Magnezial bog‘lovchi moddalarning xossalari. Magnezial bog‘lovchi moddalarga kaustik magnezit, kaustik dolomit kiradi.
Kaustik magnezit – tabiiy magnezitdan MgSO4, kaustik dolomit tabiiy
dolomitdan CaSO4∙MgSO4 dan tayyorlanadi.
MgO 47,84% SO2 52,17% dan iborat. Magnezit tabiatda kristall va amorf
holatda uchraydi, juda kam tarqalgan jins.
Dolomit Sa va Mg ning qo‘shaloq karbonatli tuzidan, ya’ni MgSO3, SaSO3 dan
iborat. Dolomitning nazariy tarkibi SaSO3 -54,2% MgSO3 – 45,73% dan iborat va
tabiatda tez-tez uchrab turadi.
Kaustik magnezit va kaustik dolomit ishlab chiqarish jarayonlari asosan xom
ashyoni kuydirish va kuydirilgan mahsulotni tuyishdan iborat. Magnezit
kuydirilganda dekarbonlanadi va MgO ga aylanadi. MgSO3 ning parchalanishi
taxminan 4000S dan boshlanadi, 600-6500S da juda tez boradi. Magnezitning amalda
kuydirilish harorati zavod pechlarida 800-8500S dan yuqori. Magnezitning MgSO2 ga
ajralish reaksiyasi qaytar reaksiyadir va uni to‘g‘ri yo‘nalishda borishi uchun mo‘ri
orqali reaksiya mahsulotlaridan biri SO2 ni yo‘qotiladi, natijada kuydirish harorati
ko‘tariladi. Kuydirish harorati qancha past bo‘lsa, kaustik magnezitni sifati shuncha
baland bo‘ladi. Kaustik magnezit shaxta va aylanma pechlarida kuydiriladi. Aylanma
pechlarning chang tutgich qurilmalarda chang ko‘p o‘tiradi, ularni kalsiylangan
kaustik magnezit deb yuritiladi.
Magnezit kuydirilgandan keyin zo‘ldirli tegirmonlarda tuyiladi, agarda
kuydirilgan mahsulot bo‘laklari bo‘lak bo‘lsa, ularni tuyilishdan oldin maydalanadi.
Kaustik dolomitning kuydirilish harorati 650-7500S dan iborat. Hosil qilingan
mahsulotda Mg bilan bir qatorda SaSO3 qo‘shimchalar hamda oz miqdor ohak
bo‘ladi. Shaxta pechlarda ko‘tarma o‘txonalarda kuydiriladi.
Magnezial bog‘lovchi moddalarni qotish nazariyasi. Kustik magnezit oddiy suvda qotmadi. Uni xlorli magniy (MgCl2 6H2O)
eritmasi bilan qorishtirilganda Mg(OH)2 va hosil bo‘lib, u asta-sekin qota boshlaydi.
Akademik A.A.Baykov nazariyasiga ko‘ra, avval yuqoridagi brikmalardan to‘yingan
eritmaga aylanib undagi mahsulot reaksiya natijasida gel kabi tallanishi hisobiga
qorishma zichlana boshlaydi va qotgandan so‘ng u mustahkam kristall holatga
aylanadi.
Kaustik magnezit qorishmasi quruqlikda tez qotadi. Tishlashishning
boshlanishi 40 min.dan so‘ng, tugallanishi esa 8 soatgacha davom etadi. Bir qism magnezit, uch qism qarag‘ay qirindisidan tayyorlangan namunaning o‘lchami
10x10x10 sm3, uning siqilishdagi mustahkamligi 40...60MPa.
Kaustik dolomit (CaCO3 MgCO3) ni 90000S temperaturada qizdirilsa, undagi
MgCO3 magniy oksid (MgO) va karbonat angidrid (CO2) gazlariga ajraladi yoki
boshqa so‘z bilan aytganda, dissotsiatsiyalanadi. Ammo undagi kalsiy karbonat
(CaCO3) o‘zgarmasdan qum yoki shag‘al ko‘rinishida qoladi. Hosil bo‘lgan mahsulot
sovitilganidan so‘ng tuyilib, tunuka bochkalarga joylanadi. Kaustik dolomitning
magnezitga nisbatan aktivligi kam.
A.A.Baykov bo‘yicha kaustik magnezitning qotish jarayoni magniy oksidini
gidratlashdan iborat va quyidagi reaksiya bo‘yicha o‘tadi:
MgO=H2OMg(OH)2
Hozirgi vaqtda MgO ni hosil bo‘lishidan tashqari Mg ning xlorli oksidi va
MgO MgSl2∙N2O hosil bo‘lishi aniqlanadi. Kaustik magnezit MgSl2 eritmasi bilan
qorilganda MgO ning bir qismi MgO ga nisbatan to‘yinganga qadar hamda Mg (ON)2
eritmasiga nisbatan ham to‘yingan bo‘lib, magniy gidrooksid kaustik magnezit
zarrachalar yuzasida gel massa hosil qilib ularni bog‘laydi.
Hosil bo‘lgan gel mahsulotlarni qotayotgan massani zichligini oshirib va
kristallanish markazini hosil qiladi. Dolomitni kuydirishda qisman ohak hosil qilib,
ohakni karbonlaydi. Yana Mg oksidi SaSO3, suv bilan o‘zaro ta’sir etib kompleks
birikmalar hosil qiladi.
Magnezial bog‘lovchi moddalar suv bilan qorilmay balki xlorli va sulfatli
tuzlar eritmalari qorishtirgich bo‘lib xizmat qiladi. Eng ko‘p tarqalgan MgSl2∙6H2O,
HgCl2∙7H2O dir. Kaustik magnezit va MgCl2 nisbati MgO 62-67%, MgCl2∙6H2O –
38-33% da olinadi.
Kamaytirish va suvga chidamliligini oshirish uchun 5-15% konsentratsiyali
FeSO4 ishlatiladi.