Mavzu: Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha pedagogika fanining predmeti va vazifalari. Reja


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 410,7 Kb.
səhifə31/50
tarix20.10.2023
ölçüsü410,7 Kb.
#158214
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   50
Mavzu Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha p-fayllar.org

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1.Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishining o‘ziga xosligi nimalardan iborat?

2.Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiyasining o‘ziga xosligi nimalardan iborat?


3.Ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish qanday tartibda amalga oshiriladi?
4.Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning asosiy prinsiplari nimalardan iborat?


Mavzu: Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha.
Reja:
1.Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha.
2.Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.
3.Irsiyat,muhit,ta’lim-tarbiya shaxs rivojlanishiga ta’siri.
Tayanch so’zlar: Shaxs ,xarakter, qiziqish, qobiliyat, aql, moslashish, ta'lim-tarbiya.
Shaxs - muayyan jamiyatning a’zosidir. Shaxs psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulqatvor va dunyoqarashga ega bо‘lgan ijtimoiy mavjudot.Shaxsning kamol topishida va uning xulqida ijtimoiy va biologik omillarning ta’sir kuchi hamisha ham bir xil bo'lavermaydi. Chunki uning xulqiga, munosabatlariga vaziyat ham ta’sir eta­di. Shaxsning kamolga yetishida
nasl-irsiyat,ijtimoiy muhit, ta'lim-tarbiya muhim ahamiyatga ega. Shaxs qaysi jamiyatda yashasa, o'sha jamiyat hayotidagi qonun-qoidalarga asoslanib kamol topadi. Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo'ladi. U o'zining xarakteri, qiziqishi, qobiliyati, aqliy rivojlan ganlik darajasi, ehtiyoj va mehnat faoliyatiga munosabati bilan farqlanadi.
Rivojlanish kishidagi jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon bo'lib, u barcha tug'ma va egallangan miqdor va sifat o'zgarishlarini o'z ichiga oladi.
Jismoniy rivojlanish bo'yicha o'sishi, vaznning ortishi, sezgi a’zolarining mukammallashuvi, harakatlarni to'g'ri boshqara bilish bilan bog'liqdir.
Ruhiy rivojlanishda esa kishi shaxsidagi psixologik sifatlar va belgilarning shakllanishi, emotsional irodaviy, bilish jara­yonida muhim o'zgarishlar ro'y beradi.
Bolaning ijtimoiy rivojlanishi u ijtimoiy hayotda qatnasha boshlaganda uning xulqida, tevarak-atrofga bo'lgan munosabatida namoyon bo'ladi.
Shaxsning shakllanishi kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan ijtimoiy-tarixiy tajribani o'zlashtirish, ta’lim-tarbiya berish orqali amalga oshiriladi. Bu har xil faoliyatlarda yuzaga keladi. Bolalar egallashlari lozim bo'lgan mazmunni tanlash, uning egallab olishiga rahbarlik qilish kattalar tomonidan ta’lim
tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Tarbiya va ta'limning mazmuni, vositalari, metodlari, bolaning rivojlanish jarayoni ular­ning yoshi bilan izohlanadi. Jumladan, kichik yoshdagi bolalar bilan ish olib borilganda ularning mustaqil hayotga butunlay moslashmaganligi hisobga olinadi.
Keyingi yosh guruhlarda maktabgacha yoshdagi bolaning mustaqilligi, moslashishi ancha oshib boradi. Shunga muvofiq tarzda ta’lim-tarbiyaviy ishlarning vazifalari, mazmuni, vosi­talari o'zgaradi. Bolalarning maktabgacha yoshning oxiriga borib erishgan rivojlanish darajasi ular bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishini murakkablashtirish imkonini beradi.
Ijtimoiy-tarixiy tajribani o'zlashtirish faol ish jarayonida yuz beradi. Faollik bolaga xos xususiyatdir. Tarbiya jarayonidagi faollik asosida faoliyatning har xil turlari shakllanadi.

Ta’lim-tarbiya orqali amalga oshiriladigan faoliyatlarni maktabgacha yoshdagi bolalar birdaniga o'zlashtirib olmaydilar, ularni bolalar tarbiyachi rahbarligida sekin asta egallab boradilar.


Bolalar hayotining birinchi yilidanoq faoliyatning eng oddiy turlari undagi shaxsiy qobiliyatlar, xususiyatlar, tevarak-atrofga ma'lum bir munosabatning shakllanishiga asos bo'lib xizmat qiladi. Masalan, kattalarning bolalar bilan bo'ladigan hissiy, hissiy-predmetli munosabatlaridanoq bolada dastlabki
ijtimoiy talabni vujudga keltiradi, dastlabki harakat va tasavvurlar, taassurotlar shakllana boshlaydi.
Harakat usullarini egallab borish orqali bolada faollik rivoj­lanadi. Ammo faollikning qay darajada rivojlanib borishi irsiyatga hamda taqlidchanlik qobiliyatiga bog'liq. Bola hayotining dastlabki yillarida kattalar bilan bo'ladigan munosabati va narsa-buyumlar bilan bajargan harakati asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Bola bilan muomala qilish orqali kattalar ularni asta-sekin buyumlar olamiga olib kiradilar.
Mana shu yo'l bilan bola buyumlar bilan bo'ladigan faoliyat­ning o'ziga xos tomonlarini egallab boradi.
2,5 yoshdan keyin buyumlar bilan bo'ladigan faoliyatda bo­lalar ancha yuqori ko'rsatkichlarga erishadilar va ularning o'yin hamda tasviriy faoliyatga o'tishlari uchun asos yaratiladi. Kattalar tomonidan tashkil etilgan muomala munosabatlarida, faoliyatlarda o'z-o'zini anglab olishning dastlabki shakllari shakllanadi.
Mashg'ulotlardagi o'quv faoliyati orqali bolalar tevarak- atrofidagi tabiat to'g'risida, ijtimoiy hayot, kishilar to'g'risidagi bilimlarni o'zlashtirib oladilar. Shuningdek, ularning aqliy va amaliy bilimlari kengayib boradi.
Agar ta'lim jarayonida 3-4 yoshli bolalar diqqati tabiat, kishilar to'g'risidagi konkret faktlarga qaratilsa, 5-6 yosh­li bolalarga ta’lim berishda asosiy e’tibor muhim bog'liqliklar va munosabatlarga, ulardagi oddiy tushunchalarni shakllantirishga qaratiladi. Bular orqali bolalarda tushunarli tafakkur rivojlantiriladi.
Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun o'qish asosiy faoliyat bo'lib qoladi va bu faoliyatni bolalar ijtimoiy ahamiyatli faoli­yat deb anglay boshlaydilar. Bola o'zini maktab o'quvchisi deb tushuna boshlaydi.
Odam shaxsini shakllantirish bu tevarak-atrofdagi dunyoga, tabiatga, mehnatga, boshqa odamlarga va o'ziga munosabat sistemasini izchil o'zgartirish va murakkablashtirishdir. Bu uning butun hayoti davomida ro'y beradi. Bunda bolalik va o'smirlikyoshi, ayniqsa, muhimdir.
Odamning shaxs sifatida rivojlanishi uning jismoniy va ma'naviy kuchlari birligida har tomonlama va yaxlit amalga oshiriladi.Dunyoqarash,e’tiqod, ma'naviy sifatlar,his-tuyg'ular (burch, vijdon, mas'uliyat, muhabbat) madaniyati aniq tarixiy ijtimoiy sharoitda yaratiladi va shaxsning shakllanishiga ta’sir, etadi.
Shaxs faoliyati muomalada shakllanadi hamda rivojlana­di. Agar odam ijtimoiy faoliyatning turli xillarida: o'quv, ish­lab chiqarish faoliyati va hokazolarda ishtirok etsa, bu faoliyat shaxsni rivojlantiradi, lekin faoliyat odamni u yoki bu ijtimoiy munosabatlardan chegaralab qo'ysa, u shaxsning rivojlanishi­ga to'sqinlik qiladi, yoki uning rivojlanishini buzadi. Shaxsning yetakchi xususiyatlari shaxsga, uning ichki dunyosiga tashqi ta’sir natijasida rivojlanadi. Shaxsning ma’naviy hayot mazmuni-bu shaxsning o'z ichki ishining yakuni bo'lib, bu jarayonda tashqi ta’sirlar qayta ishlanadi va o'zlashtiriladi.
Odamning tabiiy tomoni uning butun umri davomida rivoj­lanadi va o'zgaradi. Bu rivojlanish va o'zgarishlar yosh xususiyatiga ega bo'ladi. Shaxsning ijtimoiy rivojlanish manbayi shaxs bilan jamiyatning ziddiyatli o'zaro aloqasida yashirin­gandir.
Maktabgacha pedagogika fani bu ziddiyatli o'zaro aloqa­ni ochib tashlaydi va ulardan shaxsni shakllantirish uchun foydalanadi. Jumladan, bolaning odamlar hayotida ishtirok etish ehtiyoji bilan u intilishni amalga oshirish imkoniyatlari o'rtasidagi ziddiyat faoliyat sifatida o'yinning vujudga kelishi va rivojlanishiga hamda bolalardagi o'yin faoliyatida ijtimoiy xulq-atvor shakllari, ijtimoiy munosabatlar va hokazolarning shakllanishiga olib keladi.

Yüklə 410,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin