Asosiy vositalar texnik holatining tahlili
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida muassasa ishini to‘g‘ri tashkil etish va raqobatbardosh xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan muammolardan asosiysi bu asosiy vositalarning texnik holatiga to‘g‘ri baho berish hisoblanadi. Sababi yil davomida zamonaviy asosiy vositalar kirimi tufayli asosiy vositalar tarkibida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bu esa bir tomondan asosiy vositalarning ortishiga, ikkinchi tomondan ularning ma’naviy yoki jismoniy eskirishi hisobiga kamayishiga olib kelishi mumkin. Bunday holatlarni ijobiy hal etish uchun asosiy vositalarning texnik holatini tahlil qilib borish zaruriyati tug‘iladi.
Asosiy vositalarning texnik holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar quyidagilar hisoblanadi:
– asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi;
– asosiy vositalarning eskirish darajasi;
– asosiy vositalarning yangilanish darajasi.
Mavzu: Fond qaytimi va fond sig'imining tahlili.
Asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi foiz ko‘rinishida quyidagi tartibda aniqlanadi:
Bu yerda: Ayaq – asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi;
Aqq – asosiy vositalarning qoldiq qiymati;
Abq – asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati;
Asosiy vositalarning eskirish darajasi foiz ko‘rinishida quyidagi tar-tibda aniqlanadi:
Bu yerda: Aed – asosiy vositalarning eskirish darajasi;
Aeq – asosiy vositalarning eskirish qiymati.
Asosiy vositalarning yaroqlilik va eskirish koeffitsiyentlari yig‘indisi koeffitsiyentda 1,0 ga, foizda 100 ga teng bo‘ladi.
Asosiy vositalarning yaroqlilik ko‘rsatkichlariga qarab ularning texnik holatiga baho beriladi va ularni tartiblash bo‘yicha boshqaruv qarorlari qabul qilinadi.
Asosiy vositalarning holatini o‘rganishda korxona amortizatsiya siyosati-ga, asosiy vositalarning ma’naviy eskirganlik darajasiga, foydalanishdan olib qo‘yilgan va konservatsiya qilingan asosiy vositalar holatiga muhim e’tibor qaratiladi.
Asosiy vostalarning holat ko‘rsatkichlari har bir turi va jami bo‘yicha o‘rganiladi. Tahlil uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar 1-shakl “Buxgalteriya balansi” va 3-shakl “Asosiy vositalarning harakati to‘g‘risida”gi hisobot shakllaridan olinadi.
Dostları ilə paylaş: |