Xususiy kapital rentabelligi. Bu rentabellik turi har bir so’mlik xususiy kapitalimiz hisobiga to’g’ri kelgan sof foyda qiymati o’rganiladi. Buning uchun,
Sof foyda
Xususiy kapitalning yillik o’rtacha qiymati ko’rinishida hisob - kitob ishlarini bajarishimiz kerak.
Xususiy kapitalning o’rtacha yillik qiymatini topish uchun yil boshidagi va yil oxiridagi summalarini yig’indisini ikkiga bo’lib aniqlaymiz.
Jami aktivlarning o’rtacha qiymati kabi hisoblashish ishlarini bajarishimiz lozim.
Bu yerda aktivlarning o’rtacha qiymati jami mablag’larning yil boshiga va yil oxiriga bo’lgan qiymatini yig’indisini ikkiga bo’lgan holda topamiz. Bu yerda rezervlar uchun ajratma, kredit uchun soliqlar va foyda solig’ining korrektirovkasi sof foyda hisobidan bo’lganligi uchun bu qiymatlarning yig’indisi hisobot yilining yakuniy moliyaviy natijasi sifatida keladi.
Leverdj. Bu xususiy kapitalning o’sgan qismini ko’rsatib, u quyidagicha aniqlanadi, ya’ni xususiy kapital rentabelligi koeffitsiyenti bilan jami investitsiyalar orasidagi farq koeffitsiyenti olinadi. Kelib chiqqan natija qanchalik yuqori bo’lsa korxonaning xususiy kapitalini shunchalik o’sganligini beradi.
Bir aksiya uchun daromadni hisobot yilida olingan foydani chiqarilgan aksiyalar soniga bo’lish bilan aniqlanadi.
Qarz va xususiy kapital o’rtasidagi nisbat koeffitsiyenti. Bunda uzoq va qisqa muddatli qarz mablag’larini o’z mablag’lari manbaiga bo’lib topamiz. Bunday nisbatlar har bir davr uchun aniqlanadi.
Agarda hisobot yili boshidagi aniqlangan koeffitsiyent yil oxiriga nisbatan katta bo’lsa A1>A2 u holda korxonaning to’lov qobiliyati oshgan bo’ladi. Aks holda esa korxonaning to’lov qobiliyati pasaygan bo’ladi.