Kimyoviy tarkibi. Rangsiz, shaffof xillarigina nazariy tarkibiga javob bersa kerak. Sutdek oq yoki boshqa ranglilari tarkibida ozmi-ko‘pmi har xil gazsimon, suyuq va qattiq moddalar: СO2, N2O, uglevodorodlar, NaCI, СaSO3 mexanik aralashmalari ishtirok etadi. Ayrim hollarda uning tarkibida rutil, aktinolit va boshqa minerallarning ko‘zga ko‘rinadigan juda mayda kristallari ham bo‘ladi.
Singoniyasi. Ancha yuqori temperaturalarda hosil bo‘lgan modifikatsiyasi β—kvars geksagonal singoniyada, geksagonal-trapetsoedrik simmetriya ko‘rinishida α L66L2 bo‘lib kristallanadi.
Rangi. Kvarsning rangi juda xilma-xil bo‘lishi mumkin, lekin rangsiz, sutdek oq va kul rang xillari keng tarqalgan.
Kvars shisha kabi yaltiraydi, xalsedonda mum kabi, goho xira tovlanadi.
Qattiqligi 7.
Ulanish teqisligi yo‘q yoki romboedr bo‘yicha juda nomukammal.
Solishtirma og‘irligi 2,5—2,8 g/sm3 Paydo bo‘lishi va konlari. Kvars tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, juda xilma-xil sharoitda paydo bo‘lgan tog‘ jinslari va ruda konlari tarkibida uchraydi.
1. Dala shpatlari va slyudalar bilan bir qatorda, juda ko‘pgina nordon intruziv va effuziv magmatik jinslarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Ekzogen protsesslarda kvars bilan xalsedon mayin donador agregatlar tarzida bo‘lib, kremnezem gellarshg‘ing degidratadiyalanishi va qayta kristallanishi natijasida paydo bo‘ladi. Metamorfik protsesslarda kvars ancha yirik massalar holida, tarkibida opali bo‘lgan cho‘kindi jinslarning suvsizlanishi natijasida yashma va qatlam-qatlam tuzilgan rogovik (haddan tashqari Mayda donali kvars va kvard-xaliedondan iborat jins) tarzida paydo bo‘ladi. Nurash protsessida kvars ximiyaviy barqaror mineral bo‘lib, shuning uchun ham siniq donalar shaklida sochilmalar va cho‘kindi jinslar orasida to‘planadi (qumtoshlarda, kvarsitlarda).
Zeb-ziynat tosh sifatida ishlatiladigan surguch-qizil rangli yo‘l- yo‘l yashma Primagnitbgorsk rayonida (Ural) tarqalgan. Bir tekis yashil-kulrang kelgan yashmasi va xilma-xil naqshlarga boy Orsk rayonidagi (Janubiy Ural) yashmalar juda mashhurdir.
Texnik agat deb ataladigan agat Zakavkazeda Axalsixida va boshqa rayonlarda uchraydi. Ular genetik jihatidan effuziv jinslar qoplami bilan bog‘liqdir.
Qimmatbaho kvars toshlariiing chet mamlakatlardagi konlaridan Brazyliyadagi Minas-Jerayj konini hamda Urugvaydagi (asosan ametist) konlarni, Madagaskardagi (tog‘ xrustali), Shveysaryaya Alpidagi konlarini eslatib o‘tish lozim. Bu konlarning barchasi aoooaya alp tipidati kvars tomirlaridan hamda pegmatit tomirlardan iborat. Eig yaxshi agatlar Hindiston, Braziliya, Urutvay, Germaniya (Obershteyn, Reyland va boshqa) konlaridadir.