Mavzu: Mahalliy byudjetlar xarajatlari tizimi,ularni optimallashtirish masalalari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 113,81 Kb.
səhifə4/7
tarix27.12.2023
ölçüsü113,81 Kb.
#200594
1   2   3   4   5   6   7
O\'ktamov Umarali Davlat byudjeti kurs ishi

3.Mahalliy byudjet hususiyatlari

Birinchidan. mahalliy byudjetlar bu davlatning moliyaviy rejasi hisoblanadi. Moliyaviy reja esa, “umumiy va oddiy ko‘rinishda, moliyaviy rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayoni nazarda tutiladi. Moliyaviy rejani, xuddi uni ishlab chiqish, yaratish yoki tuzish jarayoni kabi moliyaviy ko‘rsatkichlarni ijodiy tahlil qilish, umumlashtirish va o‘zaro bog‘lash tizimi sifatida tushunish kerak.” Moliyaviy rejalashtirish o‘z navbatida moliyaviy prognozlashtirishni taqozo etadi. Moliyaviy prognozlashtirishsiz esa moliyaviy rejalashtirish mukammal bo‘lmaydi. Mahalliy byudjetlar moliyaviy reja xususiyatiga ega bo‘lishi, uning elementlari bo‘lgan: daromadlar, xarajatlarni prognozlashtirishni talab qiladi. Mahalliy byudjetlarning daromadlarni prognoz qilish esa o‘z navbatida boshqa omillarga bog‘liq bo‘lishi bilan birgalikda, uni taqozo etuvchi holatlar ham mavjud bo‘ladi. Biz bu jarayonni keyinroq ko‘rsatib o‘tamiz.
Ikkinchidan.mahalliy byudjetlar pul fondi hisoblanadi va shu xususiyati orqali u o‘zida moliyaviy mablag‘larni ifoda etadi. Bu moliyaviy mablag‘lar esa, davlatning funksiyasini bajarishni moliyaviy jihatdan ta’minlanishiga xizmat qiladi. Bu yerda mahalliy byudjetlar davlatning iqtisodiy-ijtimoiy funksiyasini bajarishning muhim omili sifatida yuzaga chiqadi. Davlatning moliyaviy-ijtimoiy funksiyasini bajarish imkoni maksimal bo‘lishi yoki barchasini to‘liq bajarish imkoni cheklangan. Albatta bu pul fondining moliyaviy mablag‘lariga bog‘liq bo‘ladi. Bu o‘z navbatida moliyaviy mablag‘larning hajmining chamalashni amalga oshirib borish zarur bo‘ladi. Shu jihatdan olganda mahalliy byudjetlar davlat funksiyalarini amalga oshirish vositasidir.
Uchinchidan. mahalliy byudjetlar milliy daromadni qayta taqsimlam turishga xizmat qiladi. Mahalliy byudjetlar orqali milliy iqtisodiyotning tegishli hududi doirasida mamlakat miqyosida yaratilgan yalpi ichki mahsulotning bir qismini shu hududga taqsimlashni ta’minlaydi. Bu yerda mahalliy byudejtlarning makro va mikro darajada taqsimlovchi moliyaviy instrument xususiyati yuzaga chiqadi. Mahalliy hududlar doirasidagi milliy iqtisodiy va moliyaviy siyosatni amalga oshirishda mahalliy byudjetlar muhim vositachi sifatida ishtirok etadi.

Yüklə 113,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin