2. Yordamchi unsurlar: intonatsiya, poetik sintaksis, she’riy san’atlar.
Ritm- she'r misralaridagi bir-biriga keng nutq bo'laklarining bir tekisda izchil takrorlanib kelishidan paydo bo'ladigan ohangdoshlik. She'r ritmi, odatda, vazn, bo'g'in, turoq, turkum, pauza, band, qofiya, intonatsiya, poetik figuralar, poetik fonetika, she'r san’atlari bilan uzviy bog'liq. Ritmni yuzaga keltiruvchi asosiy unsurlardan biri – vazndir. Vazn esa bo'g`in, turoq, turkum, pauza, urg'u kabi unsurlardan paydo bo`ladi.

Bo'g'in – bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar birikmasi bo'lib, she'riy nutq o'lchovida dastlabki ritmik birlikdir.

Barmoq tizimida bo'g'inlar turoqlarni, turoqlar turkumlarni, turkum vaznni, vazn ritmni, ritm musiqiylikni, musiqiylik poetik g'oyani vujudga keltiradi. Sheriy unsurlarning ketma-ketligi va bog'liqligini shunday ko'rsatish mumkin:
Bo'g'in mumtoz she'riyatda hijo deb yuritiladi, unda qisqa va cho`ziq hijolarning miqdori va tartibi muhim rol oynaydi. Bo'g'in barmoq sistemasida turoqni, aruz sistemasida ruknni tashkil etadi.