Mavzu: Magniy qotishmalari markalari va ishlatish sohalari Reja



Yüklə 32,36 Kb.
səhifə3/5
tarix16.12.2023
ölçüsü32,36 Kb.
#182837
1   2   3   4   5
Magniy qotishmalari markalari va ishlatish sohalari Usmonxonov L.

Gomogenlashdan asosiy maqsad, donachalarning ajralish yuzalarida to'planib qolgan ortiqcha fazalarning eritish hisobiga butun hajm bo'yicha tarkibni barqarorlashtirishdan iborat. Natijada mexanik xossalar, oshib, barqarorlashadi va kesib ishlash osonlashadi. Bosim ostida ishlashda hosil bo'ladigan pachoqlanish (naklyop) ni hamda mexanik xossalarining anizatropiyasini yo'qotish uchun magniy qotishmalariga 250...350oC da qizdirib, rekristallizatsion yumshatish beriladi.
Bir qator magniy qotishmalariga toblash va eskirtirish beriladi. Diffuzion jarayonlarning sekin borishi, magniy qotishmalariga xos bo'lganligi uchun ularda faza o'zgarishi sekin boradi. Shuning uchun ham toblash uchun (4...24 soat) va eskirtirish uchun qizdirilganda (15...20) soat ko'p vaqt sarf qilinadi va shu sababli ham havoda toblash mumkin bo’ladi.
Magniy qotishmalarida olingan ko'pgina quymalarda yoki issiqlayin bosim ostida ishlanganda, havoda sovutilsa toblash jarayoni o'tadi, shuning uchun ham qo'shimcha qayta qizdirish talab etilmagan holda sun'iy eskirtirish o’tganday bo'lib, mustahkamlik ortadi. Gomogenlash va toblash o'tkazish uchun 380...540oC (T4) va so'ngra eskirtirish o'tkazish uchun 150...200oC (T6) ga qizdirish kerak bo’ladi.
Eskirtirish natijasida magniy qotishmalarini mustahkamligini atigi 20...35 foizga oshirish mumkin. Plastikligi esa sezilarli darajada kamayadi, shuning uchun ba'zida faqat, mexanik xossalarini yaxshilaydigan gomogenlash va toblashning ozi bilan chegaralanadi. 8.1-jadvalda magniy qotishmalari tarkibi, mexanik xossalari hamda qo’llash sohasida misollar keltirilgan.

Magniy qotishmalarining tarkib, mexanik xossalari hamda qo'llash sohasida misollar. 8.1-jadval




Quymalar olishda ko'proq yuqori mexanik va texnologik xossalarga ega bo'lgan MЛ5, MЛ6 qotishmalari keng qo'llaniladi. Bu qotishmalardan buyumlar tayyorlanadi. Lekin MЛ5 ga qaraganda M6 ning suyuq holda oquvchanlik xususiyati yaxshiroq.
Bu qotishmalarning gomogenlash usuli bilan mexanik xossalarini ko'tarish mumkin. Buning uchun qotishmani 4200C qizdirib, shu haroratda 12...14 soat ushlab turiladi va MЛ6 uchun 1900C da 4 . . . 5 soat ushlab eskirtirib berish kerak (T6). MЛ10 olovbardosh qotishma bo'lib, 3000C harorat atrofidagi sharoitda ishlaydigan buyumlar tayyorlanadi. Bunday qotishma gomogenlangandan keyin 5930C ga qizdirib toblanadi va so'ngra 2000C qizdirib (12. . .16 soat) sun'iy eskirtiraladi (T6).
MЛ12 yaxshi mexanik xususiyatlarga ega bo'lish bilan birgalikda yaxshi korroziyabardosh va qo'shish xususiyatlariga egadir. Termik ishlash (T6) natijasida uning xossalarini yanada oshirish mumkin. Quyma magniy qotishmaning donachalari qancha mayda bo'lsa, mexanik xossalari yaxshi bo'ladi. Masalan, alyuminiyli qotishmaning donachalarini maydalash uchun o'ta qizdirish zarur yoki 1% gacha mel, ayrim holda magnezit qo'shib legirlash kerak. Bunda suyuqlikda erishi qiyin bo'lgan, qattiq eritmaning kristallanish uchun tayyor markaz ro’lini bajaruvchi zarrachalar (Al3Fe, Al4C3) hosil bo'ladi.

Yüklə 32,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin