Mavzu: Mahalliy byudjetlar xarajatlari tizimi,ularni optimallashtirish masalalari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 113,81 Kb.
səhifə2/7
tarix27.12.2023
ölçüsü113,81 Kb.
#200594
1   2   3   4   5   6   7
O\'ktamov Umarali Davlat byudjeti kurs ishi

II.Asosiy qism

1.Mahalliy byudjetlarning iqtisodiy mohiyati.

Mahalliy byudjet - bu markazlashtirilgan pul mablag'larini shakllantirish, taqsimlash va undan foydalanish jarayonida vujudga keladigan huquqiy asosda rivojlanadigan tartibga solinadigan moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar majmui, mahalliy o'zini o'zi boshqarish vakillik organi tomonidan tasdiqlangan asosiy moliyaviy rejadir. keyingi moliyaviy yil yoki rejalashtirish davri. Hududlarni rivojlantirishni moliyaviy qo'llab-quvvatlash muammosi deyarli barcha mamlakatlarga xosdir. Hamma joyda har xil soliq bazalari va moliyaviy salohiyatga ega bo'lgan qashshoqroq va boy mintaqalar mavjud, chunki dunyo adolatsiz va unda tabiiy resurslar ham, mehnat ham, ya'ni odamlar notekis taqsimlangan. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda hududlarning moliyaviy muammolari mahalliy hokimiyat organlarini barqaror daromad manbalari - mahalliy soliqlar bilan ta'minlash orqali hal etiladi.


O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi:
1) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
2) aksiz solig‘i;
3) foyda solig‘i;
4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
5) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
51) foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘i;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig‘i;
8) yer solig‘i;
9) ijtimoiy soliq.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlarini shakllantirish

1) belgilangan normativlarga muvofiq:


foyda solig‘i;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
aksiz solig‘i;
yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq (bundan qurilish materiallari bo‘yicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq mustasno).
2) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
3) mol-mulk solig‘i;
4) yer solig‘i;
5) qurilish materiallari bo‘yicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq;
6) aylanmadan olinadigan soliq;
7) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
8) avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im;
9) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.
– Boshqa daromadlarga qonunchilikka muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga yo‘naltiriladigan davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, belgilangan normativlar bo‘yicha davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga berishdan va sotishdan olingan daromadlar, davlat bojlari, yig‘imlar, tovon pullari va jarima sanksiyalari, egasiz mol-mulkni, meros huquqi bo‘yicha davlat ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni, huquq bo‘yicha davlat daromadiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xazinalarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo‘yicha dividendlar (daromadlar) va qonunchilikka muvofiq boshqa daromadlar kiradi.
–O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining daromadlari hisoblanadi.
– O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga tushadigan ayrim soliqlar va boshqa daromadlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga, Toshkent shahrining shahar budjetiga qonunchilikda belgilangan miqdorlarda va tartibda taqsimlanishi mumkin.
–Soliqlar va boshqa daromadlar belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlari o‘rtasida qayta taqsimlanishi mumkin.
Mahalliy byudjetlar tizimi butun mamlakat miqyosida keng ko‘lamli ijtimoiy tadbirlarni amalga oshiruvchi davlatning moliyaviy dastagi hisoblanadi. Mahalliy byudjetlar orqali hududlarning daromadlari tarmoqlararo, hududlararo hamda ijtimoiy qatlamlararo qayta taqsimlanadi. Mazkur taqsimotning oqilona tashkil etilishi, samarali faoliyati qat’iy byudjet intizomiga rioya etilishiga bog‘liqdir. Mahalliy byudjetlar umumdavlat miqyosidagi iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarini amalga oshirishda, birinchi navbatda, davlat mablag‘larini taqsimlash va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ular mahalliy hokimiyatlarning faoliyat ko‘rsatishlarida asosiy moliyaviy manba bo‘lib, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini joylarda amalga oshirishda asosiy rolni o‘ynaydi. Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab-ehtiyojlarni to‘laroq, qondirishni hamda davlatning markazlashgan tartibda amalga oshiradigan tadbirlarning bajarilishi bilan chambarchas bog‘langan holda ijro etishga imkon yaratib beradi. Respublika va mahalliy byudjetlari o‘rtasidagi munosabatlarni, bog‘liqligini yanada takomillashtirish, shubhasiz regionlarni iqtisodiy rivojlantirish, ular o‘rtasidagi iqtisodiy nomutanosiblikka mumkin qadar barham berishdan iborat. Bundan tashqari, mahalliy byudjetlarga tushumlarning yangi manbalarini qidirib topish, soliq undirishning progressiv tizimini joriy qilish va mavjud soliq tushumlari asosini takomillashtirish sohasida bir qancha ishlar amalga oshirilgan bo‘lsada bu ishlarning haqiqiy holati hali to‘liq o‘rganilmagan. Shu sababli mahalliy byudjetlar moliyaviy barorligini ta’minlash, samarali shakllantirish masalalarini o‘rganish va tahlil qilish zarurdir. Mahalliy byudjetlar tarkibida byudjet dotatsiyasi va subventsiyalari ulushini kamaytirishda mamlakatimiz hududlarining iqtisodiy rivojlanish darajasi turlicha ekanligini ularning moliyaviy ta’minlanish ko‘rsatkichlarida ko‘rishimiz mumkin. Shunga muvofiq ravishda hududlar miqyosida daromadlarning soliq bazasi va xarajatlarning umumiy miqdori ham farq qiladi. Ayni chog‘da, mamlakatning o‘z byudjetini shakllantirish huquqiga ega har bir ma’muriy hududi, daromadlar bazasi hajmidan qat’iy nazar, o‘sha hududda yashovchi aholini davlat tomonidan kafolatlangan muayyan ijtimoiy-madaniy xizmatlar bilan ta’minlashi shart. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida mahalliy moliya tizimi hamda mahalliy byudjetlar barqarorligini ta’minlash va byudjet siyosatini to‘g‘ri tashkil etish nechog‘li zarurligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Diyorimizda tub islohotlar yanada chuqurlashayotgan hozirgi vaqtda ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida bo‘lgani kabi moliya va byudjet sohasida ham chuqur o‘zgarishlarni amalga oshirish davr talabidir. Iqtisodiyotda bozor munosabatlari tobora rivojlanayotgan bir paytda davlat doimiy vazifalarini bajarishi uchun markazlashgan moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lishi zaruriyati yanada kuchayadi. Ayniqsa, O‘zbekiston demokratik fuqarolik jamiyati qurishni va bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar qatoriga kirishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ygan vaziyatda markazlashgan pul fondlarini shakllantirish beqiyos o‘rin tutadi. Mahalliy davlat boshqaruv organlari demokratik davlat tuzilishining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular zimmalaridagi vazifalarini bajarishlari uchun muayyan mulkka va moliya-byudjet huquqiga ega bo‘lishlari shart. Mahalliy hokimiyat idoralari, hokimlar, xalq deputatlari kengashlari o‘z vakolatlari doirasida hududlarning moliya faoliyatini amalga oshiradilar. Bizning fikrimizcha, mahalliy byudjet mamlakat milliy xo‘jaligini moliyaviy jihatdan tartibga solish, byudjet daromadlarini rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirish jarayonlarini samarali tashkil etishda dolzarb vazifani bajaradi. Qonunchiligimizda ta’kidlanishicha, mahalliy byudjet davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag‘lari jamg‘armasini tashkil etuvchi bir qismi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Mahalliy byudjetlar hududiy davlat boshqaruv organlari moliyaviy tizimining birlamchi tarkibiy qismi sanaladi. Shu bilan bir qatorda, ular mahalliy organlarni o‘z oldilarida turgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy funktsiyalarni amalga oshirishlari uchun moliyaviy resurslar bilan ta’minlab turadi. Hududiy boshqaruv organlari faoliyatining asosiy moliyaviy negizini mahalliy byudjetlar tashkil etadi. Zimmalaridagi vazifalar muvaffaqiyatli bajarilishi ko‘p jihatdan ularning moliyaviy mablag‘larga egaligiga bog‘liq. Hududlarning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishi mahalliy byudjetlar orqali moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlab boriladi. Demak, mahalliy byudjet daromadlari hamda xarajatlarini muvofiqlashtirish respublika va uning hududlari rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalliy byudjet davlat byudjeti iqtisodiy kategoriyasining tarkibiy qismi sirasiga kiradi. Iqtisodiy ma’noda u hududiy boshqaruv organlari o‘z vazifa va funktsiyalarini ado etishlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan davlatning markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondidir. Huquqiy nuqtai nazardan esa, mahalliy byudjet mahalliy boshqaruv organlarining vazifa va funksiyalarini moliyaviy ta’minlashga mo‘ljallangan pul mablag‘lari jamg‘armasini tashkil etish va sarflashning qonunan belgilangan shaklidir. Byudjet huquqiy akt maqomiga ega bo‘lib, vakolatli hokimiyat organi tomonidan qabul qilinadi va qonuniy kuchga ega bo‘ladi. Fikrlarimizni umumlashtirib, mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlari rejasi, uning ijrosi hamda byudjetlararo munosabatlar bugungi kunda hududlarimizda mavjud muammolarning bosh sababi desak, xato bo‘lmaydi. Umuman olganda, byudjetlararo munosabatlar mamlakatimizning respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari, Toshkent shahrining shahar byudjeti, tumanlar, shaharlar byudjetlari, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari o‘rtasidagi byudjet kodeksi bilan tegishli byudjetlarga biriktirilgan xarajatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tegishli byudjetlarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga doir munosabatlardir. Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida yagona iqtisodiy hududni yaratish, yagona eng kam ijtimoiy xizmat standartlarini moliyaviy ta’minlash, fuqarolarga teng ijtimoiy himoya va ijtimoiy huquqlar kafolatlanishini, ya’ni mamlakatning barcha hududlarida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun qulay sharoitlar yaratilishini ta’minlash byudjetlararo munosabatlarning asosiy maqsadlaridir. Yurtimizda byudjetlararo munosabatlar doirasida davlat byudjetini shakllantirish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash hamda ijro etish jarayonida davlat va mahalliy hokimiyat organlari o‘rtasida hokimiyat organlarining byudjet vakolatlari, huquqlari, majburiyatlari va mas’uliyatlari bo‘yicha munosabatlari tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti tarkibiga kiruvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti hamda mahalliy byudjetlar daromadlar va xarajatlar bo‘yicha muvozanatlashgan (balanslashgan) bo‘lishi shart. Rejali xarajatlarning uning daromadlaridan ortishi (defitsit) faqat respublika byudjeti parametrlarida ko‘zda tutilishi mumkin. Mahalliy byudjetlarning iqtisodiy faoliyat yuritishlari o‘z daromad manbalari mavjudligi bilan xarakterlanadi. Ular o‘z hududlarida turli yo‘nalishdagi vazifalarni bajarishlari uchun yetarli miqdorda moliyaviy mablag‘ga ega bo‘lishlari zarur. Qilingan xulosalar asosida mahalliy byudjet daromadlarini oshirish, byudjet mustaqilligiga erishish va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga yechim topish maqsadida quyidagi taklif va tavsiyalarni berish mumkin: Birinchidan, mahalliy byudjet doirasida mahalliy soliq va yig‘imlarni to‘liq shaklda va ushbu ko‘rsatkichlarni keyingi yillarda ham o‘zgarishsiz qoldirish, ya’ni yuqori byudjet belgilagan shartlar asosida o‘zaro taqsimlamaslik. Amalda yirik soliq tushumlarining tuman mahalliy byudjetidagi ulushi yuqori byudjetdan belgilanadi. Bunda mahalliy byudjetga keyingi yillardagi tushumlarni belgilash imkoni bo‘lmaydi. Chunki bu ko‘rsatkich vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin. Masalan, tumanda ishlab chiqarish korxonalari va ishlab chiqarish hajmi ko‘payib, ular to‘lagan soliqlar salmog‘i ham ortsa, kelasi yilda ajratma soliq bazasi kengaygani hisobiga kamaytiriladi. Bunday vaziyatda tuman iqtisodiy o‘sishga erisholmaydi. Ikkinchidan, ma’lum bir soliq to‘lovchining muayyan solig‘ini emas, balki barcha soliqlarini tuman ixtiyorida qoldirish. Amalda ishlab chiqarish korxonasi to‘lagan soliqlarning ayrimlari tuman mahalliy byudjetiga, ayrimlari yuqori byudjetga tushadi. Bu kelgusida tumanning iqtisodiy ahvolini yaxshilab, mahalliy byudjetga tushumlarni ko‘paytirishga qaratilgan chora- tadbirlarni belgilash, shuningdek, moliyaviy yechimini kutayotgan xarajatlarni moliyalashtirish uchun zamin yaratadi. Uchinchidan, soliqlar va yig‘imlar tushumini tuman, shahar va respublika o‘rtasida taqsimlaganda soliq turiga emas, soliq to‘lovchisiga qarab bo‘lish. Amalda bir korxona tomonidan to‘lanadigan soliq to‘lovi tushumi tuman, shahar (viloyat) va respublika o‘rtasida taqsimlanadi. Bu ishlar tuman soliq inspektsiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Oqibatda barcha soliq to‘lovlari to‘liq to‘lanishini nazoratga olishda qiyinchiliklarga duch kelinmoqda. Agar umum tartibdagi yirik soliq to‘lovchilar respublika byudjetiga to‘liq qamrab olinsa, foydadan xoli bo‘lmasdi. Chunki ularning yuridik manzillari bir joyda, ishlab chiqarish korxonalari esa turli hududlarda bo‘ladi. To‘rtinchidan, xarajatlarni amalga oshirishda barcha hududlarni yoppasiga yuqori byudjetdan beriladigan maqsadli transfertlarga bog‘lamaslik. Beshinchidan, har yilgi mahalliy byudjet parametrlarini tumandagi real ehtiyojdan kelib chiqib, samarali yo‘nalishlarga tuman xalq deputatlari tomonidan tasdiqlash. Ya’ni “pastdan tepaga” tamoyili asosida ish tutish darkor. Bugungi kunda “tepadan pastga” tamoyili ustunlik qilmoqdada. Amalda mahalliy byudjet parametrlarini tasdiqlash asnosi yuqori byudjetdan mahalliy byudjet daromadlarini belgilashda soliqlar va yig‘imlarning umumiy ulushi va xarajatlarning sohalar kesimidagi reja ko‘rsatkichlari aniq belgilab beriladi va tasdiqlangan bu ma’lumotlar tuman xalq deputatlari kengashi tomonidan mahalliy byudjet parametrlarini tasdiqlashda shundoq ko‘chiriladi, xolos. Aslida-chi?.. Tumandagi real holatni hokim, deputatlar va mutasaddi rahbarlar yaxshi bilishadi. Shundan kelib chiqib, mahalliy byudjet parametrlarining daromad va xarajat yo‘nalishlarini ularning o‘zlari belgilashsa, yillar osha ko‘pchilikni qiynab kelayotgan muammolar barham topardi. Oltinchidan, tuman hokimlariga byudjet tashkilotlarini saqlash xarajatlaridan tashqari, kommunal xizmatlar va infratuzilmani yaxshilash uchun mablag‘ rejalashtirishga ruxsat berish. Amalda tumanda qaysidir kommunal sohada uzilishlar va talafotlar yuz bersa, ular bilan tegishli bo‘limlar shug‘ullanishga harakat qilishadi. Ammo masalaning to‘lato‘kis yechimi yuqori tashkilotga bog‘liq. Sababi – texnika kerakmi, xomashyo kerakmi, unga murojaat qilish, bersa-ku, xo‘p-xo‘p, bermasa, kutish lozim. Bu aholida haqli e’tirozlar tug‘ilishiga va tabiiy ne’matlar isrofgarchiligiga olib keladi. Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish uchun mablag‘lar yetishmasligi sababli kommunal sohada tez-tez avariyalar ro‘y berib turadi. Demak, ushbu soha bo‘limlarini to‘liq tuman hokimiga bo‘ysindirib, moliyaviy mablag‘lar boshqaruvini tuman xalq deputatlar kengashi zimmasiga yuklash ayni yo‘nalishdagi xatokamchiliklarni tuzatishda qo‘l keladi.


Yüklə 113,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin