MARKETING FAOLIYATINI TAHLIL QILISH USULLARINI QO’LLASHNING NAZARIY ASOSLARI
Annotatsiya: Mazkur maqolada har qanday turdagi korxonaning marketing faoliyatini tahlil qilish usullarini qo’llash to’g’risida nazariy fikrlar keltirilgan. Marketing faoliyatini tahlil qilish asosida har bir marketing tahlil obyektlari to’g’risida axborot olish, ularni qayta ishlash hamda kelajakdagi strategik va taktik rejalarni aniqlab olishda keng foydalanish mumkin bo’ladi.
Kalit so’zlar: marketing, tahlil usuli, marketing tahlili, marketing tadqiqotlari, sanoat korxonalari.
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli modernizatsiyalash jarayonlarida barcha ichki bozorning hozirgi holatining yuqori dinamikasi, sharoitlarning o’zgaruvchanligi bilan ajralib turadi va korxonalardan muvaffaqiyatli boshqarish, qolaversa, korxona potensiallarini ro’yobga chiqarishga imkon beradigan boshqaruv tushunchalarini qo’llashni talab qiladi. Ushbu boshqaruv tushunchasi marketingni o’z ichiga oladi, bu korxona boshqaruviga kompleks ravishda yondoshishni ta’minlaydi. Ammo dunyo amaliyoti shuni ko’rsatadiki, korxonalarda marketing faoliyati bog’liq jiddiy muammolar mavjud, bu birinchi navbatda marketing sohasida korxonalarni boshqarish bo’yicha tayyorgarlik darajasi bilan bog’liq.
Shu bilan birga, boshqaruvning marketingni boshqarish sifatini oshirishga qaratilgan mazmunli istagi mavjud. Boshqaruvning eng muhim elementlaridan biri marketing faoliyatini tahlil qilish hisoblanadi. Ammo tahlilning eng “eng qiyin” joyi bu marketing faoliyatini tahlil qilish usullarini to’g’ri tanlash bo’lib, ularsiz marketing strategiyalari va taktikasini raqobat muhitiga qanchalik mos kelishini baholash ancha qiyinchiliklar tug’diradi. Shuning uchun marketing faoliyatini tahlil qilish usullarining xilma-xilligiga qaramay marketing faoliyatini tahlil qilish yo’nalishi va usulini tanlash, ayniqsa, korxonalarga nisbatan muammolar mavjud. Ushbu muammoni hal qilishning mumkin bo’lgan usullaridan biri bu korxonaning marketing faoliyatini tahlil qilish usullarini to’g’ri tanlash va baholash metodologiyasini ishlab chiqishdir.
Mavzuga oida adabiyotlarning tahlili
Korxonada marketing faoliyatini boshqarishning to’rtta asosiy elementini o’z ichiga oladi: tahlil, rejalashtirish, motivatsiyalash va boshqarish kabilardir. Marketing faoliyatini boshqarishning asosiy elementi sifatida tahlilga alohida e’tibor berishdan oldin marketing faoliyatining o’zi haqida ham tushunchaga ega bo’lishimiz kerak.
Marketing faoliyati[1] - talabni shakllantirish va takror ishlab chiqarish hamda kompaniya foydasini ta’minlash maqsadida marketing funksiyalarini amalga oshirish bilan bog’liq faoliyatdir.
Marketing faoliyatini tahlil qilish[2] - iqtisodiy, statistik va boshqa tadqiqot usullaridan foydalangan holda tovar bozori va korxona faoliyatini baholash, tushuntirish, modellashtirish va prognozlash hisoblanadi.
Marketing faoliyatini tahlil qilish sifatli tahlil usullariga bog’liq. Tahlil usuli - bu maxsus jarayonlar va tahlil usullariga asoslangan biznes jarayonlarini va korxonalar natijalarini o’rganish usulidir. Marketing faoliyatini tahlil qilish usuli - bu tovar bozori jarayonlari va hodisalarini, ularni takomillashtirish maqsadida korxonaning natijalarini o’zgartirishga turli omillarning ta’sirini o’rganish, o’lchash va umumlashtirish usuli hisoblanadi.
Tadqiqot metodoligiyasi
To’g’ri tahlil usulini tanlash juda muhim va jiddiy vazifadir, uning asosida korxonaning marketing faoliyatini boshqarish bo’yicha barcha keyingi strategik qarorlar qabul qilinadi. Turli manbalarni ko’rib chiqishda, qoida tariqasida, marketing faoliyatini tahlil qilishning bir nechta yo’nalishlari ajratish mumkin, ammo ko’rib chiqilgan nazariy tadqiqotlarda marketing faoliyatini tahlil qilish yo’nalishlari va usullari o’rtasida aniq muvofiqlik mavjud emas. U bozorni va uni bashorat qilishni, bozor ishtirokchilari tarkibi, iste’molchilar va ularning talablarining tuzilishi, mahsulotlar va ularning assortimenti, mahsulot narxi, raqobatchilar va tashqi muhit, sotishni rag’batlantirish va reklama, ichki muhit va uning imkoniyatlari, mahsulotni taqsimlash va tarqatish kanallari kabi asosiy tadqiqot yo’nalishlarini aniqlashga imkon yaratadi.
Tahlil va natijalar
Marketing faoliyatini tahlil qilishda albatta tahlil obyekti marketing miks elementlariga qaratilgan bo’ladi. Tanlangan tahlil yo’nalishlari uchun tegishli tahlil usullari tanlash muhim mezon hisoblanadi. Quyidagi jadval orqali an’anaviy marketing elementlari bo’lgan 4P konsepsiyasi va marketingning umumiy jihatlariga muvofiq tahlil yo’nalishlarini keltirganmiz.
Korxonaning savdo bo’limi uchun korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi asosiy omil sifatida iste’molchilarni o’rganish zarurligiga qaramasdan, an’anaviy marketing konsepsiyasini esdan chiqarmaslik kerak, chunki korxonaning resurs potensiyali yangi bozor segmentini shakllantirish, rivojlantirish yoki yangi mahsulotlarni korxona assortimenti tarkibiga kiritish imkoniyatiga mos kelmasligi mumkin. Korxonani boshqaruvi oldidagi navbatdagi muhim vazifa yuqoridagi tahlil usullaridadan ma’lum bir kerakli usulni tanlab olish hisoblanadi.
Xulosa va takliflar
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, har bir korxona o’z faoliyatini doimiy holda tahlil qilib borishi zarur. Zero, tahlil natijasida korxonaning og’riqli nuqtalari, faoliyati salbiy bo’limlar, kamchiligi mavjud jarayonlarni aniqlab olishi va bu kamchiliklarni tuzatish uchun kerakli va muhim vazigalarni belgilashi hamda amalga oshirishi mumkin. Sanoat korxonalari savdo bo’limlari faoliyatini tahlil qilishga yordam beradigan usullarni o’rganish va ulardan amaliyotda foydalanish marketologlar ishini yengillashtirishi, qolaversa, korxonaning barqarorligini ta’minlovchi muhim mezon sifatida qaralishi mumkin.