ta’lim va tarbiyaning muqobil shakli — maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimidagi innovatsion ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish modeli.
4-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning asosiy prinsiplari Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
har bir bola uchun maktabgacha ta’lim va tarbiya olish imkoniyatining mavjudligi;
har bir bolaning iste’dodi nishonalarini, ishtiyoqlari va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar tengligi;
maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga ta’lim, tarbiya berish va ularni sog‘lomlashtirishning, oila hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyaviy ta’sirining birligi;
5-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
har bir bolaning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishga bo‘lgan huquqi amalga oshirilishini ta’minlash;
bolalarning maktabgacha ta’lim va tarbiyaga to‘liq qamrab olinishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
bolaning rivojlanishida, maktabgacha ta’lim va tarbiya olishida oilaga har tomonlama yordam ko‘rsatish;
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
6-modda.Maktabgacha ta’lim va tarbiya olishga doir davlat kafolatlari Har bir bola maktabgacha ta’lim va tarbiya olish huquqiga ega.
Davlat har bir bolaning umumiy o‘rta ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirishidan bir yil oldin davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tishga bo‘lgan huquqini kafolatlaydi.
Bolaning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishiga doir davlat kafolatlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari negizida maktabgacha ta’lim va tarbiya xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek ta’lim va tarbiya berishning muqobil shakllarini tashkil etish orqali ta’minlanadi.
2-bob.Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasini tartibga solish