Mavzu: makroiqtisodiyot, uning maqsadlari va vazifalari



Yüklə 93,96 Kb.
səhifə4/5
tarix01.06.2023
ölçüsü93,96 Kb.
#121766
1   2   3   4   5
MAKROIQTISODIYOT, UNING MAQSADLARI VA VAZIFALARI

и
rasm. Talab va taklif egri chiziqlari.

Non bozori modelida ikkita ekzogen va ikkita endogen o’zgaruvchilar bor. Un narxi va yalpi daromad-ekzogen o’zgaruvchilar. Modelda ularni tushuntirish maqsad qilib qo’yilmagan, ular oldindan berilgan (ular boshqa model bilan tushuntirilishi mumkin ) sifatida qabul qilinadi. Bu modelda endogen o’zgaruvchilar bo’lib non narxi va sotilgan non miqdori hisoblandi. Ushbu model bu o’zgaruvchilarni tushuntirishi tan olingan.




S


Q


Нон микдори




  1. rasm.Talabning oshishi.

Yalpi daromadning oshishi nonga bo’lgan talabning ortishiga olib keladi- ushbu narxda iste’molchilar endi nonni ko’proq olishga intiladilar. Bu talab egri chizig’ining o’ngga - yuqoriga siljishi bilan aks ettirilgan. Nonning narxi taklif yana talab bilan muvozanatlashmagunga qadar ko’tarilib boradi. Non narxining muvozanatli darajasi va taklifi oshib boradi.




  1. rasm. Taklifning qisqarishi.

Un narxi ko’tarilganda non taklifi pasayadi - nonning xar qanday ushbu narxida uning savdosi kam foydali bo’lib qoladi va ishlab chiqarish qisqaradi. Bu taklif egri chizig’ini chapga-yuqoriga siljishi bilan aks ettirilgan. Talab va taklif egri chiziqlari kesishishining yangi nuqtasi paydo bo’ladi. Non narxining muvozanatli darajasi ko’tariladi, miqdorning muvozanatli miqdori esa kamayadi.
Barcha modellarda bo’lgani kabi non bozori modelida ba’zi soddalashtiruvchi farazlar qabul qilingan. Modelda masalan, barcha nonvoyxonalar turli joylarda joylashganligi e’tiborga olinmagan. Xar bir iste’molchiga qaysidir nonvoyxona boshqalariga qaraganda qulayroq, shuning uchun ham nonvoyxonalar o’z narxlarini o’rnatishda ba’zi imkoniyatlarga egalar. Modelda nonga yagona narx ko’zda tutilgan bo’lsada, haqiqatda xar bir nonvoyxonada narx turlicha bo’lishi mumkin.
Modelning haqiqatga bunday muvofiq kelmasligiga qanday munosabatda bo’lish kerak? Nonga bo’lgan talab va taklifning oddiy modelini qo’llashdan voz kechish kerakmi? Biz nonga turli narxlarni kiritish imkonini beruvchi murakkabroq modelni yaratishimiz lozimmi? Bu savollarning javoblari biz tomondan qo’yilgan maqsadlarga bog’liq. Agar, bir tomondan bizning maqsadimiz unning narxi sotilayotgan nonning o’rtacha narxi va miqdoriga qanday ta’sir ko’rsatishi mumkinligini tushuntirish hisoblansa, unda narxlarning farq qilishi, ehtimol, unchalik katta ahamiyatga ega emas. Non bozorining oddiy modeli bu savolga javob berishga to’liq qodir. Boshqa tomondan, agar bizning oldimizda nima uchun uchta nonvoyxona bo’lgan shaharda bitta nonvoyxona bo’lgan shahardagiga qaraganda nonning narxi pastroqligini tushuntirish masalasi turgan bo’lsa, oddiy model kam naf berar edi.
Qachon u yoki bu faraz asosiyni ikkinchi darajalidan ajratishga imkon berishini, qachon u noto’g’ri natijalarga olib kelishini aniqlash - bir butun san’atdir. Haqiqatning barcha turli - tumanliklarini to’liq aks ettiruvchi xar qanday model tushunish uchun juda murakkabdir. Soddalashtirish modelni ishlab chiqish jarayonining zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu bilan birga, agar modelda iqtisodiyotning muhim xususiyatlari e’tibordan chetda qolsa, noto’g’ri xulosalarga olib kelishi mumkin. Ba’zan ushbu holatda nima muhim hisoblanishini aniqlash qiyin, chunki bir masalalarni ko’rib chiqishda o’zini oqlagan farazlar, boshqalarini ko’rib chiqishda noto’g’ri xulosalarga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, iqtisodiy modellashtirish ehtiyotkorlikni va sog’lom fikrlashni talab etadi.
Barcha iqtisodiy modellar iqtisodiy o’zgaruvchilar o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklarni ifoda etadi. Ko’pincha bu bog’liqliklar funktsiyalar ko’rinishida ifodalanadi. Funktsiya - bir o’zgaruvchilar to’plamini boshqasiga bog’liqligini aks ettiruvchi matematik tushuncha.

Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyot sohasidagi mutaxassisliklarni tayyorlashda oliy ta'lim muassasalarida o'qitiladigan iqtisodiy fanlar muhim o'rin tutadi. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo'nalishlarda ko'zda tutilgan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish, yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo'shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o'tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish, printsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o'zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag’batlantirish siyosatini davom ettirish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish2 kabi vazifalar belgilangan bo'lib, bu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ko'p jihatdan mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining birlamchi bo'g’ini hisoblangan firmalar faoliyati, iste’molchilar hatti-harakati hamda turli resurslar va tovarlar bozorlari holatini alohida olingan tarzda tahlil qilish, ularni rivojlantirish omillaridan samarali foydalanish yo'llarini o'rganish kabi jarayonlarni tadqiq qilishga bog'liqdir.


Yüklə 93,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin