Mavzu: Magnezial bog‘lovchi moddalar. Reja: 1 Magnezial bog‘lovchilar. Eruvchan shisha



Yüklə 26,16 Kb.
səhifə3/6
tarix19.10.2023
ölçüsü26,16 Kb.
#157340
1   2   3   4   5   6
Mavzu1.docx2

Ishlatilishi.
Eruvchan shisha kislotaga chidamli qorishma va beton buyumlar tayyorlashda
toshlarni suvdan va emirilishdan saklash uchun buyash maqsadida, betonning
zichligini, utga chidamliligini oshirishda, silikat buyoklar, zamaskalar ishlab
chiqarishda keng ishlatiladi. Bizning respublikamizda eruvchan shishaning
bog‘lovchi modda sifatidagi axamiyati juda ortib borayapti. U asosida pishirmasdan
olingan gisht va sun’iy toʻldirgichlar tayyorlash, sifatsiz shlaklar asosida olingan
qorishma va beton uchun bog‘lovchi modda sifatida ishlatish mumkin.
«Silikat bo‘lak»ni ochik havoda toza xolatda saklash mumkin. Erigan shisha chinni
idishlarda, tunuka bochkalarda saklanadi. Uni yozda issikdan, kishda esa muzlashdan
saklash kerak.
Kislotaga chidamli sement.
Juda mayda kilib tuyilgan kislotaga chidamli toʻldirgichlar (kvars, diabaz, andezit
boshqalar) bilan kotirishini tezlashtiruvchi – kremniftorli natriyni aralashmasidan
tayyorlanadi. Uni kotirish uchun eruvchan shishaning suvdagi eritmasi ishlatiladi.
Kislotaga chidamli sement xamma kislotalarni ta’siriga chidamlidir.
(kremniyftorvodorodli va fosforlidan tashkari). Qotishini boshlanishi 20 daqiqadan
sung, tugashi – 8 soatdan sung.
Siqilishga bo‘lgan mustaxkamlik chegarasi 30...40 Mpa va undan ortiq bo‘ladi.
Kislotaga chidamli sementlardan kislotaga chidamli zamazkalar, qorishma va betonlar
olishda ishlatiladi.
A.V.Voljenskiy, R.V.Ivannikov va boshqalar tavsiya etgan gips sement -
putssolan bog‘lovchi moddalarni qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishda ishlatilishi
mumkin. U atrof-muhitning juda ham namgarchiligiga chidamli bo‘ladi. Tarkibi
asosan 50-70% qurilish gipsdan 15-25% portlandsementdan, 10-25% putssolan
gidravlik qo‘shimchalardan iborat. Bog‘lovchi tarkibidagi putssolan qo‘shimchani
roli shundan iborat: suvli muhitda Sa(ON)2 ning konsentratsiyasini pasaytiradi va
yuqori asosli kalsiy gidroalyuminatlarni mustahkam past asosli gidroalyuminatlarga
o‘tishiga sharoit yaratadi.
Portlandsementdagi kalsiy silikatlar va suv bilan reaksiya kirishib SSN(V)
tipidagi gidrosilikatlar hosil qiladilar va bog‘lovchini suvga chidamliligini oshiradi.
Putssolan qo‘shimcha sifatida trepel, opoka, diatomit, faol vulqon jinslar, gillar,
kullardan foydalanish mumkin.
Bu bog‘lovchidan kam qavatli yashash binolar, vanna xonalar uchun devorlar,
ventilatsiya kanallar uchun bloklar tayyorlash uchun ishlatiladilar.
Bog‘lovchi asosida tayyorlangan beton va buyumlar 20 – 50 S sovuqqa
chidamligi bilan ajraladi.

Yüklə 26,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin