MAVZU:Maktabgacha yoshdagi bolalar ijtimoiylashuvining xususiyatlari REJA: 1.Ijtimoiylashuv tushunchasi va uning bola hayotidagi axamiyati. 2.Bolaga ta`lim –tarbiya berish jarayonida ijtimoiy pedagogning ro`li
Ijtimoiy pedagogika fan sifatida pedagogikadan ajralib chiqqan. Uni o‘rganilish jarayoni va ko‘rinishi pedagogika fani tomonidan o‘rganadigan, biroq o‘ziga xosligi aniq bir sohani o‘rganish jihatdan tadqiq qilinadi. Pedagogika fani bu yangi tarmog‘ining o‘ziga xosligi ―ijtimoiy‖ so‘zida namoyon bo‘ladi. ―Ijtimoiy‖ tushunchasi (lotincha socialis – umumiy, jamoatchilik) insonlarning birgalikdagi hayoti bilan bog‘liq bo‘lib, ularning muomala va bir-biriga ta‘sirining turli xil shakllari birlashtiradi.
Ijtimoiy pedagogika fan sifatida respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng o‘qitila boshlagan bo‘lsa - da,ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy faoliyat - ijtimoiy himoya ko‘rinishida qadimiy ildizlarga ega. Ilk diniy - falsafiy (Avesto) va adabiy (Alpomish, Go‘r o‘g‘li) manbalarda biz insonning ijtimoiy kelib chiqishi nuqtai nazaridan pedagogik qarashlarning aks etishini ko‘ramiz.
Ijtimoiy pedagogika fanning vazifasi quyidagi to‘rt bosqichni o‘z ichiga oladi:
Ijtimoiy pedagogika fanning vazifasi quyidagi to‘rt bosqichni o‘z ichiga oladi:
Bolani va o‘smirni haqiqatgo‘y qilib tarbiyalash va voyaga yetkazish;
2. Shaxsning mustaqil fikrlay olishi, muammoga duch kelganida uni mustaqil ravishda hal qila olishi va o‘z munosabatini bildirishi;
3. Atrofdagi kishilar bilan erkin va madaniy holda muomala qilishni o‘rgatish;
4. Hayotdagi o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarini ongli ravishda tushunishga o‘rgatish;
Pedagogika – bu fan sifatida o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi va ta‘limi haqidagi fan bo‘lsa, ijtimoiy pedagogika esa tarbiya va ta‘limning bolalar hayotining jamiyatdagi o‘rnini belgilab beradi. Bu jarayon bolaning jamiyatga ―kirishi‖, ularning ma‘lum bir ijtimoiy tajribaga ega bo‘lishi (bilim, boylik, o‘zini tutish qoidalari, yo‘naltirish) sotsiyalizatsiya (ijtimoiylashuv) deb yuritiladi.
Inson dunyoga individ sifatida keladi. Individ deganda biz odamning insonlik jinsiga mansubligini tushunamiz. Individga yangi tug‘ilgan chaqaloq ham, katta yoshdagilar ham, til va oddiy malakalarni egallay olmaydigan telbalar ham kiradi. Lekin ulardan ijtimoiy munosabatlarga qatnashuvchi, jamiyatda ijtimoiy taraqqiyotda faol ishtirok etuvchi odamgina shaxs deb ataladi. Shaxsning uch asosiy belgisi bor:
Shaxsning ijtimoiyligi.
Ongi.
O‘zini anglashi.
Bolaning ijtimoiylashuvi – juda uzoq va murakkab jarayon hisoblanadi. Har qanday jamiyat shunga intiladiki, har bir bola ma‘lum ijtimoiy va ahloqiy qadriyatlar tizimiga, shu jamiyat me‘yor va qoidalariga ega bo‘lishi, shu jamiyatda yashash uchun, teng huquqli a‘zosi bo‘lishga intiladi.
Agarda biz ijtimoiy pedagogika mohiyatini uning ob‘ekt va predmetini qiyoslash orqali aniqlamoqchi bo`lsak quyidagi holat kelib chiqadi. Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning ham ob‘ekti- bu bola, biroq o`rganish predmetlari turlicha. Pedagogikaning o`rganish predmeti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblansa, ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlaridir.
O'rnatilgan nomaqbul fazilatlarni engish uchun ishlash uchun katta sabr-toqat talab etiladi.Bolaning yomon xulq-atvorining sabablari boshqacha: bola oilada buziladi va aksincha, unga etibor berilmaydi; bolaga bo'lgan haddan tashqari muhabbat, uning har bir istagining zudlik bilan bajarilishida va bolani doimiy ravishda jazolashda, oilada bir xil talablarning etishmasligi va ularni taqdim etish tartibida namoyon bo'ldi
Shu sababli ijtimoiy pedagogika jamiyatni va ijtimoiy munosabatlarni o`rganadi, hamda insonlar bir-birlari bilan qanday muomalaga kirishishlarini, nima uchun bir guruhga birlashishlarini va jamiyatning boshqa ijtimoiy masalalarini aniqlashga harakat qiladi.
Ijtimoiy pedagogikada tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lish printsipiga amal qilib, quyidagi qoidalarga tayanish lozim:
Bolalar yoshi xususiyatlarini e‘tiborga olish; Bolalar jinsiy xususiyatlarini e‘tiborga olish; Me`yordan chetga chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan bolalarning individual xususiyatlarini e‘tiborga olish;
Bola shaxsidagi ijobiy, kuchli tomonlarga tayanish;
Bola tashabbuskorligini va mustaqilligini rivojlantirish.
Bola rivojlanishining har bir davri uchun faoliyat turlaridan biri asosiysi, yetakchisi bo‘ladi. Bir tur boshqasi bilan almashtiriladi, biroq har bir faoliyatning yangi turi oldingisining ichida yuzaga keladi. Bola tug‘ilishidan boshlab normal rivojlanishi uchun muloqot muhim ahamiyatga ega. Faqatgina muloqot jarayonida bola inson nutqini o‘zlashtirib olishi mumkin. Bu o‘z navbatida bola faoliyatida va atrof-muhitni bilish va o‘zlashtirishda yetakchi vazifani bajaradi
Shaxs rivojlanishi harakatlantiruvchi kuchlari bo‘lib bola ehtiyoji va uni qoniqtirish imkoniyati o‘rtasida yuzaga keladigan qarama-qarshiliklar hisoblanadi. Insondagi biologik va ijtimoiy omillar – bu bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ikki parallel chiziqlar emas. Har bir shaxsda ular shunday chambarchas qo‘shilib ketadiki, ularning farqlari shunday turli-tumanki, tadqiqotchilar bola rivojlanishi asosida ikki o‘ta muhim bo‘lgan omilni irsiyat va muhitni ajratadi. Ular (irsiyat va muhit) inson rivojlanishi manbalari va shartlari hisoblanadi.
Maktabda o‘qitish jarayonida bola avvalambor akademik bilimlarni oladi. Biroq shu bilan birga uni ijtimoiy me‘yorlarni, ko‘rsatmalarni, qadriyatlarni, rollarni yanada muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishini ta‘minlaydigan ma‘lum bir ijtimoiy bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallashi lozim. Bola ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni berish va ijtimoiy malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadga qaratilgan jarayoni ijtimoiy o‘qitish deb ataladi
Ijtimoiy tarbiya Pedagogikaning asosiy mezoni – tarbiya. Tarbiya – ijtimoiy hayotning abadiy vv umumiy mezoni. Pedagogika bolalar tarbiyasini shaxs ahloqiy xislatlarini shakllantirishning maqsadga qaratilgan jarayoni sifatida ko‘rib chiqadi. Biroq bu tarbiya jarayoni har doim ham yetarli darajada samarali bo‘lmaydi. Yuqorida ijtimoiy ta‘lim vazifasini ko‘rib chiqib, ko‘rsatdiki, bolada muayyan bir ijtimoiy bilim, malaka va ko‘nikmalar shakllanishi kerak. Ularning shakllanishi jarayoni, masalan, otaga, onaga g‘amxo‘r, e‘tiborli, mehribon, rahmdil munosabatlarning shakllanishi bilan bog‘liq.
Inson rivojlanishi – juda murakkab jarayon. U tashqi ta‘sirlar hamda ichki kuchlar ta‘sirida sodir bo‘ladi. Tashqi omillarga insonni o‘rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit, shuningdek bolalarda muayyan xislatlarni shakllantirish bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat kiradi. Ichki omillarga esa biologik, irsiy omillar kiradi. Rivojlanish jarayonida bola faoliyatning har xil turlariga jalb qilinadi (o‘yin, mehnat, o‘quv, sport va b) va muloqotga kiradi (ota-ona, tengdoshlar, begona kishilar va b. bilan). Bunda u o‘ziga xos bo‘lgan faollikni namoyon etadi. Bu muayyan bir ijtimoiy tajribani egallashga yordam beradi.
Inson rivojlanishi – juda murakkab jarayon. U tashqi ta‘sirlar hamda ichki kuchlar ta‘sirida sodir bo‘ladi. Tashqi omillarga insonni o‘rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit, shuningdek bolalarda muayyan xislatlarni shakllantirish bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat kiradi. Ichki omillarga esa biologik, irsiy omillar kiradi. Rivojlanish jarayonida bola faoliyatning har xil turlariga jalb qilinadi (o‘yin, mehnat, o‘quv, sport va b) va muloqotga kiradi (ota-ona, tengdoshlar, begona kishilar va b. bilan). Bunda u o‘ziga xos bo‘lgan faollikni namoyon etadi. Bu muayyan bir ijtimoiy tajribani egallashga yordam beradi.