoblanadi. Bu madaniyatga Markaziy Osiyo xalqlari xam o’zining xissasini qo’shgan. Zardushtiylik Axmoniylarning davlat dini sifatida qabul qilinishi bilan birga G’arbga xam keng yoyila boshladi. Axmoniylar sana’tining Suza va Persepoldagi ulkan yodgorligi qurilishiga Markaziy Osiyo mintaqasidan ko’plab xom ashyo keltirilgan. Saroylar qurilishiga Baqtriyadan oltin, Sug’dan lojuvard va qimmatli toshlar, Xorazmdan feruza olib borilgan. 1877 yilda Tojikistonning Janubidan topilgan Amudaryo xazinasi madaniy sintezning yorqin misolidir, xazinada, Eron va Baqtriyada tayyorlangan jixozlar-bejirim oltin aravacha, qanotli ikkita qurg’iy shakli tushirilgan bilakuzuk xamda dashtliklarga xos «Xayvon shakli» bitilgan jixozlar mavjud. Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyat munosabatlari juda kengaydi, shuningdek, madaniy qadriyatlarning boyishi va turli madaniyatlarning o’zaro ta’siri jarayoni esa o’z madaniyatlarini juda tez rivojlanishi va boyishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
Axmoniylar imperiyasi va Markaziy Osiyo madaniyatiga ellinizm elementlari kirib keldi. Axmoniylar saltanatini emirib tashlagan Yunon-Baqtriya bosqini Markaziy Osiyo mintaqasini, xususan suxd madaniyatini aylantirdi.
Yunon-Baqtriya davrida Oyxonum (ShimolAfg’oniston), Saksanoxur va Taxtisangin (Tojikiston), Dalvarzin tepa, Yorqurg’on, Afrosiyob Talibarzi (O’zbekiston) kabi shaxarlar qurildi.
Yunon xarbiy manzilgoxlari axolisining tushmush tarzi va madaniyatini aks ettiruvchi ellinistik uslubdan Yunon-Baqtriya shaxarlarda ochib o’rganildi. Infoatlar tosh, xom va pishiq g’ishtdan tiklandi. Ustunlar korinf usulida ishlangan. Saroy va ibodat majmualari, gimnaziya, teatr binolari ochib tekshirilganda ustunlar attik bazaltlar, akant yaproqlari, palmetallar, cheti naqshlangan cherepitsa-antifikslar singari unsurlangan foydalangan xolda ko’rilgan.
Yunon-Baqtriya podsholigida teatr san’ati va musiqani rivojlanganligi to’g’risida ma’lumotlar mavjud. Baqtriya saroylarida yunonistonlik aktyorlar, musiqachi va raqqoslarning guruxlari saqlangan. Ayniqsa, yunon xalq teatrining «maskars», «mim» singari turlari keng yoyilgan. Ularni klassik tragediya va komediyalardan farqi belgilangan matn bo’lmagan, yoki matnsiz chiqilgan, lekin u yunon tilini bilmagan maxalliy axoliga tushunarli bo’lgan. Aktyorlar sharoit, tomoshabinlarning ruxiyatiga ko’ra matnlarni o’zgartirganlar-musoxaba, xazil-mutoyiba, xavj, xikoya, -qo’shiq usullarida ijro etganlar. Raqs, musiqa, ko’zbo’yamachilik va akrabatik mashqlar teatr ijrochiligining muxim elementlari bo’lgan. Xukmdorlar xomiylik ko’rsatgan maxalliy aktyorlar xam shakllangan; «Masxaraboz» Milliy teatrning-namunasida xamon ellinistik belgilar saqlanib qolgan.
Kushon san’ati Kushon imperiyasidan keyin xam ana shu zamonlar turli ellardagi, jumladan, Markaziy Osiyo, Xindiston va Xitoylik san’at ustalari va ijodkorlarini ruxlantirib keldi. Kushon san’ati an’analari ifodasi Xindistondagi Gupta davlatiga xos xaykallar, Sug’ddagi bo’rtma tasvir va bezaklar (Panjikent, Vuraxiva, Afrosiyob), Sharqiy Turkiston topilmalarida bir-biridan farqlanadi.
Shunday qilib qadimgi Markaziy Osiyo madaniyati taraqqiyoti mobaynida o’ziga xos an’ana va yutuqlarni saqlabgina qolmasdan, ulkan mintaqada umumiy qadriyatlarni vujudga kelishi, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari bilan madaniy aloqa munosabatlarini rivojlantiriga imkoniyat yaratib madaniy yuksalishni yangi sifat bosqichiga ko’tardi.
Qadimgi Markaziy Osiyo madaniyatining rivoj nuqtasi bo’lgan Kushonlar madaniyati xududiy va mazmun jixatidan ayro olingan madaniyat emas edi. U o’zida Sharq, Markaziy Osiyo, Antik dunyo va xind madaniyatlari yutuqlarini o’zida mujassa etib, Sharq va Jaxon xalqlari madaniyatini yana ravnaq topishiga asos bo’ldi. Kushon imperiyasi davrida (I-III asrlar)Markaziy Osiyoda sug’orma dexqonchilik, xunarmadchilik, shaxarsozlik, savdo-sotiq va iqtisodiy aloqalar ravnaq topdi. Buga Kushon-Baqtriya yozuvlari, braxma va kxaroshxi xind alifbosidagi yozuvlar, kushon tangalari guvoxlik beradi.
Buddizm dinning rasmiy darajasi budda ibodatxonalarining o’sha zamon san’ati bilan bezatilishida namoyon bo’ladi. Miloddan avvalgi 176 yilda xunnlar yuechjilar ustiga ikkinchi marta xujum uyushtiradilar. Oqibatda xunnlar 165 yilda yuechjilarni g’arbga uloqtirib tashlaydilar. Rivoyatlarga qaraganda xunn hukmdorlari mag’lub bo’lgan yuechjilar podshosining bosh suyagidan kosa yasab, g’alaba sharafiga unda sharob ichib yurgan ekanlar. Yuechji qabi-lalari qadimgi Farg’ona erlariga chekinadilar va o’sha erda istiqomat qila boshlaydilar.
Xitoy manbalarida yozilishicha qadimgi Farg’onaning shimoliy tumanlarida yuechjilar qishloq va shaharlar barpo qiladilar. Bu davrda yagona bir podsho bo’lmagan, balki qabila va urug’ yabg’ulari qabila oqsoqollari qo’l ostida birlashganlar. Jumladan, hozirgi Namangan viloyatining Yangiqo’rg’on tumani hududida Kushon qishlog’ va Kosonsoyda Koson shahrini yuechjilar barpo qilgan edilar. Ma’lumki, miloddan avvalgi II asr o’rtalarida Yunon-Baktriya davlati inqiroz sari yuzlanadi. Ana shu qulay vaziyatdan foydalangan yuechjilar miloddan avvalgi 140-130 yillarda So’g’d erlari orqali Baqtriyaga bostirib keladilar va Shimoliy Baqtriya hududlarini e`gallab oladilar. Yuechjilar Baqtriyada 100 yil mobaynida 5 ta qabilaga bo’linib yashaganlar.
Guyshuan (Kushon) qabilasi (yabg’usy Kudzula Kadfiz edi) to’rtta qabila yabg’ularini o’ziga tobe etib barcha qabilalar ustidan hukmronlik qilardi. U o’z davlatini Kushon bekligi sifatida e’lon qildi va hozirgi Surxondariyo viloyatining Sho’rchi tumanida joylashgan Dalvarzintepani bu beklikning poytaxtiga aylantirdi.
Kudzula Kadfiz o’z davlat chegaralarini kengaytirish va uning qudratini mustaxkamlash maqsadida Amudaryoning chap soxili tumanlarini egallashga bel bog’ladi. U tez orada Parfiya, Afg’oniston va Kashmirni e`galladi. Kudzula Kadfiz 80 yoshida dunyoni tark etdi. Uning davrida Kushon davlatining o’z pullari bo’lmagan. Kudzula Kadfiz tangalarni Rim saltanati va Parfiya podsholari zarb e`tgan tangalarga taqlid qilib chiqargan. Shu boisdan ham bu davrdagi tangalarda «Kudzula Kadfiz Yabg’u» degan yozuvlarni uchratamiz. Keyinroq esa «Hukmdor Kadfiz» degan yozuvda tangalar zarb etilgan. Kudzula Kadfiz vafotidan so’ng uning o’gli Vima Kadfiz taxtga o’tiradi.
Bu davrda Kushonlar davlati Pokiston va Hindistonning markaziy viloyatlarini bosib oladi. Vima Kadfiz o’z nomidan tangalar zarb etadi. Unga atab tosh xaykali o’rnatadilar. Bu haykal Hindistonning Matxura shahrida qad ko’taradi. Vima Kadfiz 30 yil podsholik qiladi. Mamlakatda pul islohotini o’tkazadi.
Vima Kadfizdan so’ng mamlakatni idora etish Kanishka zimmasiga tushgan. U podsholik qilgan davrda Hindistonning janubiy tumanlari, O’rta Osiyoning So’g’diyona, Xorazm va Choch viloyatlarini zabt etadi. Kanishka davrida «shohlarning shohi-ulug’ xaloskor» yozuvi bilan tanga pullar zarb etiladi. Kanishka tangalari Ashgabatdan Xorazmgacha, Toshkent vohasigacha bo’lgan katta hududlarda ko’plab topilgan. Kushon davlati bu davrda e`ng gullagan va hududlari juda ham kengaygan davrini o’z boshidan kechiradi. Kanishka budda dinini rasmiy ravishda davlat dini deb e’lon qiladi, buddizmni qabul qilib, uning saltanat miqyosidaga tashviqotchisi va himoyachisiga aylanadi. Kanishka davlat poytaxtini
Dalvarzindan Peshovarga ko’chiradi. Milodning I asr 70—80-yillarida Sharqiy Turkiston erlari masalasida Xitoy-Kushon mojarolari boshlanadi. Shunga qadar Kushonlar xitoyliklarning Sharqiy Turkiston erlarini egallash uchun qilgan harbiy harakatlariga hayrihoh bo’lganlar. Hatto ular 84- yilda xitoylarga qarshi kurashish uchun Qashg’arga yuborilgan Qang’uy qushinini tezda chaqirib oladi. Qashg’ar hokimligi esa xitoyliklarga taslim bo’ladi. Shundan so’ng kushonlar Xitoyga Turfonni bosib olishga yordam ko’rsatadi. Oradan 2-3 yil o’tgach, ikki o’rtadagi munosabat buziladi.
Buning sababi Kushon elchisi Katta sovg’alar bilan Xitoy hukmdorining qizini kushonlar podshosiga unashtirish maqsadida Xitoyga borgan edi. Xitoy hukmdori uni qamoqqa oladi. Natijada ikki o’rtaga sovuqchilik tushadi. O’zini haqoratlangan deb hisoblagan Kushon hukmdori 70 ming kishilik qo’shin bilan Xitoyga qarshi yurish qiladi. O’zaro kurashda
u yengilib, Sharqiy Turkistondan qochishga majbur bo’ladi.
Bundan foydalangan Sharqiy Turkiston viloyatlari xalqlari birin-ketin Xitoyga qarshi qo’zg’olonlar ko’taradilar. Bu qulay vaziyat tufayli kushonlar 107-yilda Sharqiy Turkistonga yana lashkar tortadilar. Kushonlar Sharqiy Turkistonda o’z hukmronliklarini o’rnata olmagan bo’lsalar-da, Hindiston yilnomalarida Kanishkaning Tarim havzasini bosib olganligi haqida ma’lumotlar berilgan. Xullas, Kanishka podsholik qilgan 23 yillik davrda Kushonlar davlati hududlari juda ham kengaygan.
Soson podshosi Shopur I (241—242 yillar) yozdirgan «Zoroastr Kaabasi»da kushonlar saltanatining hududi haqida: “Kushonlar mamlakati Peshovar, Qashg’ar, Sug’d va Chochgacha cho’zilgan»,— deyiladi. O’rta Osiyoda kushonlar asos solgan 3 ta shahar bo’lgan: 1. Koson – Farg’ona vodiysida; 2. Kattaqo’rg’on - Zarafshon vohasida va 3. Kesh -Qashqadaryo viloyatidadir.
Kanishka vafotidan keyin kushonlar taxtiga uning o’g’li Vasishka o’tirdi. U 4 yilgina podsholik qildi, xolos. Vasishkadan so’ng hokimiyat Xuvishka qo’liga o’tadi. U 32 yil hukmronlik qiladi. Undan so’ng Vasudeva podsholik kildi. Vasudeva 34 yil mamlakatni idora qildi. Bu davrga kelib Kushon podsholigi ikki qismga bo’linadi. Mamlakatning bir qismiga Vasudeva, ikkinchi qismiga Kanishka III hukmronlik qiladi. Buni ularning har ikkalasi nomidan zarb etilgan- tanga, pullar isbotlaydi.
Xulosa
Kushonlarning dastlabki mulklari hududiga Shimol Baqtriya (Tojikiston hamda O’zbekistonning janubi Turkmanistonning janub-sharqidagi yerlar) kirgan, Dastlab jabgu, keyinchalik podsho unvoni bilan davlatni idora qilgan Kadfiz I Kushon podsholigiga asos solgan bo’lib, uning davrida kushonlar hoz. Afg’oniston bilan Pokistonning ko’pchilik qismini bosib olgan.
Kushon podsholigiga doir yozma manba va arxeologik topilmalar kushonlar madaniyatini o’rganish, ularning O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekiston xalqlari madaniyati taraqqiyotida tutgan o’rnini ilmiy baholashda muhim ahamiyatga ega. Kushon podsholigi siyosiy tarixi va madaniyati o’tmishining hali to’la, haqqoniy yoritilmagan jihatlari ko’p bo’lib, O’zbekiston, Hindiston, Fransiya, AQSH, Italiya, Vengriya, Tojikiston, Afg’oniston, Rossiya, Yaponiya olimlari ularni aniqlash borasida chuqur, izchil ilmiy tadqiqotlarni davom ettirmoqda. Ammo, Kushon podsholigi madaniyati tarixining ayrim jihatlari hanuzgacha noaniq bo’lib, tarixchi, sharqshunos va arxeolog olimlar ularga oydinlik kiritish uchun izchil va chuqur ilmiy tadqiqotlarni olib bormoqdalar. Chunonchi, bu borada 1913 va 1960-yillarda London, 1968 yil Dushanbe, 1970-yil Kobulda xalqaro simpoziumlar o’tkazildi, YUNESKO qoshidagi Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatini o’rganish komissiyasi esa kushonlar tarixi va madaniyatini o’rganishni o’z oldiga asosiy vazifalardan biri qilib qo’ydi
Dostları ilə paylaş: |