Bozor sharoitida asosiy vositalar amartizatsiyasi tahlili
Ma’lumki, asosiy vositalar o‘z vazifalarini bajarish bilan bir qvaqtda eskirib boradi. Asosiy vositalarning eskirishi ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi:
– jismoniy eskirish;
– ma’naviy eskirish.
Budjet tizimidagi iqtisodiy islohotlar asosiy vositalar amortizatsiyasiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Chunki budjet tashkilotlari to‘la davlat to-monidan moliyalashtirilgan davrda asosiy vositalarning eskirishi asosan jismo-niy eskirish hisobiga amalga oshirilib, amortizatsiya ajratmalari ularning xiz-mat ko‘rsatish muddatiga asoslangan. Tizimda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, o‘zini-o‘zi moliyalashtirish va pullik xizmatlarning rivojlanishi, aholining zamonaviy xizmatlarga bo‘lgan talabi ortishi, o‘z navbatida, hozirgi sharoitda tizimda asosiy vositalarning jismoniy eskirishdan ko‘ra ma’naviy eskirishi tezlashishiga sabab bo‘lmoqda. Shu sababli ham tizimda asosiy vositalarning batamom eskirib qolishining oldini olish maqsadida ularga tezlashtirilgan amortizatsiya ajratilishi dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bud-jet tashkilotdarida tezlashtirilgan amortizatsiya siyosatini amalga oshirishning asosiy manbayi esa budjetdan tashqari mablag‘lar hisoblanadi.Budjet muassasalarining amortizatsiya siyosati bevosita davlat amor-tizatsiya siyosati asosida belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Soliq qo‘mitasining 1997-yil 27-fevraldagi me’yoriy xatiga hamda 2001-yil 9-yanvardagi Moliya vazirligining yo‘riqnomasiga muvo-fiq asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashni soddalashtirish maqsadida quyidagi beshta guruh asosiy vositalarga me’yorlar belgilangan:
Binolar, inshootlar va qurilmalar uchun – 5%.
Yengil avtomobillar, taksilar, yo‘l harakatida foydalaniladigan avtotraktorlar, maxsus buyumlar, inventarlar, kompyuterlar, ma’lumotlarni qayta ishlovchi uskunalar uchun – 20%.
Yuk avtomobillari, avtobuslar, maxsus avtomobillar va avtopritseplar, mashina, asbob-uskunalar va mebellar uchun -15%.
Yuqoridagi guruhlarga kiritilmagan boshqa asosiy vositalar uchun – 10%.
Temir yo‘l, dengiz, daryo va havo transport vositalari, issiqlik, gaz va suv o‘zatuvchi truba provodlar, dizel generatorlari, elektr va aloqa uzatish uskunalari uchun – 8%.
Ushbu me’yoriy xatda firma va kompaniyalar uchun amortizatsiya hisoblashning o‘zgartirilgan normalarini qo‘llash imkoniyati berilgan, ya’ni sekinlashtirilgan yoki tezlashtirilgan (ikki koeffitsiyentga qadar) usullardan foydalanishlari mumkin.Tezlashtirilgan amortizatsiya hisoblash tartibi qo‘llanilsa, me’yoridan ortiqcha hisoblangan amortizatsiya summasi soliqqa tortiladigan foydaga qo‘shilib, o‘rnatilgan tartibda soliq to‘lashlari lozim.Jahon tajribasida asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning turli tuman muhim uslublari mavjud, bunday muhim uslublariga quyidagilar kiritiladi:
– teng ulushlarda, amortizatsiya me’yorlaridan kelib chiqqan holda eskirish hisoblash;
– qoldiq usulda eskirish hisoblash;
– ishlab chiqarish hajmiga muvofiq eskirish hisoblash;
– kumulyativ usulda eskirish hisoblash va hokazo.
Hozirda O‘zbekiston Respublikasi milliy hisob tizimida amortizatsiya hisoblashning asosan ikkita usulidan foydalanilmoqda;
– teng ulushlarda amortizatsiyalashning qat’iy me’yorlarda eskirish hisoblash;
– tezlashtirilgan, amortizatsiyalashning qat’iy me’yorlarini ikki marta oshirilgan holatida eskirish hisoblash usuli.
Amortizatsiyaning u yoki bu usulining qo‘llanishi albatta asosiy vositalarning texnik holatiga ta’sir etadi. Jumladan, tezlashtirilgan usulda amortizatsiya me’yorlariga o‘tish asosiy fondlari yangi asosiy fondlar bilan almashtirishning moliyaviy ta’minoti va ularning ma’naviy eskirishdan saqlanish imkonini beribgina qolmay, balki mahsulot ishlab chiqarish hajmini ishlab chiqarish samaradorligini o‘stirish imkonini ham beradi.
Dostları ilə paylaş: |