Mavzu: Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha pedagogika fanining predmeti va vazifalari. Reja


-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning ovqatlanishini tashkil etish



Yüklə 410,7 Kb.
səhifə26/50
tarix20.10.2023
ölçüsü410,7 Kb.
#158214
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50
Mavzu Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha p-fayllar.org

46-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning ovqatlanishini tashkil etish
Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalar uchun tabiiy oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami, ularni yoshiga doir fiziologik ehtiyojlariga muvofiq bo‘lgan ratsional va mutanosib oziq-ovqat bilan ta’minlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.
47-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning sog‘lig‘ini saqlash
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning sog‘lig‘ini saqlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish;
maqbul o‘quv yuklamasini belgilash;
sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini targ‘ib qilish, shakllantirish va o‘rgatish;
sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish;
kun tartibiga rioya etish;
sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish;
jismoniy faollik uchun shart-sharoitlar yaratish.
9-bob.Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish va uning faoliyatini tashkil etish tartibi
48-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarishni quyidagilar amalga oshiradi:
pedagogik kengash;
kuzatuv kengashi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish tartibi uning ta’sis hujjatlarida belgilanadi.
49-modda. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi pedagog xodimlardan iborat bo‘lgan, uning pedagogik faoliyati bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishga doir vakolatlarni amalga oshiradigan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kollegial boshqaruv organidir.
50-modda. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolani tarbiyalash, rivojlantirish va unga ta’lim berishga ko‘maklashish maqsadida kuzatuv kengashi tashkil etilib, uning tarkibi ushbu tashkilotga boradigan bolalarning qonuniy vakillari, o‘z xodimlari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari orasidan shakllantiriladi.

Yüklə 410,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin