12-modda. O‘z tasarrufida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining vakolatlari O‘z tasarrufida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari:
maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishini ta’minlaydi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi tarmoq dasturlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
13-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishini ta’minlaydi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
14-modda. Fuqarolarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi tadbirlarda ishtirok etishi Fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari:
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni hamda boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
3-bob. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turlari 15-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
ta’lim berishning muqobil shakllari;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari va ta’lim tashkilotlari;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat boshqaruvi organlari, shuningdek ularning tasarrufidagi tashkilotlar.
16-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqomi Maktabgacha ta’lim tashkiloti davlat va nodavlat tashkiloti bo‘lishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ham tashkil etilishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida siyosiy partiyalar va diniy tashkilotlarning tashkiliy tuzilmalari tashkil etilishiga hamda faoliyat yuritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.