Kimyoviy tarkibi. Rangsiz, shaffof xillarigina nazariy tarkibiga javob bersa kerak. Sutdek oq yoki boshqa ranglilari tarkibida ozmi-ko‘pmi har xil gazsimon, suyuq va qattiq moddalar: СO2, N2O, uglevodorodlar, NaCI, СaSO3 mexanik aralashmalari ishtirok etadi. Ayrim hollarda uning tarkibida rutil, aktinolit va boshqa minerallarning ko‘zga ko‘rinadigan juda mayda kristallari ham bo‘ladi. Bu mustaqil ishimdan olgan qisqacha tasurotlarim shulardan iborat. Mineral aksariyat qattiq jismlar; kam hollarda suyuq Mineral ham (mas, tugma simob) uchraydi. Suvning Mineralga mansubligi baxsli, lekin muz Mineral deb qabul qilingan. Kristalli, amorf (metakolloidlar) va tashqi koʻrinishi kristallarga oʻxshash, lekin amorf, shishasimon holatdagi metamikt minerallar farq qilinadi.
Har bir Mineral (mineral turi) muayyan tarkibli faqat oʻziga xos kristallik strukturaga ega boʻlgan tabiiy birikmadan iboratom massasining bir xil tarkibli modifikatsiyasi (mas, olmos — grafit, kalsit — aragonit), lekin turlicha kristall tuzilishga ega boʻlgan Mineral har xil Mineral turiga mansub; aksincha, muayyan chegarada tarkibi oʻzgarib, birok doimiy strukturaga ega boʻlgan Mineralning izomorf katorlari (mas, olivinlar, volframitlar, kolumbitlar) bitta mineral turiga kiradi.
Kimyoviy tarkibi ayrim xossa yoki morfologik xususiyatlaridagi uncha katta boʻlmagan oʻzgarishlar Mineral strukturasida keskin farq qilmasa Mineralning xillari deyiladi (mas, kvars xillari — togʻ xrustali, ametist, sitrin, xalsedon). Bir-biridan fizik sirti bilan ajarlib turuvchi yakka kristallar, donachalar va boshqa Mineral jismlar mineral individlarni, ularning oʻsimtalari Mineral agregatlarni tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda tabiatda Xalqaro komissiya tomonidan rasmiy tasdiklangan qariyb 4000 Mineral turi mavjud va yana taxminan 1000 ta Mineral topilgan va oʻrganilgan, lekin hozircha tasdiklanmagan. Har yili 100 ga yaqin yangi mineral turi topiladi va shundan 50—60 tasi tasdiqlanadi. Oʻzbekiston hududida 1000 dan ortik, Mineral topib oʻrganilgan