Mavzu: lqtisodiy tahlilda balansli bog'lanish, zanjirli bog'lanish usullari. Iqtisodiy tahlil metodi


Mavzu: Xo'jalik yurituvchi sub'yektlar mahsuloti hamda xizmatiga bo'lgan talab va taklifning o'rganishning ahamiyati



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə79/106
tarix18.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#144963
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   106
Mavzu: Xo'jalik yurituvchi sub'yektlar mahsuloti hamda xizmatiga bo'lgan talab va taklifning o'rganishning ahamiyati.
Korxona mahsuloti va xizmatiga bo’lgan talab va taklifni o’rganishning ahamiyati va tahlilning vazifalari
Mustaqillik davrida o’tayotgan har bir kun jamiyatimizning mazmun jihatidan yangilanayotganligidan dalolat berib kelmoqda. Iqtisodiy erkinlashtirish sharoitida yangi iqtisodiy kategoriyalar, tushunchalar hayotimizga shu darajada tezlik bilan kirib kelmoqdaki, ularni idrok qilish, nazariy va amaliy jihatdan tadqiq qilish, metodologik muammolarini hal qilishga ulgurish qiyin bo’lmoqda. Bunday yangi iqtisodiy tushunchalardan biri – korxonaning marketing faoliyati tushunchasidir.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan har bir korxona, firma va tashkilotlar bozorni o’rgangan holda "qanday mahsulot ishlab chiqarish kerak, kim uchun ishlab chiqarish kerak va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarur" tamoyiliga amal qilgan holda ish yuritishligi lozim. Buning uchun ular bozorni chuqur o’rganishlari, marketing sohasida yuqori malakali mutaxassislarga ega bo’lishlari talab qilinadi. Bozor to’g’risida qanchalik ko’p ma’lumotga ega bo’lishlik, raqobatchilar, iste’molchilarning xarid qobiliyati, o’xshash tovarlar hajmining o’zgarib turishi hamda shu kabi boshqa muammolarni batafsil axborotlar to’plash va ularni atroflicha tahlil etib turish muvaffaqqiyatlar garovi, foyda ko’rib ishlashning muhim shartlaridan sanaladi.
Bozor talabini tahlil etishda bozorning alohida olingan tovarlar bilan to’yinganlik darajasi, uning yaqin va uzoq oraliqda o’zgaruvchanlik ehtimollari, tovarlar narxining o’zgaruvchanligi, eng yuqori foydaliligi, muvozanatlashgan ko’rsatkichlar va ularning o’zgarishlariga baho beriladi.
Bozor sharoitida iste’mol tabiiy holda amalga oshmay, ayriboshlash va uning pul-tovar muomalasi tufayli ro’yobga chiqadi. Buning uchun oldi-sotdi, xaridor-sotuvchi pog’onalaridan o’tib, bir qator shakllarni boshdan kechirmoYoi zarur, ya’ni, ehtiyoj-talab- iste’mol. Demak, bozorni talab va taklif qonuniyatlari asosida tartibga solinadi.

Talab deb, - bu eng avvalo biron-bir ne’matlar yoki xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlarni bozorda namoyon bo’lishi va uni pul bilan ta’minlashidir.

Taklif esa, - bu muayyan paytda bozorda bo’lgan yoki unga yetkazib berilishi mumkin bo’lgan tovarlar massasi sifatida belgilanadi.
"Ekonomiks" mualliflari K.R.Makkonell va S.L.Bryularning ta’kidlashicha, iste’mol tanlovi bozor iqtisodiga asoslangan erkin iqtisodiy taraqqiyotning keng quloch yozganidir. Chunki iste’molchilar o’z pul daromadlari miqyosida tovarlar va tovarlashgan xizmatlarni istagan tarzda sotib olishlari va shular bilan o’z iste’mollarini ixtiYoriy qondirish imkoniga ega bo’lishlari mumkin. Iqtisodiyotda nima ishlab chiqarish kerakligini iste’molchi belgilaydi. Bunday xususiyat bozorda talabga hal qiluvchi kuch beradi.
Talab, avvalo, resurslarga va iste’mol tovarlari, tovarlashgan xizmatlarga bo’lgan talab sifatida yuzaga keladiki, birinchisi ishlab chiqarish iste’molini, ikkinchisi esa shaxsiy iste’molni, qondirishga qaratilgandir.
Shunday ekan har bir korxona bozordagi talab va taklifni o’rgangan holda unga to’g’ri baho berishlari kerak. Buning uchun bozorlarda tekshiruv ishlarini yoki bo’lmasam ayrim tanlangan mahsulotlar orasida anketa javoblarini tarqatish orqali iste’molchi talabini o’rganish lozimdir.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin