Mustahkamlash uchun savollar. 1. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi shaxsiga qanday talablar qo’yilgan?
2. Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda tarbiyachining o’rni?
3. Tarbiyachi o'z kasbining mohir ustasi bo'lish uchun nimalarga e’tibor qaratadi?
4. Tarbiyachi kun tartibini to'g'ri tashkil etishda qanday usullardan foydalanadi?
5.Nima uchun tarbiyachi nutqi bolalar nutqini rivojlantirishda asosiy manbaa hisoblanadi?
6.Tarbiyachi nutqiga qanday talablar qo’yilgan?
7. O'qituvchining nutq madaniyatiga xos bo'lgan vositalar nimalardan iborat?
8. Tarbiyachi nutqiga qo’yiladigan asosiy talablar nimalardan iborat?
Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va ta’lim tarbiyasi. Reja: 1.Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi.
2.Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiyasining o‘ziga xosligi .
3.Ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish.
Tayanch so’zlar:ta'lim, tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik, qadriyat, oila,muhit. Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining boshlangich turi xisoblanadi. Hamda O’zbekiston Respublikasi «Ta'lim to’grisida»gi qonun talablari asosida tashkil etildi. Maktabgacha ta'lim soglom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoitlar yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta'lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam beradi.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi.
Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi ushbu Qonun, shuningdek “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
Maktabgacha ta'limning vazifalari: bolalarni xalqning boy milliy, madaniy tarixiy merosi va umumbajariy qadriyatlar asosida va umumbashariy qadriyatlar asosida aqliy va ma'naviy-axloqiy jixatdan tarbiyalash; Bolalarda milliy gurur, vatanparvarlik xislarini shakllantirish; Maktabgacha yoshdagi bolalarni bilim olish extiyojini, o`qishga intilish manbalarini shakllantirish, ularni muntazam ravishdagi ta'lim jarayoniga tayyorlash. Bolalarning tafakkurini rivojlantirish, uzining fikrini mustakil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish.Bolalarning jismoniy va ruxiy sogligini ta'minlash.Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning xamma turlari bilan mustaxkam aloxida olib boriladi. «O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida – oila jamiyatning asosiy bug’inidir, xamda jamiyat va davlat muxofazasida bulish xuquqiga ega» deyilgan. Shuningdek, voyaga etmaganlar – davlat ximoyasidadir – deb uqtiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasasi oila va jamiyatning bolalarga g’amxo’rlik qilish, milliy va mintaqa xususiyatlarini xisobga olgan xolda har tomonlamabarkamol qilib tarbiyalash va rivojlantirishga bo’lgan extiyojini qondirish maqsadida tashkil etiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini qayta ko‘rib chiqishni hamda maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishning zamonaviy usullarini joriy etishni talab qiladi.