Qo’shilgan kapital aksiyalarni nominal qimatidan baland narxlarda dastlabki sotishdan olinadigan emissiya daromadini aks ettiradi.
Zaxira kapitali esa mol-mulkni qayta baholash chog’ida hosil bo’ladigan inflyatsiya zaxiralarini, shuningdek, tekinga olingan mol-mulk qiymatini aks ettiradi.
Тaqsimlanmagan foyda foydaning jamg’arilayotganini ifodalaydi va mulkdorlarning qaroriga binoan ustav kapitaliga qo’shilishi mumkin.
Korxonaning ustav faoliyatini amalga oshirish, jamoada ishlab chiqarishni va ijtimoiy sohani rivojlantirish maqsadida ustav kapitali, zaxira kapitali va qo’shilgan kapital yaratiladi. Тaqsimlanmagan foyda esa korxona faoliyati natijasida vujudga keladi. Ularni tekshirishdan maqsad korxonaning barqaror faoliyat qilishi, raqobatbardoshligi va ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishini ta’minlashdan iborat.
Maqsadli tushum va fondlar, ya’ni «Grantlar, subsidiyalar va qaytarilmaydigan yordamlarni xususiy kapital sifatida aks ettirish uchun quyidagi shart sharoitlar asos bo’ladi:
-ma’lum shartlar bajarilganida qaytarib bermaslik;
-subsidiyalar va grantlarni jalb qilish uchun xarajatlar qilinmaydi, demak, ular daromad hisoblanmaydi (mos kelish tamoyildan kelib chiqib).
Buxgalteriya hisobi fanidan ma’lumki korxona, tashkilot va firmalarni moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlash manbai bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
O’z mablag’lar manbai;
Qarz mablag’lari.
Sobiq ittifoq davrida esa bu mablag’lar manbaiga byudjetdan ajratmalar ham kirgan. Lekin bozor iqtisodiyotiga o’tganimizdan keyin bu mablag’lar manbai bekor qilingan. Chunki bu manbaning yo’q qilinishi Respublikamizdagi boqimandalik tizimini tugatishni ta’minladi.
Endilikda esa yuqorida sanab o’tganlarimiz korxonalarni mablag’lar bilan ta’minlash manbai bo’lib kelmoqda.Korxona, tashkilot yoki firma ochilish davrida o’z mablag’larini belgilab olishi lozim. Bu ish amalga oshirilgach esa mablag’larni qaysi manbaa xisobiga qoplash kerakligini ko’rib o’tiladi. Agarda korxonaning o’z mablag’lari yetarli bo’lsa o’z mablag’lar manbai hisobiga aks holda esa qarz mablag’lari hisobiga qoplaydi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida har bir korxona o’z moliyaviy ehtiyojlarini o’zi mustaqil qondirishi mumkin. Resurslarni ta’minlash manbai bo’lib, uning foydasi, qimmatbaho qog’ozlarini sotishdan kelgan tushum, aksionerlarning pay va boshqa to’lovlari, yuridik va jismoniy shaxslarning pay va boshqa to’lovlari hamda qonundan tashqari bo’lmagan holda kirim qilingan mablag’lar kiradi. Bunday asosda kiritilgan mablag’lar korxona tashkilotlar uchun xususiy kapital deb qaraladi.Xususiy kapital xisobi Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida muhim ahamiyatga ega bo’lib, u korxonaning o’z qudratining darajasini qay darajada ekanligini bildiradi. Bunday taraflarni e’tiborga olgan holda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq 6-sessiyasida qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunda ham xususiy kapital hisobiga katta e’tibor berilgan. Uning 16- moddasiga ko’ra1 moliyaviy hisobotlar tarkibida 5- shakl «Xususiy kapital to’g’risida hisobot» deb nomlanib, bu shakl har yili boshqa hisobotlarga qo’shilgan holda yuqori organlarga topshirilishi lozim.