III.Xulosa
Umumiy xulosa qilib aytganda har qaysi davlatning qaysiki byudjet tuzilishi bir necha bosqichlaridan iborat bo‘lgan davlatlarda mahalliy byudjet daromadlarini rejalashtirishda uning haqqoniyligi va hayotbaxshligini ta’minlashda uning daromadlar hajmini prognozlashtirish juda katta ahamiyatga ega. Bu esa, davlatning hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining qanchalik amalga oshishida muhim sanaladi. Agar, mahalliy byudjet daromadlari to‘g‘ri prognoz qilinsa, albatta o‘z navbatida mahalliy byudjetlardan qilinadigan xarajatlarning yo‘nalishlarini to‘g‘ri aniqlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Shu jihatdan olganda mahalliy byudjetlarning daromad ko‘rsatkichlarini maksimal darajada prognoz qilish o‘z ahamiyatiga ega bo‘lib, juda murakkab jarayonlarni qamrab oladi.
Mahalliy byudjetlarning daromadlarini prognoz qilish va ularning daromad bazasini mustahkamlashda foydalanish uchun taklif etilgan o‘zaro integratsion bog‘liqlik mexanizmlarining samaradorligini ta’minlovchi uslubiy algoritmining moliya-soliq amaliyotiga keng joriy qilinishi mahalliy byudjetlarning daromadlarini prognoz qilish va ularning daromad bazasini mustahkamlashning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlaydi, prognoz ko‘rsatkichlari bilan daromad manbalari o‘rtasida ilmiy asoslangan moliyaviy bog‘liqlik ta’minlanadi.
IV.Foydalanilgan adabiyotlar
1.Ж.Эргашов “Маҳаллий бюджет даромадларини прогнозлаштириш ҳамда даромадларни ошириш масалалари” PhD илмий даражасини олиш учун диссертатсия автореферати. 2023 йилда ёзилган диссертатсияси маълумотлари. Тошкент давлат иқтисодиёт университети- 22 б.
2.Хайдаров Н.Х. “Маҳаллий бюджетлар: муаммо ва инновatsiон ечимлар”.“Ўзбекистон статистика ахборотномаси” илмий электрон журнали. 2020 йил, 2-сон.
3.Афанасьева Елена Евгеньевна. “Проблемы формирования доходов местны бюджетов в условиях централизaци финансовых ресурсов”. “Вестник Евразийской науки”. 2018, №3, Том 10. https://esj.today/PDF /62ECVN318.pdf.
4.Нормурзаев У. Тадбиркорларни қўллаб-қувватлашда солиқ имтиёзларини бериш орқали самарали усуллардан фойдаланиш йўллари //Экономика и образование. – 2021. – №. 3. – С. 91-95.
5.Normurzaev U. Amendments and additions to the tax code of the republic of uzbekistan on tax privileges in 2021. – 2021.
Dostları ilə paylaş: |