Mavzu: Mahalliy byudjetlar xarajatlari tizimi,ularni optimallashtirish masalalari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 113,81 Kb.
səhifə1/7
tarix27.12.2023
ölçüsü113,81 Kb.
#200594
  1   2   3   4   5   6   7
O\'ktamov Umarali Davlat byudjeti kurs ishi


Mavzu: Mahalliy byudjetlar xarajatlari tizimi ,ularni optimallashtirish masalalari

Reja:

I.Kirish

II.Asosiy qism

1. Mahalliy byudjetlarning iqtisodiy mohiyati.


2. Mahalliy byudjet xarajatlar tizimi.
3.Mahalliy byudjet hususiyatlari
4. Mahalliy byudjetlarni tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish yo’llari.
5.Byudjet xarajatlarini optimallashtirish

III.Xulosa

IV.Foydalanilgan adabiyotlar


I.KIRISH
Mahalliy byudjetlar - davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablagʻlari jamgʻarmasini tashkil etuvchi bir qismi. Mahalliy byudjetlarda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqsori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Mahalliy byudjetlarning daromadlari mahalliy soliqlar va yigʻimlar hamda toʻlovlardan tashkil topadi. Mahalliy byudjetlarning mablagʻlari hududiy rivojlanishning moliyaviy manbalaridan biri hisoblanadi. Mahalliy byudjetlar har bir mamlakat davlat byudjetining ajralmas qismidir.

Oʻzbekiston hududida birinchi Mahalliy byudjetlar dastlab Oʻrta Osiyoda Rossiya mustamlakachilik hukmronligi oʻrnatilganidan keyin shahar va viloyat byudjetlari sifatida 19-asrning70-yillaridan shakllana boshladi. Keyinchalik uyezd byudjetlari tuzildi. Bu byudjetlarning hajmi aholining soni va ehtiyojlarini eʼtiborga olmay, chor Rossiyasining Turkiston general-gubernatorligi markaziy apparati amaldorlari tomonidan belgilanar va eng koʻp qismi boshqaruv, politsiya, sud organlariga sarflanardi.


Oʻzbekistonda birinchi marta zamonaviy koʻrinishdagi Mahalliy byudjetlar 1924—25 yillarda vujudga keldi (qarang Davlat byudjeti). Oʻzbekiston Respublikasida Mahalliy byudjetlarning daromad manbalari ichida qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻidan normativlar boʻyicha ajratmalar yetakchi oʻrinni egallaydi. Bundan tashqari, resurslar soliqlari va boshqa soliqlar (suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, ekologiya soligʻi, infratuzilmani rivojlantirish soligʻi va boshqalar) ham Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda qatnashadi.
Mahalliy byudjetlar mablagʻlari hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fan, taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy taʼminot, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini taʼminlash, byudjet tashkilotlarini saklash, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish va boshqa moliyalashtiriladi.


Yüklə 113,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin