Mavzu: lqtisodiy tahlilda balansli bog'lanish, zanjirli bog'lanish usullari. Iqtisodiy tahlil metodi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə81/106
tarix18.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#144963
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   106
Talab deb, - bu eng avvalo biron-bir ne’matlar yoki xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlarni bozorda namoyon bo’lishi va uni pul bilan ta’minlashidir.

Taklif esa, - bu muayyan paytda bozorda bo’lgan yoki unga yetkazib berilishi mumkin bo’lgan tovarlar massasi sifatida belgilanadi.
"Ekonomiks" mualliflari K.R.Makkonell va S.L.Bryularning ta’kidlashicha, iste’mol tanlovi bozor iqtisodiga asoslangan erkin iqtisodiy taraqqiyotning keng quloch yozganidir. Chunki iste’molchilar o’z pul daromadlari miqyosida tovarlar va tovarlashgan xizmatlarni istagan tarzda sotib olishlari va shular bilan o’z iste’mollarini ixtiYoriy qondirish imkoniga ega bo’lishlari mumkin. Iqtisodiyotda nima ishlab chiqarish kerakligini iste’molchi belgilaydi. Bunday xususiyat bozorda talabga hal qiluvchi kuch beradi.
Talab, avvalo, resurslarga va iste’mol tovarlari, tovarlashgan xizmatlarga bo’lgan talab sifatida yuzaga keladiki, birinchisi ishlab chiqarish iste’molini, ikkinchisi esa shaxsiy iste’molni, qondirishga qaratilgandir.
Shunday ekan har bir korxona bozordagi talab va taklifni o’rgangan holda unga to’g’ri baho berishlari kerak. Buning uchun bozorlarda tekshiruv ishlarini yoki bo’lmasam ayrim tanlangan mahsulotlar orasida anketa javoblarini tarqatish orqali iste’molchi talabini o’rganish lozimdir.

Mavzu: Tovarning bozordagi holatini baholash hamda talab elastikligi.
Yuqori narx, mavjud firmalarni ishlab chiqarishni kengaytirishga da’vat etadi, bozorga yangi firmalarni o’z mahsuloti bilan kirib kelishini ta’minlaydi, ular ishlab chiqargan Yuqori xarajatli rentabel bo’lmagan mahsulotlari Yuqori narxda rentabel bo’ladi. Bunday holda, firmalarda ishlab chiqarishning kengayishi qisqa vaqt oralig’ida intensiv bo’lsa, uzoq muddatda esa ekstensiv amalga oshiriladi.
Talab chizig’i (Demand) iste’molchilarning berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotib olish mumkinligini bildiradi. Talab chizig’ining pastga ketishi, iste’molchilarning narx qancha past bo’lsa, ular shuncha ko’p mahsulot sotib olishini anglatadi. Past narxlar, xaridorlarga yanada ko’proq miqdorda tovarlar sotib olishiga hamda ilgari sotib olaolmayotgan iste’molchilarga esa hozir u tovarni sotib olishga imkon yaratadi.
Bu ikki egri chiziq talab va taklifning muvozanat nuqtasida kesishadi. Muvozanat bozor tizimining shunday holatini bildiradiki, bu holatda talab va taklif bir-biriga teng bo’ladi. Muvozanat nuqta muvozanat narxni va muvozanat mahsulot miqdorini bildiradi. Faraz qilaylik, narx muvozanat narxdan yuqori bo’lsin ya’ni (2.1-rasm). Bu holda ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar sotib olishi mumkin bo’lgan miqdordan ko’proq mahsulot ishlab chiqarishga harakat qiladi. Natijada ortiqcha mahsulot to’plana boshlaydi, mahsulot to’planishini kamaytirish yoki ularni sotish uchun ishlab chiqaruvchilar narxini kamaytirishi lozim bo’ladi. Bu holda narx pasayadi, mahsulotga talab esa o’sadi, bu o’z navbatida taklif qilinadigan mahsulotning miqdorini kamayishiga olib keladi, bunday holning takroran davom etishi toki muvozanat narx o’rnatilguncha davom etadi.
Bu erda biz har bir narxga ma’lum miqdorda mahsulot to’g’ri keladi va sotiladi hamda u yagona deb faraz qilamiz. Bu faraz, bozor erkin raqobatlashgan bo’lgandagina ma’noga ega bo’ladi, qachonki bunday bozorda sotuvchi va xaridor bozor narxiga ta’sir qila olmaydi. Agar taklif yagona ishlab chiqaruvchi (monopolist) tomonidan belgilansa, narx bilan, taklif qilinadigan mahsulot miqdori o’rtasidagi moslik bir qiymatli bo’la olmaydi. Nima uchun deganda, monopolist talabning o’zgarishiga qarab, narxni o’z foydasiga moslashtirib o’zgartirishi mumkin. Shu sababli biz talab va taklif chizig’ini chizganimizda, oshkora bo’lmasada, bozor erkin raqobatlashgan deb faraz qilamiz.
Talab va taklifning o’zgarishi
Talab va taklif chiziqlari, raqobatlashgan ishlab chiqaruvchilarga berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotishi mumkinligini va iste’molchilarga esa berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotib olishini ko’rsatib beradi. Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, talab bilan taklif narxdan tashqari boshqa sharoitlarga ham bog’liqdir. Masalan, ishlab chiqaruvchining qancha miqdorda mahsulot sotishi uning narxidan tashqari ishlab chiqarish xarajatlariga (ish haqi, xom ashyo narxi) ham bog’liqdir. Tovarga bo’lgan talab esa iste’molchining byudjetiga (daromadiga) va boshqa omillarga bog’liqdir. Shu sababli biz talab va taklif egri chiziqlarining, ish haqi stavkasi, kapital xarajatlar va daromadlar o’zgarganda qanday o’zgarishini qarab chiqamiz.
Taklif chizig’i dan boshlaymiz. 3-rasmdan ko’rinib turibdiki, narx bo’lganda, ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot miqdori ga teng. Endi faraz qilaylik, xom ashyo narxi kamaydi, demak, bir birlik mahsulot xarajati kamayadi. Bu taklifga qanday ta’sir qilishi mumkin?
Xom ashyo narxining kamayishi, mahsulotga bo’lgan xarajatning kamayishiga olib keladi, xarajatning kamayishi esa, ishlab chiqarish samarasini oshiradi va ko’proq foyda olishga olib keladi. Bu o’z navbatida ishlab chiqarishni rivojlantirishni rag’batlantiradi va ilgari rentabel bo’lmagan firmalar uchun bozorga o’z tovarlari bilan kirib kelishga imkoniyat yaratadi. Demak, agar bozorda tovar narxi o’zgarmasa, ya’ni saqlanib qolsa, ilgaridagiga nisbatan, bozordagi mahsulot taklifi oshadi, natijada taklif egri chizig’i unga siljiydi. narxga birlik emas mahsulot miqdori to’g’ri keladi. Mahsulot ishlab chiqarishning oshishi, bu erda narxga bog’liq emas, shu sababli taklif egri chizig’i butunlay o’ngga, ga siljiydi (3-rasm). Taklif egri chizig’ining bunday o’zgarishiga, ya’ni narxga bog’liq bo’lmagan holdagi o’zgarishiga taklif o’zgarishi deyiladi. O’zgarmas taklif egri chizig’idagi biror nuqtadan pastga yoki yuqoriga qarab harakat qilishga taklif miqdorining o’zgarishi deyiladi.
Xom ashyo narxi pasayishining taklif egri chizig’iga boshqacha ta’sirini, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori o’zgarmaganda kuzatish mumkin. Haqiqatdan ham, o’zgarmaganda, uni ishlab ishlab chiqarish uchun ketgan xarajat kamayadi (xom ashyo narxi pasaygani uchun), demak, tovar narxi ham kamayadi, ya’ni uning narxi dan ga o’zgaradi. Bu o’zgarish ishlab chiqarilgan tovar miqdoriga bog’liq emas. Natijada, taklif egri chizig’i o’ngga siljiydi. Umuman olganda, xom ashyo narxi o’zgarishining taklif chizig’iga ta’sirini o’rganishda, Yuqorida keltirilgan ikki hol ham xususiy hollardan bo’lib, eng chetki holatlarni anglatadi. Haqiqatda esa, xom ashyo xarajatlari kamayganda narx ham, tovar miqdori ham o’zgarishi mumkin. Bu o’zgarishlar yangi taklif egri chizig’ining talab chizig’i bilan muvozanatga kelishi bilan bog’liqdir
Ko’pgina bozorlarda bir vaqtning o’zida ham talab, ham taklif egri chiziqlari o’zgarib turadi. Iqtisodiy o’sish yuqori bo’lganda iste’molchilar daromadi yuqori bo’ladi, aks holda daromadlar ham kamayadi. Ba’zi bir tovarlarga bo’lgan talab ham vaqt bo’yicha o’zgaradi, masalan, mavsumlar bo’yicha tovarlarga talab; bir-birini o’rnini bosadigan tovarlardan birining narxini o’zgarishi; did va modaning o’zgarishiga qarab talabning o’zgarishi. Xuddi shunday, vaqt bo’yicha ish haqi, xom ashyo narxi, kapital mablag’ qo’yishlar ham o’zgaradi, natijada bu o’zgarishlar taklifga jiddiy ta’sir qiladi.

Zamonaviy iqtisodiy nazariyaning aniqroq bo’lishi, u o’rganadigan iqtisodiy jarayonlarning miqdoriy munosabatlarini o’rganish uchun matematik instrumentdan kengroq foydalanishni taqozo qiladi. Hozirgi vaqtda iqtisodchilar iqtisodiy jarayonlarni o’rganishda model tushunchasidan keng foydalanmoqdalar.
Model deganda, iqtisodiy jarayonning sxemasi, loyihasi, matematik formulalar bilan ifodalanishi tushuniladi. Bu erda kengroq ishlatiladigan modellardan biri iqtisodiy-matematik modellardir. Iqtisodiy matematik modellar, iqtisodiy jarayonlarning miqdoriy munosabatlarini funksiya, tenglama, tengsizliklar orqali ifodalaydi.
Funksiya - bu matematik tushuncha bo’lib, bog’liq o’zgaruvchi bilan erkin o’zgaruvchilar o’rtasidagi miqdoriy bog’liqlikni ifodalaydi.



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin