Mavzu: Magniy qotishmalari markalari va ishlatish sohalari Reja



Yüklə 32,36 Kb.
səhifə2/5
tarix16.12.2023
ölçüsü32,36 Kb.
#182837
1   2   3   4   5
Magniy qotishmalari markalari va ishlatish sohalari Usmonxonov L.

Magniy qotishmalari alyuminiy qotishmalari kabi zichligi kam, yuqori mustahkamlikka ega, tebranishni yaxshi yutadigan materiallardir. Shuning uchun bu materiallar aviatsiya va raketa texnikasida keng qo llaniladi. Lekin qotishmaning elastiklik moduli kichkina (43000 MPa) va korroziyaga qarshiligi ham kam.
Shuningdek, ularni bosim ostida va quyish usuli bilan qayta ishlash qiyin. Magniy qotishmalarini faqat muhofaza muhiti sifatida inert gazlar yordamida elektr yoy
yoki kontank usuli bilan qoniqarli darajada payvandlash mumkin, yaxshi kesib ishlanadi. Ko'proq magniy alyuminiy (≤10%) sink (≤5.. .6) marganets (≤2,5%) sirkoniy (≤1,5%) kabi elementlar bilan legirlanadi.
Marganetsdan boshqa legirlovchi elementlar α -qattiq eritma va intermetallitlar (Mg4Al3, MgZn2) hisobiga mexanik xossalarni oshiradi. Marganets magniy qotishmalarining payvandlash xususiyatini yaxshilaydi va korroziyabardoshligini oshiradi.
Sirkoniy ham korroziyabardoshligini oshiradi, lekin donachalarni maydalash hisobiga mexanik xususiyatlarni yaxshilash ustun turadi. Magniyga boshqa legirlovchi elementlar juda kam miqdorda qo’shilganda qo’shimcha ravishda xossalarini yaxshilash mumkin.
Masalan, toriy elementi olovbardoshligini oshiradi, juda oz miqdorda (0,005...0,012%) berilliy qo'shilsa magniyni eritishda, quyma olishda, termik ishlashda oksidlanishini kamaytiradi.
Magniy qotishmalarini qayta ishlash mahoratiga ko'ra ularni ikki guruhga bo’lish mumkin:

  1. Quyish uchun mo'ljallangan qotishmalar: ulardan shakldor quymalar olinadi va ularni «MЛ» tamg'a (marka) bilan belgilanadi;

  2. Deformatsiyalanadigan qotishmalar: ulardan presslash, jo'valash, bolg'alash, shtamplash va boshqa bosim ostida ishlash usullari bilan buyumlar ishlab chiqariladi va «MA» rusum berilgan.

Magniy qotishmalariga, alyuminiy qotishmalari kabi termik ishlov beriladi. Bunday termik ishlovlarga diffuzion yumshatish (gomogenlash), to'la yumshatish, toblash va eskirtirish kiradi. Yirik quymalar va shakldor buyumlar quyma usulida olinganda diffuzion yumshatish beriladi. Buning uchun quyma pechlarda 400...490oC atrofida qizdirilib, shu haroratda 10...24 soat ushlab turiladi, so'ng pech bilan birgalikda sovitiladi.

Yüklə 32,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin