Mavzu: lqtisodiy tahlilda balansli bog'lanish, zanjirli bog'lanish usullari. Iqtisodiy tahlil metodi


Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot ko’rsatkichlari va ularning mazmuni



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə71/106
tarix18.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#144963
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   106

Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot ko’rsatkichlari va ularning mazmuni


Хo’jalikning xususiy kapitallari uning moliyaviy salohiyatining asosiy qismi bo’lib, u ustav, qo’shilgan va rezerv kapitallarini va taqsimlanmagan foydani o’z ichiga oladi.
№21 BHMAga muvofiq grantlar, subsidiyalar va qaytarib berilmaydigan yordamlar ham korxonaning xususiy kapitaliga taalluqli bo’lib, moliya-xo’jalik faoliyatini moliyalashtirish manbai hisoblanadi.
Bozor munosabatlari xususiy mablag’lar harakati, ya’ni manbalar bo’yicha o’sish, ularning yil boshiga va yil oxiriga qoldig’ining har bir turi bo’yicha ishonarli, to’la iqtisodiy axborotni tezkorlik bilan olish hamda foydalanishni talab etadi.
Хususiy kapital ko’rsatkichlari korxona faoliyati bilan bevosita qiziqtiruvchilar tomonidan tartibga solinib nazorat qilinsa, o’z mablag’lar manbaining qolgan tarkibiy qismlarida tashqi su’yektlarning (bilvosita qiziquvchilarning) ishtiroki nazarda tutiladi.
Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotning asosiy ko’rsatkichlaridan biri ustav kapital hisoblanadi va uning qiymati korxonaning ustavida belgilanadi.
Ustav kapitali ta’sis hujjatlarida belgilangan hissalarning (pul ifodasidagi) yig’indisidir. Ustav kapitaliga hissa shaklida qo’shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijrochi organining qaroriga ko’ra baholanadi va hisobga olinadi.

Mavzu: Xususiy kapitalning dinamikasining tahlili.
Ustav fondi davlat sektoriga qarashli korxona va tashkilotlar uchun qo’llaniladigan atama bo’lib, unda byudjet tomonidan ajratilgan mulk ko’rsatiladi.
Хususiy kapital tarkibida ustav kapitali bilan tenglashtiriladigan aksionerlik kapitali atamasi ham mavjuddir. Ammo ustav kapitali bilan aksionerlik kapitalining o’xshashlik tomonlari bilan birgalikda quyidagi farqlar ham mavjud
aksionerlik kapitali faqat aksionerlarning mulkdagi hissasini ko’rsatsa, ustav kapitali barcha sarmoyadorlar summasini belgilaydi;
ustav kapitali aksionerlik kapitalidan mazmuni va ko’lami bo’yicha farq qiladi;
aksionerlik kapitali faqat aksiya chiqarish va joylashtirish bilan ham shakllantiriladi;
ustav kapitalini foyda hisobiga o’stirish mumkin bo’lsa, aksionerlik kapitalini qayta oshirish yo’llari bilan ko’paytirish mumkin;
aksionerlik kapitali – aksionerlik jamiyatlari (ochiq turdagi aksionerlik jamiyati, yopiq turdagi aksionerlik jamiyati)ni tashkil etishdagi mablag’lar manbaini shakllantirsa, ustav kapitali-ham xususiy va aralash korxonalarda qo’llaniladi.
Хususiy kapital tarkibida qo’shilgan va zaxira kapitali, shuningdek taqsimlanmagan foyda ham alohida ko’rsatkich sifatida hisobga olinadi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin