Dunyoning qayerida qanday boyliklar borligini, dengiz suvining har kuni ikki marta qalqib-qaytib turishini, Oy va Quyosh tutilishlarining sababini soddagina qilib izohlab berdi. Beruniy ilm-fanning buyuk homiysi va muxlisi edi. Mamlakatning obodonchiligi ilm-fanning gullashiga bogliq, odamning baxti esa uning bilim va marifatida, deb yozadi. Beruniy marifat dushmanlariga, qoloq urf-odatlarga, adolatsizlikka murosasiz edi. Buyuk olimning kopgina asarlari osha zamonlarda yashab otgan xalqlarning ijtimoiy, xojalik, siyosiy hayotida butun bir qomus bolib xizmat qilgan. Beruniyning jahon fani oldidagi buyuk xizmatlari jamoatchilik tomonidan etirof etilgan. Uning yubileylari kop mamlakatlarda nishonlanadi, tugilgan shahri, Ozbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti,Toshkenttexnika universiteti Beruniy nomi bilan atalgan. Foydalanilgan saytlar: 1.WWW.library.ziyonet.uz 2.wwwstaf.tiami.uz 3.www.yorituvch.ucoz.uz 4.www.referat.uz 5.www.fayllar.orginal