Mavzu: lisoniy sathda gap bo‘laklari. Bosh bo‘lakla


Semantik-funksional shakllangan gap. Semantik-funksional shakllangan gap to‘rtga bo‘linadi



Yüklə 3,78 Mb.
səhifə4/4
tarix19.10.2023
ölçüsü3,78 Mb.
#156914
1   2   3   4
9-MA\'RUZA (7)

Semantik-funksional shakllangan gap. Semantik-funksional shakllangan gap to‘rtga bo‘linadi:

1) modal so‘z-gap (Kelasizmi?- Albatta);

2) undov so‘z- gap (Beh-beh! Oh-oh);

3) tasdiq/inkor so‘z- gap (Ha, yo‘q);


4) taklif-ishora so‘z-gap (Ma ).
Bu so‘z-gapning barchasida kesimlik kategoriyasi ma’nosi (TMZSH) so‘zning lug‘aviy ma’nosida mujassamlashgan bo‘ladi. SHuning uchun bunday
so‘z-gap:
a) hech qachon kesimlik qo‘shimchalarini qabul qila olmaydi;
b) nutqda alohida gap bo‘lib keladi;
v) boshqa gap tarkibiga kirganda, uning biror bo‘lagi bilan semantik aloqaga kirishmaydi va o‘z mustaqilligini saqlab qolaveradi.

Mustaqil va nomustaqil kesimlik shakllari

. O‘zbek tilida kesimlik qo‘shimchalari o‘z voqelanishi uchun boshqa bir gapni talab qilishi ham, talab qilmasligi ham mumkin. Quyidagi gaplarning kesimiga diqqat qiling: 1. Men kecha maktabga bordim. 2. O‘qituvchi kelsa, dars boshlanadi. 3. YOmg‘ir yog‘masa edi, ekin-tikin ishlarini saranjomlab olgan bo‘lur edik.

Birinchi gapning kesimi (bordim) o‘z ma’nosini boshqa gaplarga ehtiyoj sezmasdan voqelantirmoqda. Ikkinchi gapdagi kelsa, uchinchi gapdagi yog‘masa edi, saranjomlab olgan bo‘lur edik kesimlarining ushbu gaplarda voqelangan ma’nolari uchun boshqa gap talab qilinadi

  • Birinchi gapning kesimi (bordim) o‘z ma’nosini boshqa gaplarga ehtiyoj sezmasdan voqelantirmoqda. Ikkinchi gapdagi kelsa, uchinchi gapdagi yog‘masa edi, saranjomlab olgan bo‘lur edik kesimlarining ushbu gaplarda voqelangan ma’nolari uchun boshqa gap talab qilinadi
  • Boshqacha aytganda, kelsa va yog‘masa edi kesimlaridan anglashilgan shart ma’nosi boshlanadi, saranjomlab olgan bo‘lur edik kesimlari yordamida, saranjomlab olgan edik kesimning ma’nosi esa undan oldindagi yog‘masa edi kesimi yordamida yuzaga chiqadi
  • Agar ikkinchi va uchinchi gapning ikkinchi qismi olib tashlansa, oldingi gapdagi kesimdan shart emas, balki istak ma’nosi yuzaga chiqadi: O‘qituvchi kelsa. YOmg‘ir yog‘masa edi. Saranjomlab olgan bo‘lur edik kesimi esa oldingi gapsiz hech qachon, boshqacha bo‘lsa ham, ma’nosini voqelantira olmaydi. Ma’nosini yordamchisiz voqelantiradigan kesimlik shakli mustaqil kesimlik shakli (MKSH) deyiladi

Boshqa gaplarsiz, ya’ni qurshovsiz o‘z ma’nosini voqelantira olmaydigan, voqelantirgan taqdirda esa butunlay boshqa ma’no kelib chiqadigan kesimlik shakli nomustaqil kesimlik shakli (NKSH) deyiladi.

E’tiboringiz uchun rahmat!

Extra graphics


Yüklə 3,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin