Mavzu: Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha pedagogika fanining predmeti va vazifalari. Reja


Maktabgacha pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari



Yüklə 410,7 Kb.
səhifə10/50
tarix20.10.2023
ölçüsü410,7 Kb.
#158214
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50
Mavzu Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha p-fayllar.org

Maktabgacha pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari.
Metod (lotincha-metodas-yo'l so'zidan) tadqiqot yo'li, nazariya, ta'limot deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida «metod» so'zi keng ma'noda muayyan maqsadga erishish yo'lini, tor ma’noda tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari va qonuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish usulini bildiradi.
Obyektiv dunyoni bilish, nazariyada nimani o'rganish kerak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo'lib, ular o'zaro uzviy bog'liqdir.
Pedagogika fani o'z mazmun-mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsa­di va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan o'rganiladi.
Usul va metod tushunchalari o'zaro bog'liqdir, chunki ularning har biri metod sifatida ham, usul sifatida ham namoyon bo'ladi.
Pedagogika fani o'z mazmun-mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsa­di va vazifalariga muvofiq keladigan usullar bilan o'rganadi.
Umuman, pedagogika amaliyotida o'qitish usullari va metodlarining juda katta boyligi to'plangan. Ularni tanlashda turli sharoitlar, o'qitilayotgan fanning xarakteri, bolalarning yosh xususiyatlari, oldingi tayyorgarliki darajasi va hokazolar hisobga olinadi.
Ushbu ilmning ilmiy tadqiqot usullari deganda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o'qitishning real jarayonlariga xos bo'lgan ichki yo'llari, uslublari va vositalari majmui tushuniladi. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot usullari qanchalik to'g'ri tanlasa, ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yuksaladi.
1. Mavjud metodlar (usullar) asosan quyidagilardir:
2. Adabiyotlarni o'rganish metodi;
3. Kuzatish metodi;
4. Suhbat metodi;
5. Bolalarni ijodini o'rganish metodi;
6. MTM hujjatlarini tahlil qilish metodi;
7. Eksperiment, tajriba-sinov metodi;
8. Test sinovlar metodi;
9. Statistika ma’lumotlarni tahlil qilish metodi;
10. Matematika va kibernetik metodi;
11. Sotsiologik tadqiqot metodi.
O'qitish metodi o'qituvchi va bolalar nazariy hamda amaliy bilish faoliyatining ta’limiy vazifalarini bajarishga qaratilgan ilmiy vazifalarni bajarishga qaratilgan yo'ldir, degan edi pro­fessor R.A.Mavlonova. U o'qish metodlariga quyidagi muayyan talablarni qo'yadi:
O'quv materialini o'rganishning o'qituvchi tavsiya etgan yo'li fikrlashning dialektik-materialistik usuli mustaqil qarashlar, irodaviy xususiyatlari va xulqning shakllanishiga olib borishi kerak. Ana shu talab nuqtayi nazaridan metod tarbi­yaviy tusda bo'lishi lozim.
O'qish metodining ilmiy asosi yaqqol va aniq bo'lishi zarur. Shundagina o'qituvchi mazkur metod orqali qanday masalalar qo'yilishi va hal qilinishi mumkinligini, qanday masalalarni hal qilib bo'lmasligini ko'ra oladi.
O'qitishning tizimliligi uning samaradorligini belgilaydi.
O'qitish metodining tushunarliligi: o'qitishning yo'li o'quvchi uchun qabul qilinishi va qo'llanishi, o'quv materialini o'rganishning usuli esa bilimlarni o'zlashtirishning imkoniyatlariga muvofiq bo'lishi lozim.
O'qitishning onglilik va faollik zaruriyati nihoyatda jiddiy talabdir.
Bilimlarning puxtaligi va asosliligiga e'tibor.
O'qitish metodikasida nazariy va amaliy hodisalarning muvofiqligi.
Har qanday metoddan biror maqsadga erishish ko'zda tutiladi va shuning uchun u qandaydir maqsad qo'yishni unga eri­shish bo'yicha faoliyat usulini, ana shu faoliyatni amalga oshirishda yordam beradigan vositalarni bilishni taqozo etadi.
Bir so'z bilan aytganda, o'qituvchi tarbiyachi va bolalarning xatti-harakatlariga asoslangan pedagogik metod natijasida o'quvchilar bilim, iqtidor va ko'nikmalarga ega bo'lib, o'z dunyoqarashini, tafakkurini va ma'naviyatini yuksaltirishga erishadilar.
Ta'lim-tarbiyaga taalluqli xatti-harakatlarni tafakkurga asoslanib tahlil qilish pedagogika va didaktikada yagona usul hisoblangan.
Yan Amos Komenskiyning "Buyuk didaktika”, K.D.Ushinskiyning "Inson tarbiya predmeti sifatida" asarlarida masalaga shunday yondoshishni ko'rish mumkin.
O'quv-tarbiya jarayoni haqida jiddiy xulosa chiqarish uchun muntazam ravishda olib borilgan kuzatishlar, tajriba, faktlarga asoslangan empirik tadqiqotlar natijalariga asoslanish zarur.

Yüklə 410,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin