Mavzu: magmatik togʻ jinslarni reja



Yüklə 24,33 Kb.
səhifə1/4
tarix19.12.2022
ölçüsü24,33 Kb.
#76459
  1   2   3   4
MAGMATIK TOG` JINSLARI MUS ISH


MAVZU: MAGMATIK TOGʻ JINSLARNI
REJA:


1. Magmatik togʻ jinslarni tasniflash tartibi
2. Magmatik togʻ jinslarning strukturali (ichki tuzilishi) va teksturalari (tashqi tuzilishi)
3. Magmatik togʻ jinslarning yotish shakllari
4. Magmatik togʻ jinslarning mineralogik tarkibi

MAGMATIK TOGʻ JINSLARNI TASNIFLASH TARTIBI
Hozirgi vaqtda magmatik togʻ jinslarni geologik va fizik-ximik tekshirishlar natijasida ularning genezisiga (hosil boʻlishiga) tegishli xossalari aniqlandi va dastlabki ajratilgan togʻ jinslar guruhini (Luchiskiy, 1949; Zavariskiy, 1956 va boshqalar) yirik toifadagi turlarga birlashtirishga imkon yaratildi.
Bu turga kiruvchi togʻ jinslar oʻzlarining ximyoviy tarkibining yaqinligi va Yerning har xil geosferasini erishidan hosil boʻlishligini va hosil boʻlayotgan eritmaning soʻngi kristallanish qonunlarini aks ettiradi.
Otqindi (izverjennoʻy) togʻ jinslarini tasniflashda ularning miqdoriy mineralogik tarkibi yaxshi asos boʻlib kelgan.
Miqdoriy - mineralogik tasniflash Yoxansen, Niggli, Kotulskiy, Shend, Zavariskiy, Shtrekayzen va boshqa petrograflarning tekshirishlari natijalariga asoslangan va uning geologik ahamiyati katta rivoj topdi. Ammo vulkanik togʻ jinslarni tasniflashini ishlab chiqishda, ayniqsa ularning shishasimon va kriptokristalliklari uchun, faqat miqdoriy mineralogik omillarini hisobga olish katta qiyinchilikka olib kelmoqda.
Ximyoviy tarkibi asosida tasniflash universal hisoblanadi. Chunki u magmatik togʻ jinslarining kristallanish darajasidan qatʼiy nazar, barcha togʻ jinslar (intruziv va effuziv) uchun ishlatiladi. Undan tashqari ximyoviy tarkibi asosida tasniflash birlamchi magmaning turlarini oʻrganishda qulaylik tugʻdiradi, chunki togʻ jinslarning ximyoviy tarkibi qaysi sharoitda hosil boʻlishidan qatʼiy nazar ularning birlamchi tarkibini tasvirlaydi.
Bizdagi va chet ellardagi geolog olimlarining dalillariga asosan jinslarni ximyoviy tarkibi asosida tasniflashning bir qancha turlarining mavjudligini koʻramiz.
Shunday qilib, mineralogik va ximyoviy tarkibi asosida tasniflashning har biri alohida olganda maʼlum darajada ahamiyati bor, lekin ularning hech biri universal boʻla olmaydi.
Yuqorida koʻrsatilgan qiyinchilikni hisobga olib PK (petrografiya qumitasi) terminologiya komissiyasi tomonidan magmatik togʻ jinslarini tasniflashda amaliy ahamiyatga ega boʻlgan ximik, mineralogik va geologik mezonlarini (kriteriyalarini) hisobga oladigan koʻp pogʻonali xillarini ishlab chiqish yoʻlidan bordilar. Tasniflashda asos boʻlib ximik tarkibining miqdoriy parametrlari (SiO2, Na2O, k2O va boshqalar bilan) birgalikda mineralogik tarkibini ham hisobga olingan.
Magmatik togʻ jinslarni asosiy tasniflash beshta prinsipga asoslanadt.

  • Togʻ jinslarning turi (tip).

  • Turkumi (klass).

  • Guruhi (gruppa).

  • +atori (ryad). 5.

  • Oila (semeystvo).

1. Togʻ jinslarning turlari ularning hosil boʻlish yoʻlini taʼriflaydi, yaʼni bunda ularning genezisi hisobga olinadi - magmatik metamorfik va choʻkindi togʻ jinslarga boʻlinishi.
2. Magmatik togʻ jinslarni ularning fatsial belgilariga koʻra ikkita asosiy turkumga - plutonik va vulkanik togʻ jinslarga boʻlish mumkin.
Fatsial belgilar magmatik togʻ jinslarning qanday chuqurlikda hosil boʻlishliginigina bildirmasdan balki kristallanish tezligini va kristallanish sharoitini aks etdiradi. Shuning uchun fatsial belgilariga koʻra plutonik va vulkanik togʻ jinslardan tashqari murakkab uyushma - vulkano-plutonik va pluton-metamorfik turkumlarga ham ajratiladi (Mixaylov, Bogatikov).
3. Magmatik togʻ jinslar tarkibidagi kremniy oksidining miqdoriga qarab toʻrtta guruhga boʻlinadi:
- oʻta asos jinslar SiO2- 30-44%;
- asos jinslar SiO2 - 44-53%;
- oʻrta tarkibli jinslar SiO2 - 53-64%;
- nordon jinslar SiO2 - 64-78%.
Koʻrsatilgan magmatik togʻ jinslar guruhlarining chegarasi maʼlum darajada shartli, chunki ular orasida bir-biriga asta sekin oʻtish hollari boʻlib turadi (2).
4. Tasniflashda magmatik togʻ jinslardagi ishqorlarning miqdori muhim koʻrsatkichlardan hisoblanadi. Bu koʻrsatkich ishqorlar yigʻindisining (Na2O+K2O) kremniy oksidiga (SiO2) nisbati orqali ifodalanadi. Shu belgilarga asosan togʻ jinslarning har bir guruhida uchta qatori ajratiladi: normal ishqorli, subishqorli (oʻrtaishqorli) va ishqorli qatorlar.
Oʻrta ishqorli togʻ jinslarda normativ ishqorli minerallar paydo boʻladi. Ishqorli togʻ jinslarda esa modal feldshpatoidlar yoki ishqorli rangli minerallar yuzaga keladi.
5. Magmatik togʻ jinslarni kremniyning miqdoriga qarab guruhlarga va ishqorlari yigʻindisiga koʻra qatorlarga boʻlinishi koʻpchilik petrografik qoʻllanmalarida koʻrsatilgani kabi magmatik togʻ jinslar oilasini ajratishga imkon beradi.
Magmatik togʻ jinslar oilasi degan tushuncha ularning mineralogik tarkibining va petroximik parametrining oʻxshashligi asos qilib olingan. Bunda vulkanik va uning plutonik muqobili alohida magmatik togʻ jinslar oilasiga kiritish tavsiya qilinadi (bu masala muhokama qilinmoqda). Magmatik togʻ jinslarni umumlashtirilgan tasniflashni grafik ravishda tasvirlash uchun SiO2 - (Na2O+K2O) diagrammasi qabul qilingan, bunda SiO2, Na2O, K2O orqali togʻ jinslari guruhlarga, qatorlarga belgilanadi va ular miqdoriy parametrlari boʻlib hisoblanadi.



Yüklə 24,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin