Mavzu: Makroiqtisodiy prognozlash modellari


Modellashtirish bosqichlari. Modellashtirish metodining tasnifi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə3/7
tarix09.09.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#142244
1   2   3   4   5   6   7
10-mavzu Makroiqtisodiy prognozlash modellari

Modellashtirish bosqichlari. Modellashtirish metodining tasnifi

  • Modellashtirish jarayoni mazmuni quyidagilardan iborat:
  • 1) ob'ektni dastlabki o'rganish asosida modelni qurish;
  • 2) ob'ektning muhim хususiyatlari va belgilarini ajratish;
  • 3) modelni nazariy va tajribaviy tahlili;
  • 4) modellashtirish natijalarini ob'ektning haqiqiy ma'lumotlari bilan taqqoslash;
  • 5) modelga tuzatish va aniqlik kiritish.
  • Modellashtirish jarayonining asosiy bosqichlari uning mazmunidan kelib chiqadi va turli sohalarda, shu jumladan, iqtisodiyotda ham o'ziga хos хususiyatlarga ega bo'ladi. iqtisodiy-matematik modellashtirish bitta siklining bosqichlari ketma-ketligi va mazmunini tahlil qilaylik.

Birinchi bosqich - iqtisodiy muammoning qo'yilishi va uning nazariy sifat jihatdan tahlili.

  • bu bosqichda iqtisodiy jarayon har tomonlama o'rganiladi, uning ichki va tashqi axborot aloqalar, ishlab chiqarish resurslari, rejalashtirish davri kabi asosiy parametrlari aniqlanadi. Bu bosqichda asosan muammoni asl manosi ifodalanadi. Qanday masalalarga javob topilishi kerakligini aniqlash kerak bo'ladi. Izlanayotgan noma’lum o'zgaruvchilar nima, qanday maqsadni ko'zda tutadi, natija nimalarga olib keladi, kabi savollar aniqlanadi.

Ikkinchi bosqich - matematik modelni tuzish.

  • modellashtirayotgan jarayonning iqtisodiy matematik modeli tenglamalar, tengsizliklar tizimi, funksiyalar shaklida ifodalanadi. Oldin modelning turi, keyin uning o'zgaruvchilari, parametrlari, aloqa shakllari aniqlanadi. demak, matematik modelni qurilishning o'zi bir necha bosqichlardan iborat.

Uchinchi bosqich - modelning matematik tahlili.

  • bu bosqichning maqsadi - modelni umumiy хususiyatlarini aniqlash. Bu yerda model matematik usullar bilan tekshiriladi. Eng asosiysi, modelning yechimi borligini isbotlash zarur. agar modelning matematik yechimi bo'lmasa, unda keyingi bosqichlarni bajarish mumkin bo'lmay qoladi. Shuning uchun, yoki masalaning iqtisodiy qo'yilishini o'zgartirish kerak yoki matematik ifodalashni yanada aniqroq qo'yilishi zarur bo'lib qoladi.
  • modellashtirishning uchinchi bosqichida olingan natija har tomonlama, keng tahlil qilinadi. Tanlangan modelning to'g'riligi va sifatini pirovard mezoni bo'lib amaliyot, olingan natija va хulosalarni haqiqiy ishlab chiqarish sharoitiga to'g'ri kelishi, qilingan tahlil va хulosalarni iqtisodiy mazmunga egaligi hisoblanadi.
  • agarda olingan natijalar haqiqiy ishlab chiqarish sharoitiga to'g'ri kelmasa, unda bunday mos kelmaslik sabablari iqtisodiy talqin qilinadi. Bunday sabablar quyidagi hollarda bo'lishi mumkin: ma’lumotlarning yetarlicha ishonchli emasligi, foydalangan matematik usul yoki modelni o'rganilayotgan iqtisodiy obektnining хususiyatlari va mazmuniga mos kelmasligi va boshqalar. asosiy sabab aniqlanganidan so'ng modelga zarur bo'lgan o'zgartishlar kiritiladi, ma’lumotlar tuzatiladi va masalani yechish boshidan takrorlanadi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin