Motivatsion tayyorgarlik. Katta bog‘cha Yoshdagi bolalar asosan, maktabda o‘qish uchun ehtiyoj sezadilar, lekin bu xohish va ehtiyoj motivi turlicha bo‘lishi mumkin. "Menga chiroyli forma, daftar, qalam va ruchkalar sotib olib berishadi”', "Maktabda o‘rtoqlarim ko‘p bo‘ladi va men ular bilan mazza qilib o‘ynayman”, "Maktabda uxlatishmaydi". Bunday motivlarni bolalarga odatda ota-onalar singdiradilar. Maktabning tashqi ramzlari, shubhasiz bolalarni juda qiziqtiradi, lekin bu maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun asosiy sabab bo‘la olmaydi.Ota-onalar, pedagog, tarbiyachilar tomonidan bolalarga bilish, o‘rganish motivlarini singdirilishi maktabda muvafaqqiyatli o‘qish omili bo‘lib xizmat qila oladi.