35-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni parvarishlaganlik, ovqatlantirganlik va ularga qarab turganlik uchun haq to‘lash Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni parvarishlaganlik, ovqatlantirganlik va ularga qarab turganlik uchun haq to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.
7-bob.Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari, ularning huquq va majburiyatlari 36-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari quyidagilardan iborat:
maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bola;
bolaning qonuniy vakillari;
pedagog xodimlar.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari bilan o‘zaro munosabatlari shartnoma bilan tartibga solinadi.
37-modda. Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning huquqlari Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalar quyidagi huquqlarga ega:
davlat tomonidan kafolatlangan hajm doirasida bepul tibbiy yordam olish;
sog‘liq uchun xavfsiz bo‘lgan sharoitlarda ta’lim olish va tarbiyalanish;
38-modda. Bolaning qonuniy vakillarining huquq va majburiyatlari Bolaning qonuniy vakillari quyidagi huquqlarga ega:
bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
o‘z bolasi uchun maktabgacha ta’lim shaklini va ta’lim olish tilini tanlash;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari ma’muriyatidan maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan zarur shart-sharoitlar ta’minlanishini talab qilish;
39-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquq va majburiyatlari Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari:
kasbiy sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish;
ijodiy tashabbus ko‘rsatish, ta’lim va tarbiya uslubiyotlarini, o‘quv qo‘llanmalari hamda ta’lim vositalarini erkin tanlash;
maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarishda ishtirok etish;
maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;