Mavzu: Maktabgacha ta`lim muassasasida pedagogik jarayonni tashkil etish Reja


Mashg`ulotlar bolalar bog`chasida o`qitishning asosiy va etakchi shakli sifatida



Yüklə 25,95 Kb.
səhifə3/3
tarix26.07.2022
ölçüsü25,95 Kb.
#62899
1   2   3
Mavzu Maktabgacha ta`lim muassasasida pedagogik jarayonni tashk

Mashg`ulotlar bolalar bog`chasida o`qitishning asosiy va etakchi shakli sifatida.
Bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashga karatilgan pedagogik jarayon murakkab va rang-barangdir. Tarbiya masalalari ta'lim-tarbiya ishining tashkiliy shakllari, bolalar faoliyatining har xil turlari: mashg`ulotlarda ta'lim berish orqali, ijodiy va qoidali o`yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, ularning o`z mehnati va kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali, o`z-o`ziga xizmat qilish, sayrlar o`tkazish gigienik tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Ta'lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish bolalar bog`chasidagi pedagogik jarayonni, har bir faoliyat turini to`g`ri tashkil etishga bog`liqdir. Bolalar bog`chasining pedagogik jarayonida ta'lim muxim axamiyat kasb etadi va u kundalik xayotda, o`yinda, mehnatda, mashg`ulotlar orqali amalga oshiriladi. Mashg`ulotda ta'lim va tarbiya vazifalari hal etiladi. Bolalar tevarak-atrofdagi xayot va tabiat bilan tanishish, nutqni o`stirish va savod o`rgagish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa bo`yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka va ko`nikmalar sistemasini egallab oladilar. Bolalar egallab olishlari kerak bo`lgan bilim, malaka va ko`nikmalar bolalar bog`chasi dasturida belgilab berilgan bo`lib, u bolalarning umumiy rivojlanishida va ularni maktab ta'limiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mashg`ulotlarda ta'lim berish didaktika printsiplari asosida bolalarning yosh va o`ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olib ma'lum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi. Natijada u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo`ladi. Dasturda har bir yosh guruhida hafta davomida o`tkaziladigan mashg`ulotlar soni va har bir mashg`ulot qancha davom etishi belgilab qo`yilgan. Tarbiyachi mana shunta asoslanib, o`zining xaftalik mashg`ulotlar jadvalini tuzib oladi, bu ta'limning hamma bo`limlari bo`yicha belgilangan ta'limtarbiya ishlarini to`g`ri taqsimlash va bir xilda amalga oshirishga imkon yaratadi. Mashg`ulotlar jadvalini tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak:

  1. Dasturning hamma bo`limlari bo`yicha mashg`ulotlarni haftaga teng taqsimlash. 2. Haftaning birinchi va oxirgi kuniga osonroq mashg`ulotlar qo`yiladi. 3. Haftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlarida bolalardagi aqliy faoliyat tezlashadi, shuning uchun bu kunlarga murakkabroq ishlar rejalashtiriladi. 4. Kun davomida birinchi bo`lib bolalardan aqliy zo`r berishni ko`proq talab etadigan, kam harakatli mashg`ulotlar rejalashtiriladi (tevarak-atrofdagi xayot va tabiat bilan tanishtirish, ona tili, matematika). Ikkinchi mashulotga engilroqlari: tasviriy faoliyat, jismoniy tarbiya, musiqa mashg`uloti va shunga o`xshashlar rejalashtiriladi. 5. Kun davomida mashg`ulotlar quyidagicha tartibda almashtirib boriladi: matematika va jismoniy tarbiya, ona tili va tasviriy faoliyat va hokazo. Mashg`ulotlarni bunday taqsimlash bolalarning dastur materialini engilroq o`zlashtirib olishiga imkon yaratadi. O`yin bolalarning muxim faoliyati xisoblanadi. U bolalarning jismoniy va ruxiy rivojlanishida, shaxs sifatida shakllanishida va bolalar jamoasining tashkil topishida muxim axamiyat kasb etadi. O`yin bolaga quvonch bag`ishlaydi, ijobiy xis va kechinmalarini, xayotdan olgan taassurotlarini aks ettiradi. O`yin mazmuni bola shaxsining shakllanishiga muxim ta'sir kursatadi, shuning uchun kattalar bolalar o`yiniga rahbarlik qilayotib, ularda tevarak-atrofdan olayotgan taassurotlari ijobiy tomonini aks ettirish xoxishini uyg`otishlari kerak. Tarbiyachi bolalar o`yiniga rahbarlik qilar ekan, ularning tevarak-atrofdagi hayot to`g`risidagi bilimlarini boyitadi (bu orqali o`yin mavzusi, mazmuni, syujeti boyiydi), bolalarning ahloqiy hislarini, o`zaro ijobiy munosabati va odatlarini tarbiyalaydi. O`yindan bolalardagi o`zaro o`rtoqlik, do`stlik, bir-biriga yordam ko`rsatish xislatlarini tarbiyalashda va bolalar xayotini tashkil etish shakli sifatida foydalanadi. Bolalarning o`yin bilan shug`ullanishi va mehnat qilishlari uchun kerakli materiallar bilan ta'minlaydi, shu orqali bolalar uyinining mehnat bilan uyg`unlashib ketishiga erishadi.

  2. Tarbiyachi bolalarning syujetli-rasmli o`yinlarining hamma xilini syujetli-rolli, kurilish dramalashtirilgan tabiiy materiallar bilan o`ynaydigan qilib tashkil etadi. Bolalarga o`yin harakatlarini o`rgatadi, tengdoshlari bilan bo`ladigan munosabatlarda haqqoniylik printsipiga rioya qilishni uqtiradi. Shu bilan birga u bolalardagi ijodkorlik, tashabbuskorlik, faollik va boshqa xislatlarni qo`llabquvvatlaydi. Ijodiy o`yinlar ertalabki qabul paytida, kunning birinchi va ikkinchi yarmidagi sayrda, ya'ni mashg`ulotdan tashqari hamma vaqtda tashkil etilaveradi. Rejimda qoidali o`yinlar katta o`rinni egallaydi. Mashg`ulotlarda va mashg`ulotdan tashqari vaqtda o`ynaladigan didaktik va xarakatli o`yinlar muxim rol uynaydi. Tarbiyachi bolalarning sensor rivojlanishini, aqliy tarbiyasini, bilish jarayonlarini didaktik o`yinlar orqali amalga oshiradi. Harakatli o`yinlarda bolalarning jismoniy madaniyatini tarbiyalash uchun yaxshi shart-sharoit yaratish kerak. Harakatli o`yinlar ertalabki va kechki sayr soatlarida tashkil etilib, kuniga 1-2 marta butun guruh, yoki guruxcha bilan o`tkazilishi kerak. O`rta va katta guruxlarda turli xil sport o`yinlari o`tkazib turiladi. Hamma o`yinlar uchun kun tartibidan vaqt ajratish va kerakli materiallar bilan ta'minlash tarbiyachining zimmasiga yuklatilgan. Kun davomida bir necha marta: ertalabki qabul vaktida, ertalabki va kechki sayrda bolalarning mustaqil faoliyatlari tashkil etiladi. Bolalar o`zlariga tanish bo`lgan didaktik va harakatli o`yinlarni o`ynaydilar, xoxlagan rasmlarini chizadilar, xoxlagan narsalarini (plastilindan) yasaydilar, kitoblar, rasmlarni tomosha qiladilar, xoxlagan badiiy asarlarini tinglaydilar. Bolalarning mustaqil faoliyati ular uchun dam olish soati hisoblanadi, ammo ish bilan bir vaqtda bolalarning o`z-o`zini tashkil eta bilish qobiliyati o`sishiga, xulq madaniyati irodaviy sifatlarining tarbiyalanishiga, jamoa munosabatlarining shakllaniga yordam beradi. Bolalar bilan amalga oshiriladigan tarbiyaviy ish yagona jarayon bo`lib, hamma ta'lim-tarbiyaviy ishlarning bir-biriga bog`liqligi printsipiga rioya qilishni takozo etadi.

  3. 1. Dasturning har bir bo`limi bo`yicha tevarak-atrofdagi xayot va ijtimoiy voqealar bilan tanishtirish, nutqni o`stirish, musiqa tarbiyasi, matematika va shunta o`xshashlar bo`yicha bolalar bilan olib boriladigan ishda faqat shu bo`limga taalluqli vazifalargina hal etilmay, shu bilan bir qatorda har tomonlama tarbiyalashning bir qancha vazifalari ham amalga oshirib boriladi. Masalan: tasviriy faoliyat mashulotining asosiy vazifasi bolalarga estetik tarbiya berishdir. Shu bilan birga bolalar bu mashg`ulotlarda buyumlarning so`z bilan ifodalanishini, shakli, kattakichikligi, rangi, o`ziga xos xususiyatlarin bilib oladilar, axloqiy sifat va munosabatlarni egallab oladilar. Mashg`ulotlarda bolalarga bilim berish, tasavvur va tushunchalarini kengaytirish, malaka va ko`nikmalarini shaklantirish bilan bir qatorda intizomlilik va xulq madaniyati kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanib boradi. Bolalar tarbiyachining boshqa tomonlari, masalan, mustaqillik, faollik, ijodiy qobiliyat, boshlagan ishni oxiriga etkazish, birgalashib o`ynash va ishlash, bamaslaxat ish tutish kabi shaxsiy sifatlar har xil o`yin va mashg`ulotlar, mehnat va maishiy faoliyat bolalarning butun xayoti davomida tarbiyalanib bor adi. 2. Tarbiyachi dasturning u yoki bu bo`limi bo`yicha ishlarni rejalashtirayotganda boshqa bo`limlar bo`yicha ham mana shu yo`nalishda nima ishlar amalga oshirilganini e'tiborga olishi kerak. Masalan, suhbat, hikoya qilib berish, bolalar o`yinini tashkil etishdan oldin tarbiyachi bolalarning mashg`ulotlarda, ekskursiyalarda, sayrlarda, badiiy adabiyotni o`qib berganda olgan taassurotlariga asoslanishi lozim. Tarbiyachi bolalarning syujetli-rolli, saxnalashtirilgan, ko`rinish kabi ijodiy o`yinlarini tashkil etishda tasviriy faoliyat bo`yicha mashg`ulotlarga tayyorlanishda qaysi badiiy adabiyotlarni o`rganish, qanday qushlar va hayvonlarni kuzatish, qanday ashulalarni ijro etishlari, qanday ekskursiyalarga borishlari lozimligini etiborga olishi kerak. Bu boshqa tasavvurlariga asoslanib o`yin mazmunini, rasm qurish-yasash mavzusini belgilash imkoniyatini yaratadi va ta'limtarbiyaviy ishlarning har xil bo`limlari o`rtasida bog`liqlik bo`lishini ta'minlaydi. Ishning bunday tashkil etilishi dasturning hamma bo`limlari bo`yicha bolalar egallab olishlari lozim bo`lgan bilim, malaka, ko`nikmalarni yaxshiroq o`zlashtirib olish, ulardan o`z faoliyatlaridagi har xil vaziyatda ham foydalana olish malakasini tarbiyalaydi. Shu bilan birga bolalarda o`z-o`zini tashkil eta bilish, mehnat madaniyati, o`z faoliyatini rejalashtirib olish, ma'lum maqsad bilan harakat qilish kabi shaxsiy sifatlar tarbiyalanadi. Yasli-bog`chalar, bolalar bog`chalari xalq maorif sistemasidagi boshqa o`quvtarbiyaviy muassasalaridan bolalar hayoti va tarbiyacisini o`ziga xos tashkil etishi bilan ajralib turadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning tarbiyasi maqsad va vazifalarini amalga oshirish ular hayotini tashkil etishning asosiy xususiyatlarini belgilab beradi.


XULOSA
Mashg`ulot bolalar bog`chasida bolalarga ta`lim berishning asosiy shaklidir. Mashg`ulot – pedagogning bolalarni kerakli bilim va malakalardan frontal holda xabardor qilishidir. Tarbiyachi bolalarga ta`lim berishni kun davomida amalga oshiradi: ularning bilimlarini boyitadi, madaniy-gigienik, xulq madaniyati, gaplashishi nutiqi, sanoq - hisob harakatlari kabi turli-tuman malaka va ko`nikmalarini shakllantirib boradi. Ammo ta`lim berishda bosh rolni mashg`ulot egallaydi. Mashg`ulotlar bolalar bog`chasida ta`limni tashkil etish shaklidir. U maktabgacha tarbiya yoshidagi hamma bolalar uchun majburiydir: unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga ma`lim o`rin va vaqt ajratilgan. Mashg`ulot tarbiyachi rahbarligida o`tkaziladi, tarbiyachi mashg`ulotda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalar egallab olgan bilimlarni esa aniqlab, mustahkamlaydi, bolalarning amaliy mashg`ulotlarini tashki etadi. O`quv materialining mazmuni asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Mashg`ulot bolalarni maktabga tayorlashda katta ahamiyatga ega. Mashg`ulot yaxshi tashkil etadigan bo`lib qoladilar. Ularda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Izchillik bilan ta`lim berish natijasida bilimga qiziqishlari rivojlana boardi. Bolalarga bilim berishni jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga ega: birgalikdagi faoliyatda bolalar bir birlariga faol ta`sir etishadi, o`z tashabbusi, topag`onligini namoyon qilish imkoniyati tug`iladi. Bolalar oldiga umumiy zo`r berishni talab etivchi vazifa qo`yilganda birgalikda qayg`urishadi, jamochilik hissi shakillanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish-yasash ishlarini birgalikda bajarish, umumiy raqs-o`yinlarini ijro itish, badiiy asarlarni eshitish, o`qishda paydo bo`lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do`stona jamoasini yara`tishga yordam beradi, birga ishlash, yashashga o`rgatadi. Mashg`ulotda ta`lim berish orqali bolalarda maktabdagi o`xishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik hissi, o`zini tuta olish, mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi to`qri sifatlar hosil qilinadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. I.A.Karimov «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir»- Toshkent 1995 y.
2. I.A.Karimov «Vatan ozodligi - Oliy saodat» - Toshkent
3. I.A.Karimov «Barkamol avlod orzusi» - Toshkent 1999 y.
4. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - Toshkent 1992 y.
5. O`zbekiston Rsepublikasining «Ta'lim to`g`risidagi qonun»i - Toshkent 1997 y.
6. O`zbekiston Respublikasi maktabgacha tarbiya. Toshkent 1992 y.
7. Maktabgacha ta'lim jurnali. №1 -2000 y.
8. Kadrlar tayyorlash bo`yicha «Milliy dastur» - Toshkent 1997 y.
Yüklə 25,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin