7-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini amalga oshiruvchi organlar Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini amalga oshiruvchi organlar quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Davlat inspeksiyasi deb yuritiladi);
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
o‘z tasarrufida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lgan boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
mahalliy davlat hokimiyati organlari.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
9-modda. Davlat inspeksiyasining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari Davlat inspeksiyasi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni sifati ustidan nazoratni va monitoringni amalga oshiradi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazadi;
10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi:
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishini ta’minlaydi;
11-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga davlat tomonidan kafolatlangan hajm doirasida bepul malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlaydi;
o‘z vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda bolaning yoshiga va fiziologik ehtiyojlariga mos keladigan, ratsional hamda mutanosib ovqatlanishi uchun maktabgacha ta’lim tashkilotidagi tabiiy mahsulotlar to‘plamini belgilaydi;