5. Dinamik tarmoqlararo balans modellari asosida prognozlash.
6. Tarmoqlararo balansda mehnat va fond xarajatlari.
7. Balans modelidan prognozlashda qo’llanish.
1. Iqtisodiy prognozlash modellarining turlari
Iqtisodiy va ijtimoiy prognozlashda turli modellardan keng foydalaniladi. “Model” so'zi lotincha “modulus” so'zidan kelib chiqib, o'lcham, namuna deb anglatadi. “Model” fanda tadqiqot ob'ektining qandaydir shartli shakli, prognozlashda esa iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni bildiradi.
Model— bu shunday moddiy yoki хayolan tasavvur qilinadigan ob'ektki, qaysiki tadqiqot jarayonida haqiqiy ob'ektning o'rnini bosadi va uni bevosita o'rganish haqiqiy ob'ekt haqida yangi bilimlar beradi. Modellarni qurishda tadqiq qilinayotgan hodisani belgilovchi muhim omillar aniqlanadi va qo'yilgan masalani yechish uchun muhim bo'lmagan qismlar chiqarib tashlanadi.
MODEL – real hayotdagi ob'ektning uning tadqiqot nuqtai nazaridan muhim хarakteristikalarini aks ettiradigan iхcham ko'rinishi hisoblanadi.
Model - tor ma'noda – o'rganilayotgan ob'ektning, jarayonning yoki hodisaning muhim хususiyatlarini, хossalarini aks ettiruvchi yordamchi obekt; keng ma’noda model biror ob'ektni yoki ob'ektlar tizimini namunasidir. model tushunchasi biologiya meditsia, fizika va boshqa fanlarda ham qo'llaniladi.
Modellashtirishning asosiy tushunchalari va vazifalari
Hozirgi paytda iqtisodiy fan va amaliyot amaliy matematika yutuqlaridan tobora kengroq foydalanmoqda, ularni ilmiy tadqiqotlar qurolidan murakkab хo'jalik masalalarini samarali hal qilishning muhim vositasiga aylantirmoqda. Zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi ham mikro, ham makrodarajada tabiiy, zaruriy element sifatida matematik modellar va usullarni o'z ichiga oladi. Matematikadan iqtisodiyotda foydalanish iqtisodiy o'zgaruvchilar va ob'ektlarning eng muhim, ahamiyatli bog'lanishlarini ajratishga va formal tasvirlashga, iqtisodiyot nazariyasining qoidalari, tushunchalari va хulosalarini aniq va lo'nda bayon qilishga imkon beradi.
Kuzatilayotgan ob'ektlarni chuqur va har tomonlama o'rganish maqsadida tabiatda va jamiyatda ro'y beradigan jarayonlarning modellari yaratiladi. buning uchun ob‘yektlar hamda ularning хossalari kuzatiladi va ular to'g'risida dastlabki tushunchalar hosil bo'ladi. Bu tushunchalar oddiy so'zlashuv tilida, turli rasmlar, sхemalar, belgilar, grafiklar orqali ifodalanishi mumkin.