Mavzu: lqtisodiy tahlilda balansli bog'lanish, zanjirli bog'lanish usullari. Iqtisodiy tahlil metodi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə12/106
tarix18.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#144963
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   106
Ish vaqti fondi
(IVF) xodimlar soni, bir xodim tomonidan yil uchun ishlab berilgan kunlarning o‘rtacha miqdori, ish kunining o‘rtacha davomiyligiga bog‘liq bo‘ladi. Bu bog‘liqlikni quyidagicha tasvirlash mumkin: IVF = XS*K*D 
Bizning misolimizda 88,588 ming kishi-soat (44,663+43,925) ish vaqti yo‘qotilishi xodimlar soni qisqarishi va yil uchun bir xodim uchun ish kunlari soni kamayishi hisobiga yuzaga kelgan. Ish vaqtining umumiy yo‘qotishi ish kuni davomiyligi uzaytirilishi hisobiga qisman qoplangan. 
Ish vaqti yo‘qotilishini o‘rgangandan so‘ng ish vaqtining unumsiz sarflanishi aniqlanadi. 
Ish vaqtining unumsiz sarflanishi yaroqsiz mahsulotlar tayyorlash, ularni tuzatish oqibatida ish vaqtini yo‘qotish, shuningdek, texnologik jarayondan chetlashish (ish vaqtining qo‘shimcha sarfi) bilan bog‘liq ish vaqti sarfidan yuzaga keladi. Ish vaqtining unumsiz rflanishi yaroqsiz mahsulotdan yo‘qotishlar haqida ma’lumotlarga asosan hisoblanadi.

Mehnat unumdorligi tahlili 
Mehnatdan foydalanish samaradorligining eng muhim ko‘rsatkichi – mehnat unumdorligi bo‘lib, uning darajasi bir xodim uchun ishlab chiqarilgan mahsulot ko‘rsatkichi va vaqt biligida ishlab chiqarilgan mahsulot ko‘rsatkichi bilan ifodalanishi mumkin. Mehnatdan foydalanish samaradorligi quyidagi ko‘rsatkichlarni tavsiflaydi: - mehnat unumdorligining o‘sish sur’ati; 
- mehnat unumdorligi oshishi hisobiga mahsulot o‘sishi ulushi; - bazis yilga nisbatan jonli mehnat tejami (yil hisobida xodimlar); 
- mehnat haqi fondidan nisbiy iqtisod; 
- mehnat unumdorligining o‘sish sur’atining o‘rtacha oylik mehnat haqi o‘sishiga nisbati. 
Mehnat unumdorligi darajasi va dinamikasiga korxona faoliyatining ko‘plab ko‘rsatkichlari, jumladan mehnat ko‘rsatkichlari: mahsulot ishlab chiqarish, xodimlar soni, mehnat haqi fondi, tannarx va boshqalar bog‘liq bo‘ladi.
Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari tahlilining asosiy yo‘nalishi nafaqat reja qanday bajarilganligini aniqlashdan iborat, balki o‘sish dinamikasini aniqlash, rejani bajarmaslik yoki ortig‘i bilan bajarish sabablarini oydinlashtirish: mexanizatsiya vositalaridan foydalanish, asosiy va qo‘shimcha ishlarga qo‘l mehnatini jalb qilish, smena ichida va kunlab ish vaqti yo‘qotilishi mavjudligi, ishlab chiqarish me’yorlari tarkibi va ularning texnikaning zamonaviy darajasiga muvofiqligini aniqlash ham uning vazifasiga kiradi. Tahlilda korxona, sexlar, uchastkalar va alohida ish joylarida mavjud mehnat unumdorligini oshirish zaxiralarini aniqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni qayd qilish zarur. 
Korxonalarda mehnat unumdorligini hisobga olish va tahlil qilish uchun bir xodimning o‘rtacha ishlab chiqarish ko‘rsatkichidan foyda-laniladi. Bunda ishlab chiqarishni aniqlashning uchta usuli farqlanadi: qiymat, natural va mehnat. Bir xodim uchun o‘zgarmas narxlarda mah-
sulot ishlab chiqarish ko‘rsatkichi mufassal ko‘rsatkich hisoblanadi. Mehnat numdorligining mazkur ko‘rsatkichi kamchiliklardan xoli emas – xomashyo va materiallar narxi darajasiga bog‘liqligi, mahsulotlar assortimenti, narxlar asoslanganligi va boshqalar. Narxlar 
o‘zgarmasligiga rioya qilish mehnat unumdorligi darajasini o‘lchash to‘g‘riligini ta’minlaydi, chunki aksincha holatda ko‘rsatkichlar qiymat omili ta’sirida buzib ko‘rsatiladi. Assortimentga kelsak, yo‘l qo‘yilgan o‘zgarishlar mehnat unumdorligi darajasida aks ettiriladi, hunki mahsulotlarning har bir turi buyumlashgan, mehnatdan tashqari ushbu ishlab chiqarishga o‘tkazilgan va yana ushbu ishlab chiqarishda sarflangan jonli mehnatni o‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqarishning natural o‘lchovlari kon sanoati va bir turdagi 
mahsulot ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarishdarda qo‘llanildi. Bir 
turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishda ishlab chiqarishning bir necha 
markasi yoki navi shartli-natural birliklarda o‘lchanishi mumkin. 
Domna sexlarda mahsulot shartli ravishda qayta ishlangan chugun 
hisobidagi og‘irlikka, marten sexlarida – oddiy uglerodli po‘latga, 
sement zavodlarida – shartli portlandtsementga keltiriladi va hokazo. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin