Mavzu: lisoniy sathda gap bo‘laklari. Bosh bo‘lakla


Kesimlik kategoriyasining nutqiy gaplarda voqelanishidagi ikki holatni farqlash lozim



Yüklə 3,78 Mb.
səhifə3/4
tarix19.10.2023
ölçüsü3,78 Mb.
#156914
1   2   3   4
9-MA\'RUZA (7)

Kesimlik kategoriyasining nutqiy gaplarda voqelanishidagi ikki holatni farqlash lozim:

  • 1) kesimlik kategoriyasining grammatik (morfologik) shakllar orqali voqelanishi;
  • 2) kesimlik kategoriyasining semantik-funksional ifodalanishi.
  • Bundan kelib chiqqan holda gapni ikkiga ajratish mumkin:
  • 1) grammatik shakllangan gap;
  • 2) semantik-funksional shakllangan gap.

Grammatik shakllangan gap. Grammatik shakllangan gapda kesimlik kategoriyasi ma’nosi kesimlik qo‘shimchalarining faqat o‘zi bilan yoki bog‘lama va kesimlik qo‘shimchalari vositasida ifodalanishi mumkin


O‘zbek tilida kesimlik qo‘shimchalarining quyidagi turlari mavjud:
1) kesimlik kategoriyasining tarkibiy qismlari sinkretik, ya’ni ajralmas, bitta moddiy ko‘rinishda berilgan qo‘shimchalar bo‘ladi: o‘qiy , ketaylik, keldi. Bu qo‘shimchalar ([-y], [-aylik], [-di]) ning har birida tasdiq-inkor, shakl, zamon va shaxs-son ma’nolari birgalikda umumiy shaklga ega.
2) kesimlik qo‘shimchasi tarkibida tasdiq-inkor alohida qo‘shimcha bilan, modallik, mayl, zamon, shaxs-son qorishiq ravishda bitta qo‘shimcha bilan beriladi: kel - ma - di, kel - ma – y;
3) kesimlik qo‘shimchasi tarkibida tasdiq-inkor, modallik, zamon ma’nolari qorishiq holatda bir qo‘shimcha bilan, shaxs-son ma’nosi boshqa qo‘shimcha bilan beriladi: bor - sa - ng, o‘qi - sa - ngiz, ko‘r - di – mi;

4) kesimlik qo‘shimchasi tarkibida tasdiq-inkor alohida, shaxs-son alohida, modallik va zamon ma’nolari qorishiq qo‘shimcha bilan ifodalanadi: ko‘r – ma – di – ngiz;

4) kesimlik qo‘shimchasi tarkibida tasdiq-inkor alohida, shaxs-son alohida, modallik va zamon ma’nolari qorishiq qo‘shimcha bilan ifodalanadi: ko‘r – ma – di – ngiz;

5) kesimlik kategoriyasining har bir ma’nosi alohida-alohida qo‘shimcha bilan ifodalanadi: ko‘r – ma – sa – ydi – ngiz;

6) kesimlik kategoriya ma’nolarini ifodalashda bog‘lama yoki to‘liqsiz fe’l vositalarida yuzaga chiqadi. Masalan: Borgan yigit men bo‘laman (A.Muxt.) Hamon yodimdadir: gul chog‘i erdi.


Yüklə 3,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin